Get Mystery Box with random crypto!

​​Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari bergan topshi | Masofatalim™

​​Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari bergan topshiriq va unga zid munosabat bildirgan vazir

6-fevral kuni kanalimiz orqali Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining imzosi qoʻyilgan topshiriqni eʼlon qilgan edik. Vazir oʻrinbosari Yusuf Absoatov Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalarining rektorlariga Davlat protokolining talablariga mos qizlarni topishni buyuradi.

Buni biz kanalimiz orqali keskin tanqid ham qilgan edik. Shu holat yuzasidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov munosabat bildirdi.

«Eng yomon ko‘rganim shu, xorijdagi mehmonlarni kutib olish (fon) uchun nega mening gul qizlarim gul ko‘tarib chiqishi kerak? U yerga ham o‘zingizning farzandingizni qo‘yib ko‘ring. Bu bo‘yicha alohida buyruq qilamiz. Buni majburiy mehnatga tenglashtiramiz. Bu majburiy mehnatning bir ko‘rinishi. Ya’ni u qizlar xohlab borayotgani yo‘q. Sovuqda, darsdan chiqib, to‘garakka borish kerak bo‘lgan vaqt yoki dam olish vaqti adras ko‘ylakni kiyib, gul ko‘tarib borish qaysi qizga yoqadi? Bo‘lmagan narsa u. Tarjimon bo‘lsa tushunaman, turizmda o‘qisa tushunaman.

Stadionni to‘ldirish uchun ham talaba, fon uchun ham talaba, festival bo‘lsa ham talaba... Hamma joy huquqiy qolipga tushishi shart. Talaba o‘qishi kerak. Kerak bo‘lsa to‘yib uxlashi kerak, talabaning shaxsiy hayotiga aralashishga haqqimiz yo‘q», deyiladi vazirning munosabatida.

Avvalo, ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilingan bu holatni keskin qoralagni uchun va oʻz vaqtida munosabat bildirgani uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulovga minnatdorchilik bildiramiz.

2-fevral kuni bu haqida topshiriq bergan vazir oʻrinbosari Yusuf Absoatovga kelsak. Vaziri bu holatni keskin qoralab turibdi. Bu topshiriqni bergan oʻrinbosarining bunga oʻz vaqtida aqli yetmadimikan? Shunaqa topshiriq berishga oʻzining farosati yetmadimikan-a?

Vazir munosabatini bildirdi, rahmat. Endi bu topshirqni bergan vazirning oʻrinbosari Yusuf Absoatov ham bunga munosabat bildirishi, kerak boʻlsa, uzr soʻrashi shart!

Aqllaringni ishlatib ishlanglar! Aqlingiz yetmagan ishlarga esa aralashmanglar.

Kanalga ulanish:
@masofatalim