Get Mystery Box with random crypto!

#qotillik #Rossiya #Oʻzbekiston O‘zbekiston fuqarosi 8-sinf | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#qotillik #Rossiya #Oʻzbekiston
O‘zbekiston fuqarosi 8-sinf o‘quvchini o‘ldirishga uringanlikda gumonlanmoqda

Moskvada 36 yoshli Ilyos 8-sinf o‘quvchisini derazadan tashlab yuborishga uringan. Erkak yomg‘irdan qochib ko‘pqavaili uy kirish qismiga (podyezd) yashiringan maktab o‘quvchilarini ta’qib qilgan.

Baza telegram kanalining xabar berishicha, 15-aprel kuni Petya maktabdan qaytayotib (ismi o‘zgartirilgan) sinfdoshlari bilan yomg‘ir tinishini kutish uchun podyezdga kirgan. Podyezdning uchinchi qavatida oyna oldida o‘tirishganida ularning oldiga noma’lum erkak keladi va bolalarning millatini, bu yerda nima qilishayotganini so‘raydi.

Erkak o‘zini mast yoki giyohvand modda ta’sirida bo‘lgandek tutadi. Bolalar unga ketishini aytishadi. Bu so‘zlardan keyin erkak Petyani bo‘ynidan ushlab, oynadan itarishga harakat qiladi. Qolgan sinfdoshlari qo‘rqib, qochib ketadi. Qo‘shnilar baqir-chaqir tufayli politsiya chaqiradi.

Petya esa erkakning changalidan qutilib, uyga boradi va otasiga bo‘lgan voqeani so‘zlab beradi. Otasi bilan birga politsiyaga murojaat qilgani Petyaning bo‘ynida zo‘ravonlik izlari topiladi.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya podyezd oldida 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Ilyosni uchratishadi. Erkak mast bo‘lib, o‘zini axloqsiz tutgan. Politsiya tekshiruv olib bormoqda.

Obuna bo‘ling
@migrantuz