Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Oʻzbekiston
Muhojirlar
Интервью
Migrant
Tojikiston
All tags
Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Oʻzbekiston
Muhojirlar
Интервью
Migrant
Tojikiston
All tags
Kanal manzili: @migrantuzb
Toifalar: Bloglar , Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41.51K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2024-04-05 20:00:12
Россияга комиссиясиз пул ўтказинг!

Бу видеода «Uzcard» ёки «Humo» карталаридан Россия карталарига «Unired» иловаси орқали комиссиясиз пул ўтказиш кўрсатиб берилган. Томоша қилинг ва ўрганиб олинг. Танишларингизга ҳам юбориб қўйинг.

Хозироқ «Unired» иловасини юклаб олинг
юклаб олиш

Илованинг расмий телеграм канали: @uniredmobile

#reklama
15.2K views17:00
Ochish/sharhlash
2024-04-05 19:41:09 #video #tahlil
Oʻzbekistonliklar qachongacha yoʻllarda qurbon boʻladi?



15.0K views16:41
Ochish/sharhlash
2024-04-05 18:02:02
#byurokratiya #Rossiya
Patent olish mashaqqatlari: migrantlar bir necha kunlab sarson bo‘lmoqda

Rossiyada, ayniqsa, Moskvadagi “Krokus” konsert zalidagi fojiadan keyin muhojirlarga patent berish sezilarli darajada kechiktirilmoqda. Rossiyada istiqomat qilayotgan Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar ishga joylashish hujjatini olish uchun migratsiya markazlarida uzun navbatlarga duch kelishmoqda.

Ushbu kechikish tufayli ko‘pchilik kunlar va hatto haftalarni navbat kutishga sarflamoqda.

Huquq himoyachilari bunday uzun navbatlarni tashkil etish muhojirlarga bosimni kuchaytirish uchun rasmiylarning ataylab qilingan harakati ekanini ta’kidlaydi.

Turli shaharlarda, jumladan, Rostovda yuzlab odamlar yomon ob-havo va yomg‘ir ostida deyarli ikki haftadan beri navbatda turishibdi. Navbat kundan-kunga cho‘zilmoqda.

Migrantlar kerakli hujjatlarni olguncha 3 kundan 10 kungacha navbatda turishadi. Ular, shuningdek, Moskvadagi fojiadan so‘ng markazlar ish sur’ati keskin pasaygani haqida xabar berishmoqda.

Moskvadagi “Saxarovo” migratsiya markazida ham muhojirlar qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiylari uzun navbatlar yo‘qligini da’vo qilsa-da, muhojirlarning o‘zi buning aksini ta’kidlaydi.

Muhojirlar, shuningdek, kechikishlar tufayli patent ololmagani uchun deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida xavotir bildirishgan. Ularning qayd etishicha, polisiya turli shaharlar ko‘chalarida muhojirlarni ushlab va eng kichik qoidabuzarliklari uchun yoki ularsiz ham mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha faol harakatlarni boshlagan.

Rostovdagi o‘zbek muhojirlari patent berish jarayonini tezlashtirish umidida o‘z elchixonasiga yordam so‘rab murojaat qilgan.

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
15.4K views15:02
Ochish/sharhlash
2024-04-04 09:44:32
#Ramazon_hayiti #Rossiya
Moskva hukumati hayit namozini “uyda o‘qishni” tavsiya qilmoqda

Shahar Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti poytaxt prefekturalariga maktub yo‘llab, musulmonlarni Ramazon oyi tugashi, Ramazon hayiti bayrami fonida Moskvada amaldagi cheklovlar haqida xabardor qilishni so‘ragan. Xususan, “mo‘minlarga hayit namozini uyda o‘qish tavsiya etiladi”, deyiladi departament ma’lumotida.

Departament bu ma’lumotlarni musulmonlarga o‘z ish beruvchilari orqali yetkazish, ayniqsa, Markaziy Osiyodan kelayotgan muhojirlarga alohida e’tibor qaratish so‘raladi.

O‘tgan yillarda bayram namozi poytaxtdagi oltita joyda: to‘rtta masjidda, shuningdek, Sokolniki bog‘ida va Texnik sport turlari markazida bo‘lib o‘tgan edi. Departament matbuot xizmati vakillari yangi tavsiyalar “Krokus Siti”dagi terakt bilan bog‘liqligini tan olgan.

Biroq savol tug‘iladi: ma’lumki, hayit namozining bir qancha shartlari bor, bular haqida departamentdagilar bilisharmikin?

Ma’lumki, 4 million musulmon yashaydigan Moskva shahrida atigi 4 ta masjid faoliyat yuritadi. Yangi masjidlar qurishga ham aholi, ham hukumat tish-tirnog‘i bilan qarshi.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.9K views06:44
Ochish/sharhlash
2024-04-04 08:12:07 Aktobeda vafot etganlar maxsus samolyotda Vatanga olib kelinadi - Prezident topshirig'i

Kecha Qozog‘iston Respublikasining Aktobe viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida xabar bergan edik.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axbort xizmati ma’lumot berdi va unda 8 nafar o'zbekistonlik halok bo'lganini tasdiqladi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan, baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali Vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Favqudodda vaziyatlar vazirligi mas’ullari Qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda", deyiladi xabarda.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.3K views05:12
Ochish/sharhlash
2024-04-03 21:13:02
#qurut #Turkiya
Turk oshxonasining vatani - O‘zbekiston

Qurut, holvaytar, shirguruch kabi yemaklar turklarda ham borligini bilarmidingiz?

Turk oshxonasi taomlanishga alohida diqqat etuvchilar uchun jozibali madaniyatdir. Ammo uning kelib chiqishi Markaziy Osiyoga borib taqalishini hamma ham bilavermaydi.

Birlashgan millatlar tashkiloti Jahon oziq ovqatlari dasturi texnik maslahatchisi Yalchin Inam bilan turk va o‘zbek oshxonasining nafaqat tarkibi, balki tayyorlanish bilan bog‘liq odatlaridagi ayni jihatlar haqida suhbatlashdik.

To'liq video Vatandosh TV ning Youtube sahifasida.

Batafsil -



Obuna bo'ling
@vatandosh_tv
14.5K views18:13
Ochish/sharhlash
2024-04-03 20:03:26
Рус карталарига Ўзбекистондан пул ўтказишингиз осон!

Ушбу видео орқали сиз Ўзбекистоннинг Uzcard ва Humo карталаридан Россиянинг исталган карталарига «Unired» иловасидан пул ўтказишни ўрганиб оласиз!

Видеони томоша қилинг Танишларингизга ҳам жўнатиб қўйинг.

Хозироқ «Unired» иловасини юклаб олинг
юклаб олиш

Илованинг расмий телеграм канали: @uniredmobile

#reklama
15.2K viewsedited  17:03
Ochish/sharhlash
2024-04-03 19:51:42
Qozog'istondagi YTHda 8 nafar o'zbekistonlik vafot etdi

Polisia.kz kanali xabariga ko‘ra, 3-aprel kuni Samara-Chimkent trassasining Qozog‘istonning Aqto‘be oblasti Marjonbuloq qishlog‘idan o‘tgan qismida Volvo yuk mashinasi hamda O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Toyota-Alhpard miniveni ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro'y bergan.

Hodisa oqibatida miniven haydovchisi va undagi yetti nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Qurbonlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

Harakat vaqtida yuk avtomobilining shinasi yorilib ketgan, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va miniven bilan to‘qnashgan.

YTH yuzasidan dastlabki tergov harakatlari boshlangan. Tegishli ekspertiza tayinlangan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
15.8K views16:51
Ochish/sharhlash
2024-04-03 18:02:32
#migrantlar
Migrantlar uchun 100 mlrd so'm ajratiladi

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida.

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.1K viewsedited  15:02
Ochish/sharhlash
2024-04-03 17:02:42
#tarix #Rossiya #Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Rossiya yaqin tarixi

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.3K views14:02
Ochish/sharhlash