Get Mystery Box with random crypto!

​​ Yil yakuniga qadar barcha oliy ta'lim muassasalarida “Volo | Masofatalim™

​​ Yil yakuniga qadar barcha oliy ta'lim muassasalarida “Volontyorlar maktabi” tashkil etiladi

Yoshlar ishlari agentligining xabariga ko'ra, shu yilning fevral va mart oylarida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining barcha hududiy boshqarmalari qoshida “Volontyorlar maktabi” tashkil etiladi.

Bundan tashqari, yil yakuniga qadar barcha oliy ta'lim muassasalarida ham “Volontyorlar maktabi” tashkil etilishi ma'lum qilindi.

«Birgalikda ezgulik ulashamiz: sizda ham volontyor bo'lish imkoniyati bor! Agar siz o'z oldingizga jamiyat rivojiga hissa qo'shish, insonlarga ko'mak berishdek ezgu maqsad qo'ygan bo'lsangiz, safimizga qo'shiling.

Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting. Biz siz bilan tez orada bog'lanamiz», deyiladi Yoshlar ishlari agentligining xabarida.

Pandemiya davrida volontyorlarning insonlarga juda katta yordamlari tegdi. Ularning xolis xizmatlari beqiyos. O'ylaymizki, siz ham bunga befarq bo'lmaysiz. Insonlarga ko'mak berishdek ezgu ishlarda barchamizni bardavom qilsin.

@yoshlaragentligi
@alisher_sadullaev