Get Mystery Box with random crypto!

#migrantlar #qurilish #Rossiya Qurilish maydonida o‘zbek va | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#migrantlar #qurilish #Rossiya
Qurilish maydonida o‘zbek va tojik migrantlar mushtlashdi

Moskvaning “Metronom” turar joy kompleksining qurilish maydonida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolaridan iborat ishchi brigadalar bir bog‘ armaturani bo‘lisholmay janjallashdi.

Voqea 14-aprel kuni sodir bo‘lgan va noma’lum shaxs tarafidan videoga olingan. Videoda ishchilar avval qo‘l bilan urushib, keyin bir-birlariga tosh otganini ko‘rish mumkin. Hech kim jiddiy tan jarohati olmagan.

“Baza” telegram kanaliningi ma’lum qilishicha, ishchilarning janjali tufayli politsiya chaqirilgan.

Voqea joyidan jami 20 kishi ( 10 nafar Tojikiston va 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi) ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarni tuzish uchun olib ketilgan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz