Get Mystery Box with random crypto!

#MVD #Rossiya Rossiya Ichki ishlar vazirligining (MVD) onla | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#MVD #Rossiya
Rossiya Ichki ishlar vazirligining (MVD) onlayn xizmatlari yangilandi

Jumladan, MVDning saytidagi patentni bekor qilingani yoki qilinmaganini ko‘rsatadigan xizmat ham yangilangan. Endi har bir muhojir patentining amal qilayotganini MVD saytidan bepul aniqlashi mumkin. Hozirgacha patentlarni tekshirish xizmati yaxshi ishlamay, xato ma’lumot ko‘rsatayotgan edi. Endi esa nosozliklar bartaraf qilinib, ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rinmoqda.

Patentning amal qilayotganini ushbu havola orqali tekshirishingiz mumkin

Ma’lumot o‘rnida MVDning saytidagi xizmatlar ham faqat axborot o‘rnida ma’lumot berishini, ushbu ma’lumot huquqiy kuchga ega hujjat emasligini ta’kidlash kerak.

Shuningdek, onlayn xizmat bergan ma’lumotlar qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ish joyi haqida “uvedomleniye” topshirilgach, o‘z vaqtida to‘lov qilingan patent yuridik jihatdan amal qilishini eslatib o‘tmoqchimiz.

Obuna bo‘ling
@migrantuz