Get Mystery Box with random crypto!

#Munosabat Biz O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va ela | Manaviyat.edu.uz

#Munosabat

Biz O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elatga mansub, turli diniy konfessiyalarga e’tiqod qiluvchi fuqarolar "Men o‘zbek xalqining bir vakiliman!" deb faxrlanadi. Bu yurt barcha turkiy xalqlarning ota-makonidir. O‘zbek va Qoraqalpoq qoshu-qaboqdek bir jonu, bir tan bo‘lib, quda-anda, qondoshu jondosh bo‘lib yashab kelmoqda.

Bu hamjihatlikka rahna soluvchi kuchlarning g‘arazli maqsadlari bor: “Bo‘lib tashla, hukmronlik qil”. Gʻarazgo'ylar, fitnachilar hech qachon maqsadiga erisha olmagay, zero, qoraqalpoq qondoshim, og‘ir-bosiq, donishmanddir. Hoy, qoraqalpoq qondoshim, qo‘lni-qo‘lga ber, birgalikda biz kuchmiz, axir. Yangi O‘zbekistonni, Yangi Qoraqalpog‘istonni birga quraylik!

Boboyorov Bobomurod Normatovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filiali direktorining birinchi o‘rinbosari, f.f.b. (PhD), dosent:

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi