Get Mystery Box with random crypto!

Masofatalim™

Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™ M
Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™
Kanal manzili: @masofatalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 34.60K
Kanalning ta’rifi

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.
Reklama uchun: @masofatalimbot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 157

2021-02-20 20:42:31
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalariga pianino sovg'a qilibdi

Vazir Namangan davlat universitetiga ham birrov qarab qo'ysin, talabalar ko'rshapalaklar bilan birga o'qimoqda. Yoki dars xonalarida 4 yil ko'rshapalaklarni uchirib, ko'rshapalaklarga ham diplom berishmoqchimikan-a?

P.S. Bitta gitarayam qo'shib sovg'a qilish kerak edi :)

Kanalga ulanish:
@masofatalim
9.5K views17:42
Ochish/sharhlash
2021-02-20 17:07:47
9.4K views14:07
Ochish/sharhlash
2021-02-20 15:30:09
#repost • @alisher_sadullaev

Bu Finlandiyadagi kutubxona emas. O’zimizning Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi yoshlar kutubxonasi!

Bizda ham shunday kutubxonalar bo’larmikan, deb rosa rejalarini tuzar ham edik. Chet el kutubxonalariga havas bilan qarardik. Mana tumanlarda ham shunday kutubxonalar barpo etilyapti. Ishonchim komil, bu kutubxona nafaqat Namangan, balki butun Respublika yoshlari uchun sevimli maskanga aylanadi! Ilm-fan rivojida kutubxonalar juda muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa, netvorking uchun juda qulay va shinam joy bo’lgan. Kitob taqdimotlari, olimlar bilan uchrashuvlar yoki katta IT hakatonlar o’tkazish uchun zo’r joy bo’lgan!

P.S. Rasman kutubxona yaqin kunlarda ochiladi.

@alisher_sadullaev
10.2K views12:30
Ochish/sharhlash
2021-02-20 10:43:21 Vazirlar Mahkamasining qaromog'idagi tashkilotlar Vazirlar Mahkamasining qarorini o'z vaqtida bajarmayotgani haqida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5953 sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (№646, 12.10.2020) qabul qilingan.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 2020-yil 1-dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilishi kerak edi.

Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etilishi qayd etilgan (Vazirlar Mahkamasining qarorida aniq-tiniq belgilab qo'yilgan):

• 2020-yil 1-dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
• 2021-yil 1-fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
• 2022-2024-yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.

Ammo dekabr ham o'tdi, yanvar ham o'tdi, fevral ham o'tib, martga qarab ketyapmiz. Testdan esa darak yo'q. Tegishli tashkilotlar shu kunga qadar bu haqida hech qanday izoh bermagan. Fevralda kimyo va biologiya fanlaridan test o'tkazilishi kerak edi. Bunga hatto ro'yxatga olish ishlari ham boshlanmagan.

Mana shu mavzu yuzasidan murojaatlar ko'paygani ortidan, kecha Davlat test markazi bilan bog'landik. Ma'lum bo'ldiki, hali testlar tayyor emas va bunga Davlat test markazi mas'ul emas. Ya'ni milliy test tizimini o'tkazish Davlat test markazining zimmasida, testlarni tuzish esa Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining zimmasida ekani ma'lum bo'ldi.

Xulosa qilib aytganda, Vazirlar Mahkamasining qaramog'idagi tashkilotlar Vazirlar Mahkamasining qarorini o'z vaqtida bajarmagan. Bu borada biror tayinli izoh ham berib o'tmagan. Albatta, bu holatga Davlat test markazi, Xalq ta'limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy munosabatini kutib qolamiz!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida chiqarilgan Vazirlar Mahkamasining qarorini o'z vaqtida bajarmaslik, bu borada jamoatchilikka tayinli biror izoh bermaslik va befarq bo'lish uchun qanchalik mas'uliyatsiz bo'lish kerak — bunisi bizga qorong'u! Izoh kutamiz!

Kanalga ulanish:
@masofatalim
10.2K views07:43
Ochish/sharhlash
2021-02-19 19:15:21
«Sizlarni yorug‘ kunlar kutyapti». Shavkat Mirziyoyev Namangandagi 26-sonli mehribonlik uyini borib ko‘rdi

Qayd etilishicha, mehribonlik uyida 60 nafar bola tarbiyalanadi. 2020-yili 6 nafar mehribonlik uyi bitiruvchisi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan. Ular orasida sportchilar ko‘p, bir qancha yutuqlarga ham erishilgan.

«Sizlarni yorug‘ kunlar kutyapti. Sizlar oliygohlarga kirishingiz, uy-joyingiz bo‘lishi, baxtli bo‘lishingiz uchun men barcha sa’y-harakatlarimizni ishga solaman. Biz qonun asosida davlat himoyasida bo‘lishingiz uchun qarorlar qabul qilamiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
10.2K views16:15
Ochish/sharhlash
2021-02-19 18:51:47 Ishqilib, dars payti, darsda uchib yurgani uchun ko'rshapalaklarni ham kontrakt to'lashga majburlavorishmasa bo'ldi :)
9.4K views15:51
Ochish/sharhlash
2021-02-19 18:41:00
Namangan davlat universitetidan «ajoyib innovatsiya» — ko'rshapalaklar

Namangan davlat universitetida dars paytida xonada ko'rshapalaklar uchib yuribdi. Bu holatni hech qaysi mantiqqa sig'dirib bo'lmadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu oliy ta'lim muassasasida rus guruhlarga rus tilini yaxshi bilmaydigan o'qituvchi(lar) dars o'tadi va talabalar hech narsani tushunmayotganidan nolishmoqda.

Vazirlik vazir o'rinbosarining eskirgan «Gentra»sini qariyb 326 mln so'mga «Malibu–2»ga alishtirib bergan bo'lsa va yopiq majlislardan bo'sh vaqtlarda «NamDU»ga bir qarab qo'ysin. Nima bu ahvol, sharmandagarchilik emasmi?

Vazir o'rinbosarimiz yangi «Malibu-2»da borib, holatni o'rgansa qanday yarashadi-a, qanday yarashadi?

Kanalga ulanish:
@masofatalim
15.1K views15:41
Ochish/sharhlash
2021-02-19 10:21:52 O‘zbekistonda shu o‘quv yilidan OTMlarda sun’iy intellekt yo‘nalishida kadrlar tayyorlash boshlanadi

Sun’iy intellekt to‘g'risidagi qarorga ko'ra, 2021–2022-o‘quv yilidan grant asosida 5ta OTM va ilmiy tashkilot bosqichma-bosqich shu yo'nalishda kadrlar tayyorlashni boshlaydi.

Bundan tashqari, shu yildan sun’iy intellekt bo‘yicha stajyor-tadqiqotchilar va tayanch doktoranturada tahsil olish uchun har yili 5 kishilik kvota maqsadli ajratiladi.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
10.7K views07:21
Ochish/sharhlash
2021-02-19 08:05:37
«Qanday yoqimli!» — prezident masjiddan yangrayotgan azon haqida

«Islom dinini o'qigan odam hech qachon kam bo'lmaydi. O'qigan odam, to'g'ri tahlil qilgan odam, to'g'ri yo'l tanlagan odam, dinimizning mana shunday buyukligini, dinimizning mana shunday insonparvarligini, dinimizning mana shunday buyukligini, dinimizning mana shunday insonparvarligini, tarannum qilishimiz kerak, bu ham bizning ertangi kunimiz...» — Prezident Shavkat Mirziyoyev, Namangan, 18-fevral.

Darvoqe, kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat texnika universitetida namoz o'qiydigan talabalar va ro'mol o'raydigan talaba-qizlarning ro'yxati shakllantirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Shunaqa ro'yxat shakllantirayotgan nafaqat Toshkent davlat texnika universiteti mutasaddilariga, balki boshqa oliy ta'lim muassasalariga ham mana shu video hamda Prezidentning mana shu gaplari yetarli bo'ladi, nazarimizda!

Kanalga ulanish:
@masofatalim
12.7K views05:05
Ochish/sharhlash
2021-02-19 07:52:35 Yana bir hudud yoshlari oliy ta'lim muassasasiga imtiyoz bilan kiradi

Prezident qarori bilan shu o‘quv yilidan keyingi 3 yil Uzun tumani Bobotog‘ hududidagi yoshlar uchun qo‘shimcha davlat granti ajratiladi.

Bu kvota Surxondaryo viloyatidagi pedagogika va tibbiyot yo‘nalishlaridagi OTMlari uchun beriladi. Qo‘shimcha kvotada o‘qigan yoshlar o‘z hududida kamida 5 yil ishlab beradi.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
10.1K views04:52
Ochish/sharhlash