Get Mystery Box with random crypto!

#munosabat #Qoraqalpogiston_mening_yurtim Qoraqalpoq farzandi | Manaviyat.edu.uz

#munosabat
#Qoraqalpogiston_mening_yurtim

Qoraqalpoq farzandiman

Har kimning tug‘ilgan yeri uning vatani bo‘ladi, deyishadi. Mening kindik qonim to‘kilgan tuproq Qoraqalpog‘iston. Bolaligim, umrimning boshlanishi shu diyor bilan bevosita bog‘liq. Tilim ham shu yerda chiqqan, savodim ham. Ammo taqdir taqazosi bilan umrimiz poytaxtda — Toshkenti azimda o‘tyapti. Vaqti-vaqti bilan Qoraqalpog‘istonga borganimda o‘zim o‘qigan maktabga boramiz, sinfdoshlarim Toshkentdan kelgan deb, mehmon qilishadi. Qoraqalpog‘iston xalqi juda mexmondo‘st xalqdir. Ularni juda sog‘inaman. Talabalarim orasida qoraqalpoqlar bo‘lsa, boshim ko‘kka yetadi. Iftixor tuyg‘usini tuyaman.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimi Dusimbetova Nargiza Baxtiyarovna

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi