Get Mystery Box with random crypto!

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Telegram kanalining logotibi manaviyat_va_marifat_darsi — MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57.67K
Kanalning ta’rifi

👉 https://myurls.co/inspector_uz
👉 @jinoyatkodeksi_uz
👉 @jpk_uz
👉 @mjtk_uz
Боғланиш @inspector_aloqa_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 18

2023-11-06 17:57:36 45-mavzu

FAVQULODDA VAZIYATLAR VA AHOLI MUHOFAZASI

Dunyo yaralibdiki, insoniyatga turli xavflar, jumladan, tabiatning vayronkor injiqliklari tahdid soladi. Ommaviy axborot vositalariga nazar tashlasak, deyarli har kuni dunyoning qay bir burchagida qandaydir favqulodda vaziyat yuzaga kelayotganiga guvoh bo‘lamiz.

Yurtimizda ham bir qancha favqulodda vaziyatlar yuz berib, xalqimiz boshidan sinovli kunlar o‘tgan. Misol tariqasida, 1902-yilda Andijon shahrida, 1966-yilda Toshkent shahrida va 1984-yilda Gazlida yuz bergan zilzilalar, shuningdek, o‘tgan asrning 90-yillari boshidagi Toshkent va Samarqand viloyatlarida odamlarning qurbon bo‘lishi bilan bog‘liq yirik ko‘chki hodisalarini keltirib o‘tish mumkin.

Favqulodda vaziyat deganda, odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati, sharoiti izdan chiqi-shiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat tushuniladi.

Favqulodda vaziyatlar kelib chiqish tusiga ko‘ra, tabiiy, texnogen va ekologik turlarga bo‘linadi.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarning birinchisi geologik xavfli hodisalar – zilzila, ko‘chki, tog‘ o‘pirilishi. Ikkinchisi gidrometeorologik xavfli hodisalar – suv toshqinlari, sel, qor ko‘chkilari, kuchli shamollar, yomg‘irlar. Uchinchisi – epidemiologik, epizootik, epifitotik xavfli vaziyatlar – o‘ta xavfli infeksiyalarning tarqalishi.

Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga transport, kimyoviy xavfli obyektlardagi, yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi, energetika va kommunal tizimlardagi, ijtimoiy yo‘nalishdagi obyektlardagi, gidrotexnik va radioaktiv hamda boshqa xavfli, ekologik jihatdan zararli bo‘lgan moddalarning ishlatilishi yoki saqlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan halokatlar kiradi.

Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga quruqlik (tuproq, yer osti) atmosfera va gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar kiradi.
Yer yuzida bunday favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lib turarkan, undan inson hayoti xavf ostida qolayotgan ekan, tayyorgarlik ko‘rish, aynan fav-qulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish eng dolzarb masala sifatida oldimizda ko‘ndalang turadi. Albatta, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalariga o‘rgatishni, eng avvalo, oiladan boshlashimiz lozim. Bunday vaziyatlarning muvaffaqiyatli tugashiga odatda insonning qiyinchiliklarni yengishga bo‘lgan tayyorgarligi hisobiga erishish mumkin. Aholini favqulodda vaziyatda harakat qilishga doimiy va sifatli tayyorlash, albatta, jabrlanganlar va moddiy zararning kamayishiga olib keladi.

Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, favqulodda vaziyatlar sharoitida qurbon bo‘lganlarning 40 foizi tayyorgarlikdan o‘tmaganliklari, to‘g‘ri harakat qilishni bilmaganliklari oqibatida hayotdan ko‘z yumishar ekan. Shunday ekan, aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash sohasidagi muammolarni aniqlash va ularning yechimlarini topishga e’tibor qaratmoq kerak.

Mamlakatimizda ham bu borada bir qator me’yoriy hujjatlar imzo-langan bo‘lib, shu asosda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining «Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida»gi, «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi hamda «Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash tizimini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorlarini keltirish mumkin.
21.7K views14:57
Ochish/sharhlash
2023-11-01 08:09:27
23 октябрдан 20 ноябргача Ўзбекистон Ички ишлар, Соғлиқни сақлаш, Мудофаа вазирлиги, Миллий гвардия ва Божхона қўмитаси ходимларига компаниямиз томонидан ўтказилаётган электромобилларни бошланғич тўловисиз имтиёзли лизингга олишингиз мумкин экан.
32.0K views05:09
Ochish/sharhlash
2023-10-27 16:15:15 Bir so‘z bilan aytganda, dunyoda xavfsizlikni ta’minlash, o‘zaro geosiyosiy nizolarni kamaytirishning muhim yo‘li hamkorlik, diplomatiya va kelishuv orqali maqsadga erishish yo‘lidir. O‘zbekiston Prezidenti ta’biri bilan aytganda, geosiyosiy nizolarning oldini olish va tinchlikni ta’minlash, mustahkam tinchlik va farovonlikka faqat umumiy intilishlar va birgalikdagi harakatlar bilan erishish mumkin. Zero, bugun dunyo hamjamiyatiga o‘zaro ishonch, birdamlik va hamkorlik ruhi har qachongidan ham ko‘proq zarurdir.

Asrorjon SATTOROV,
Jamoat xavfsizligi universiteti dotsеnti, mayor.


Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2023 йил барча мавзулар /  2023 yil barcha mavzular
23.7K viewsedited  13:15
Ochish/sharhlash
2023-10-27 16:15:15 O‘zbekiston bugungi kunda bir qator xalqaro tashkilotlararo minta­qalarda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda amaliy hissasini qo‘shib kelmoqda. BMT, SHHT, Turkiy davlatlar tashkiloti, Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Maslahat kengashi, Islom hamkorlik tashkiloti, «Markaziy Osiyo – AQSH» (S5+1) kabi tashkilot va platformalar orqali xalqaro munosabatlar tizimida hamkorlikni yanada mustahkamlash va barqarorlikni ta’minlash doirasida qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. Jumladan, Prezidentimiz tashabbus qilgan 6 ta rezolyutsiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilinib amaliyotga kiritildi.

2017-yil 19-sentabr kuni Bosh Assambleyaning 72-sessiyasi doirasida O‘zbekiston rahbari tashabbus qilgan «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» rezolyutsiyasiga dunyoning 50 ta davlati o‘z hammuallifli­gini e’lon qilgan va 2018-yil 12-dekabr kuni ushbu rezolyutsiya Bosh Assambleya tomonidan qabul qilindi. Bundan tashqari, «Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish to‘g‘risida» (2019-yil dekabr), «Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida» (2021-yil may), «Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiya» (2022-yil iyul), «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlar rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi (2022-yil dekabr) rezolyutsiyalar qabul qilinib, bugungi kunda turli mintaqalarda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston rahbari tashabbus qilgan va Bosh Assambleya 76-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatilgan «Pandemiya davridagi davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risida»gi kodeks ham xalqaro hamkorlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim hujjat sifatida qabul qilindi.

Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida ham dunyoning global muammolariga birgalikda qarshi kurashish, xavfsizlik va barqarorlikni birgalikda ta’minlash borasida yanada muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Bugun dunyoda insoniyat iqlim o‘zgarishiga oid uch yirik muam­moga duch kelayotganligi sanab o‘tilib, dunyo davlatlariga iqlimning isishi, atrof bioxilma-xillikning kamayishi va atrof-muhit ifloslanish darajasining oshib borishi keskin muammolarni tug‘dirayotganligini ta’kidlab o‘tgan edi. Bu muammolarga qarshi birgalikda kurashish va yechim izlash borasida kelasi yil Samarqandda Markaziy Osiyodagi iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazilishi qayd etib o‘tilgan edi. Ushbu forum yakunlari bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasining «Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo‘lida hamjihatlik» deb nomlangan rezolyutsiya loyihasi tayyorlanishi aytilgan edi. Bu forum ham bugun mintaqada keskin muammoga aylangan suv resurslarining kamayib borishi, transchegaraviy daryolardan foydalanishda yangi subyektlar paydo bo‘layotganligi, iqlim isish jarayonlari tezlashayotganligi va atrof-muhit muhofazasi borasida o‘ziga hos yechimlar topishga qaratilgan bo‘ladi.

O‘zbekiston rahbari ilk marotaba mintaqaning muhim suv manbai bo‘lgan Amudaryo suvidan foydalanish bo‘yicha yangi a’zo hech kim bilan hisoblashmasdan yangi ishtirokchiga aylangani haqida 2023-yil 15-sentabrda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tkazilgan «Orolni qutqarish jamg‘armasi ta’sischi davlatlarining rahbarlari» forumi doirasidagi nutqida aytib o‘tgandi.
22.5K views13:15
Ochish/sharhlash
2023-10-27 16:15:15 44-mavzu

BUGUNGI GЕOSIYOSAT VA O‘ZBЕKISTON

Hozirgi kunda butun dunyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, millatlararo hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turli mintaqalarda u yoki bu ko‘rinishdagi xavfsizlikka tahdidlar sonining ortib borishiga tabiiy resurslarning, oziq-ovqat zaxirasining kamayib ketayotgani va uni egallashga intilish uchun raqobat muhitining kuchayishi omil bo‘lmoqda.

Shuning uchun ham Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni birgalikda ta’minlashga qaratilgan qator tashab­buslarni ilgari surdi. O‘zbekiston rahbari «Jahon miqyosida ishonch inqirozi kuzatilmoqda. Global xavfsizlik institutlari faoliyatidagi muammolar va xalqaro huquq me’yorlaridan chekinish kuchaymoqda. Va bularning barchasi keng ko‘lamdagi keskinlik ortishiga sabab bo‘lmoqda» deya ta’kidla­ganida, hududlar va mintaqalarda yuz berayotgan to‘qnashuvlar, harbiy harakatlar, qudratli davlatlar­ning kichik davlatlarga tazyiqi kuchayishi, bir paytlar strategik sherik va hamkor bo‘lgan mamlakatlarning bugungi kunga kelib urush iskanjasiga tushib qolayotganligiga o‘zaro ishon­chning yo‘qolib borayotganligi sabab bo‘layotganini ko‘zda tutgandi. Shuningdek, BMT sammitidagi nutqida ham davlatimiz rahbari «Geosiyosiy qarama-qarshiliklar tufayli savdo, investitsiya va innovatsiya sohalarida erkin almashish yo‘lida yangi to‘siqlar vujudga kelmoqda. Hatto iqlim o‘zgarishlari, ochlik va tengsizlikka qarshi kurash singari butun bashariyat taqdiriga daxldor bo‘lgan masalalarda ham o‘zaro muloqot izdan chiqqani sezilmoqda. Bunday murakkab sharoitda amaliy hamjihatlik va hamkorlik ruhini saqlash, umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qo‘ygan holda, mamlakatlarni jipslashtirish g‘oyasi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib bormoqda» deb ta’kidlagan edi.

Haqiqatan ham, bugungi kunda geosiyosiy qarama-qarshiliklar, turli mintaqalarda mineral xomashyolar va jahon bozorlarini egallash borasida kuchli raqobat sababli mana shunday vaziyat yuzaga kelayotganligini anglash mumkin.

Dunyo davlatlari tomonidan xalqaro huquq normalariga binoan, davlatlarning hududiy yaxlitligini tan olish, uni hurmat qilish belgilangan. Bugungi kunda ayrim geosiyosiy kuchlar tomonidan hatto BMT nizomi va ushbu tashkilotning qator hujjatlari normalari buzilayotganligini kuzatishimiz mumkin. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 17-moddasida davlatlarning hududiy yaxlitligi prinsipiga amal qilinishi aniq belgilab qo‘yildiki, O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida mana shu prinsipga amal qiladi va davlatlar hududiy yaxlitligini hurmat qiladi.

Respublikamizni bu geosiyosiy jarayonlardan chetdagi davlat deb bo‘lmaydi. So‘nggi yillarda dunyoda xavfsizlik va barqarorlik, millatlararo, dinlararo hamjihatlikni ta’minlashga qaratilgan o‘ziga xos platformani ilgari surayotgan davlat sifatida, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, mintaqani chinakam muloqot va hamkorlik makoniga aylintirish bo‘yicha haqiqiy yetakchiga aylanib bormoqda.

O‘tgan qisqa davrda xalqaro hamjamiyatda mamlakatimizning nufuzi va obro‘yi oshib, hamkorlarimiz ko‘payishi va bu jarayon kengayishiga sabab bo‘lmoqda. Mutaxassislarning fikricha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston BMT Bosh Assambleyasi va ixtisoslashtirilgan tashkilotlari ishida faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72, 75, 76 va 78-sessiyalarida, shuningdek, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 46-sessiyasining Oliy darajadagi segmentida ma’ruzalar qildi.
21.1K views13:15
Ochish/sharhlash
2023-10-27 14:24:43
Пробация назоратидаги шахсларнинг хулқ-атвори устидан назорат қилиш учун электрон кузатув (электрон браслет) воситасини тақиш ва ечиш ҳамда фойдаланиш тартиби белгиланмоқда.

Жумладан, электрон кузатув воситаси (электрон браслет) ўн саккиз ёшга тўлмаган шахсларга, ҳомиладор аёлларга, уч ёшга тўлмаган болалари бор аёлларга, биринчи ва иккинчи гуруҳ ногиронлиги бўлган шахсларга, тиббий кўрсатмаларга кўра электрон кузатув воситасини (электрон браслетни) тақиш тавсия этилмайдиган бошқа шахсларга қўлланилиши мумкин эмас.

Сенаторлар «Пробация тўғрисида»ги қонуни маъқуллади

Батафсил танишиш
27.3K views11:24
Ochish/sharhlash
2023-10-26 22:23:22
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyida "25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni”ga bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri nishonlandi
———
Ўзбекистон Республикаси ИИВ Маданият саройида "25 октябрь — Ички ишлар органлари ходимлари куни”га бағишланган тантанали байрам тадбири
нишонланди

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
23.7K views19:23
Ochish/sharhlash
2023-10-26 10:38:52
Ички ишлар органлари ходимлари кунига «креатив» ва самимий совға бўлибди. Йиғлаб томоша қиласиз
25.2K views07:38
Ochish/sharhlash
2023-10-25 21:15:37
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ички ишлар органлари ходимлари куни муносабати билан  бир гуруҳ ходимларни мукофотлаш тўғрисида"ги Фармонига асосан мукофотланганлар рўйхати
26.8K views18:15
Ochish/sharhlash
2023-10-25 13:34:47
25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonovning soha xodimlari hamda faxriylariga bayram tabrigi

Batafsil
———
25 октябрь – Ички ишлар органлари ходимлари куни байрами муносабати билан Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожоновнинг соҳа ходимлари ҳамда фахрийларига байрам табриги

Батафсил

Телеграм канал
23.9K views10:34
Ochish/sharhlash