Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovlar bekor | Migrant.uz axborot-xizmat portali

Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovlar bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways axborot manbasi xabar qildi.

Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilishi munosabati bilan, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta'minlash zarurati bilan bog'liq qarorini hisobga olgan holda, Uzbekistan Airways faqat 2024-yil 15-aprel kuni HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qilgan.

"Faqat 2024-yil 15-aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun yo‘lovchilardan Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlarini so'raymiz. Uzbekistan Airways yo'lovchilar xavfsizligi hamma narsadan ustun ekanligini eslatib o‘tadi", deyiladi xabarda.

Obuna bo‘ling
@migrantuz