Get Mystery Box with random crypto!

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Telegram kanalining logotibi manaviyat_va_marifat_darsi — MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57.67K
Kanalning ta’rifi

👉 https://myurls.co/inspector_uz
👉 @jinoyatkodeksi_uz
👉 @jpk_uz
👉 @mjtk_uz
Боғланиш @inspector_aloqa_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 17

2023-11-20 14:45:00
QVZ-2023 | SAHNANI PORTLATGAN IIVNING "PATRUL" JAMOASI FINALDA KUCH SINASHADI | Tanishtiruv sharti
25.9K views11:45
Ochish/sharhlash
2023-11-17 23:43:23
18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

RuTube | Telegram | YouTube | instagram | TikTok | Aloqa
21.9K views20:43
Ochish/sharhlash
2023-11-17 15:43:31
1 декабрдан иш ҳақи, пенсиялар ва ижтимоий нафақалар оширилади
34.5K views12:43
Ochish/sharhlash
2023-11-16 12:29:26 Jahon ilm fani ravnaqida yana bir vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy o‘ziga xos o‘rin egalladi. U 973-yili Xorazm¬da dunyoga keldi. Unda ilmga bo‘lgan favqulodda qiziqish ona Vatanida shakllandi.
Taniqli olim Ibn Iroq Abu Rayhon Beruniyning katta ilm maydoniga ko‘tarilishida ustozlik qiladi. Taqdir taqozosini qarangki, agar IX asr boshida ilk uyg‘onish davri olimlarini homiylikka olgan Xalifa Ma’mun Bag‘dodda «Donishmandlar uyi» akademiyasi boshqaruvini al-Xorazmiy va Ahmad Farg‘oniylarga ishonib topshirgan bo‘lsa, endi XI asr boshida Xorazm poytaxti Ko‘hna Urganchdagi ilm-fan homiysi, xorazmshoh Ma’mun tashabbusi bilan uni boshqarish, nomi Movarounnahr va Xurosonga tanilayotgan Abu Rayhon Beruniyga ishonib topshiriladi. 1017-yilga qadar faoliyat yuritgan Xorazm Ma’mun akademiyasida mashhur olimlarning fandagi kashfiyotlari va ilmiy qimmati dunyo turguncha o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan asarlar yaratiladi. Bunda Beruniyning ilm-fan sohasidagi fidoyiligi, shuningdek, atrofiga to‘plangan olimlarga ibrat bo‘lishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Beruniyning 200 ga yaqin asarlari orasida alohida mashhur bo‘lgan «Hindiston» asari G‘aznadagi ilmiy faoliyati hosilasi sifatida 1030-yilda yozib tugallangan. Mahmud G‘aznaviy 1025-yildagi yurishlaridan birida Beruniyni ham o‘zi bilan Hindistonga olib ketadi. Ana shu jarayonda ushbu nomda yaratiladigan asariga noyob manbalarni to‘playdi. Natijada jahonga mashhur «Hindiston» asari vujudga keladi.
Ilm-fanning eng yuksak cho‘qqilarini zabt etgan buyuk alloma 1048-yili abadiyat dunyosiga doxil bo‘ldi.
IX–XII asrlardagi uyg‘onish davrining yana bir buyuk allomasi Abu Ali ibn Sino 980-yili Buxoroning Afshona qishlog‘ida tavallud topdi. U dunyoga kelgan Buxoro Sharqning madaniy markazlaridan biri edi. Ibn Sinoning ilk ustozi otasi bo‘lgan. Hind hisobi, falsafadan o‘g‘liga saboq bera boshlaydi. Ayni vaqtda u tabobat va mantiq ilmini favqulodda kuch va intilish bilan o‘rganishga ahd qiladi.
Buxorodagi notinch vaziyatdan xabar topgan Abu Rayhon Beruniy Ibn Sinoni o‘zi boshqarayotgan Ma’mun akademiyasiga taklif qildi. 1001-yilda Beruniy taklifini bajonidil qabul qilgan Ibn Sino Xorazmshohlar poytaxti Ko‘hna Urganchga kelib, o‘z davrining mashhur faylasuf olimi Abusahl Masihiy, tabib Abul Xayr Hammor, as-Saolibiy, matematik va astronom Ibn Iroq va boshqalar bilan yaqindan tanishib, butun borlig‘i bilan ilmiy faoliyatga kirishadi. Beruniy va Xorazmshoh Ma’mun Ibn Sino uchun alohida qulay shart-sharoitlar yaratib beradi.
1017-yilda Xorazmni Mahmud G‘aznaviy egallab olar ekan, bunday hukmdorga bo‘ysunishni istamagan Ibn Sino ancha payt Eron hududining turli shaharlariga ko‘chib, oxir-oqibat Hamadonda qo‘nim topdi. Darbadarlik azoblarini boshidan kechirdi, fisq-u fasod, tuhmatlar oqibatida zindonga tashlandi. Ana shunday azoblar va tuhmatlarni boshidan kechirgan Ibn Sino 57 yoshida 1037-yil bu dunyoni tark etdi. Ammo shu yoshida ham jahoniy e’tirofga ega allomayi zamon G‘arbda faxr bilan «Avitsenna», Sharqda esa «Shayxur rais» nomi bilan ulug‘lanadi.

Jumaboy RAHIMOV,
Jamoat xavfsizligi universiteti professori.


Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qinghttps:

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2023 йил барча мавзулар /  2023 yil barcha mavzular
29.0K viewsedited  09:29
Ochish/sharhlash
2023-11-16 12:29:26 47-mavzu

IX–XII ASRLARDA SHARQ UYG‘ONISH DAVRI


Milodiy 809–813-yillarda Xuroson, Movarounnahr va Xorazmda siyosiy faoliyatini amalga oshirgan al-Ma’mun buyuk bir ishga qo‘l urdi. Ya’ni, uyg‘onish davrini boshlab beruvchi «Baytul-hikma» («Donishmandlar uyi»), hozirgi tilda aytganda, Fanlar akademiyasi faoliyatiga asos soldi. Uning ilmiy faoliyatini boshqarishga xorazmlik qomusiy alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy va buyuk olim Ahmad al-Farg‘oniy tayinlandi.
Xorazmiy (783–850) qadimdan fan va madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan Xorazm vohasida dunyoga kelib, yoshligidan turli ilmlarga butun borlig‘i bilan qiziqqan, ayniqsa, tabiiy fanlarni qunt bilan egallash uning asosiy mashg‘ulotiga aylangan edi. Dastlabki saboqni zamonining eng mashhur ustozlaridan olib, so‘ngra Marv shahridagi madrasada davom ettiradi.
Arab, fors, hind va yunon tillarini mukammal o‘rganib, o‘sha tillarda yozilgan ilmiy asarlarni qunt bilan mutolaa qilgan olim tabiiy fanlarning bundan keyingi rivojini ta’minlaydigan matematika, geometriya, trigonometriya, astronomiya, geografiya va tarix sohasida samarali ijod qildi. Natijada «Al-jabr val-muqobala», «Hisob al-hind», «Kitob at-tarix», «Kitob surat al-arz», «Kitob al-amal bil usturlabat» kabi yetuk asarlar dunyo yuzini ko‘rdi.
Afsuski, buyuk ajdodimizning bizgacha faqat o‘ntagina kitobi yetib kelgan, xolos. Urush-talashlar davrida bashariyatga, fan va madaniyatga xizmat qiladigan ko‘plab noyob asarlar yo‘qolib ketgan. Biroq o‘sha o‘nta kitobning o‘zi ham tabiiy fanlar, shubhasiz, matematikaning buyuk kashfiyotchisi sifatida uni jahonga tanitdi. Matematikaga oid asarlari iqtisodiy, me’morchilik, texnika, irrigatsiya va boshqa ko‘plab sohalar ravnaqida dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. Shu bois al-Xorazmiy nomi umumbashariy va umr¬boqiydir. Bunday farzandni kamolga yetkazgan uning ona Vatani O‘zbekiston ham jahon miqyosida doimo tilga olinishga loyiqdir.
Ilk uyg‘onish davrining buyuk allomalaridan yana biri Abul Abbos ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg‘oniy (797–865) ham fan, madaniyat ravnaqiga jahoniy hissa qo‘shgan buyuk olimlar sirasidan hisoblanadi. Uning butun ilmiy faoliyati Bag‘doddagi Ma’mun akademiyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, matematika, geografiya, astronomiya, tarix va shu kabi boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda katta izlanishlar olib bordi. Bag‘dod va Damashq¬da astronomiya sohasida buyuk kashfiyotlar qilinishiga xizmat qilgan rasadxona qurilishiga rahbarlik qilish shu inson nomi bilan bog‘liq. Ahmad Farg‘oniyning astronomiyaga bag‘ishlangan «Kitob fi usul ilm an-nujum», «Falakiyot risolasi», «Al-Majitiy», «Farg‘oniy jadvallari», «Usturlob bilan amal qilish haqida», «Oy, yerning ustida va ostida bo‘lganida vaqtni aniqlash risolasi», «Yetti iqlim hisobi», «Usturlob yasash haqida kitob» asarlari mashhur bo‘lib, jahonning eng yirik ilmiy-madaniy markazlarida saqlanadi. Asarlari ko‘plab tillarga tarjima qilingan Ahmad Farg‘oniyni yevropaliklar faxr bilan «Al-Fraganus» deb ataganlar.
Uyg‘onish davrining yirik vakili, jahon fan va madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan ulug‘ alloma Abu Nasr Muhammad al-Forobiy (873–951) O‘tror yaqinidagi Vasij shaharchasida dunyoga kelib, Damashqda vafot etgan.
U dastlabki ilmni Forobda olib, katta ilm maydoniga Buxoro va Samarqanddagi madrasalardagi faoliyati davomida kirib keldi. Bu ilm maskanlarida davrning mashhur ustozlaridan saboq oldi. Ko‘plab tillarni mukammal egalladi. Fanlarning deyarli barcha sohalarini o‘zlashtirgan Forobiy 160 dan ortiq asarlar yozdi. Riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va adabiyot, siyosatshunoslik sohasiga doir kitoblari dunyoga mashhur bo‘lib, jahondagi turli xalqlar tillariga tarjima qilindi. U yozgan Aristotelning «Metafizika asariga sharh», «Tirik mavjudot a’zolari haqida», «Musiqa kitobi», «Baxt-saodatga erishuv haqida», «Siyosat al-madaniyat», «Fozil odamlar shahri», «Masalalar mohiyati», «Tafakkur yurgizish mazmuni haqida kitob», «Falsafaning mohiyati haqida» va boshqa shu kabi ko‘plab asarlari jahonda shuhrat qozondi.
27.3K views09:29
Ochish/sharhlash
2023-11-09 17:15:43 Vatan bayrog‘i – muqaddas. Ajdodlar orzu-armoni aks etgan, xalqimizning buguni, kelajakka bo‘lgan komil ishonchi jilolangan bu qutlug‘ ramzni ko‘zga surtmoq, to‘tiyo qilmoq kerak. Zero, chinakam vatanparvarlik shundan boshlanadi.

Kamol OLLOYOROV
tayyorladi.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2023 йил барча мавзулар /  2023 yil barcha mavzular
19.5K views14:15
Ochish/sharhlash
2023-11-09 17:15:06 46-mavzu

BAYROQ – HURLIK TIMSOLI, EZGULIK RAMZI

Bayroq atamasi eski turkiy atama bo‘lib, u bundan ming yillar avval ham aynan shu ma’noda qo‘llangan. Tilshunoslarning aytishicha, bu nom qadimgi turkchada baziraq, badiroq, batiroq tarzida ham qo‘llangan. Ya’ni, bayroq biror el-ulus, qavmning erkinlik belgisi bo‘lib,

u baland joylarga, hukmdorlar chodiriga o‘rnatib qo‘yilgan. Uni tug‘, yalov, sanchoq (sanjoq) nomlari bilan ham ataganlar.

Sohibqiron Amir Temur saltanatida bayroq davlat va millatning g‘ururi sanalgan. Uch halqa tasviri tushirilgan tug‘ Sohibqiron qo‘shinidagi eng ishonchli bahodirlar, sarkardalar tomonidan qo‘riqlangan. Urush paytida qo‘shin oldida baland ko‘tarilgan bayroq jang­chilarga jangovar ruh bag‘ishlagan, ularning kayfiyatini ko‘tarib, zafar sari olg‘a chorlagan. Amir Temur «Jang maydonida bir sipohiy omon qolsa ham bayroqni baland tutsin!», deb farmon bergan va bayroqning egilishini mag‘lubiyat deb qabul qilgan. Shuningdek, «Temur tuzuklari»da aytilishicha, janglarda shijoat va mardlik ko‘rsatib, g‘anim ustidan g‘alaba qozongan amirlar va sipohiylarga davlat timsollari – tug‘ va nog‘ora in’om etilgan.

Mana 32 yildirki, bayrog‘imiz g‘urur va faxrimiz timsoliga aylandi. U O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqlarida, rasmiy delegatsiyalarimizning xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida hilpiramoqda. Nufuzli sport musobaqalarida muzaffar sportchilarimiz sharafiga yuksak ko‘tarilmoqda. Qurolli Kuchlarimiz safiga chaqirilgan, harbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarimiz Davlatimiz bayrog‘i poyida Vatanni ko‘z qorachig‘iday asrash, uni o‘z sha’ni va nomusiday munosib himoya qilishga qasamyod qiladilar.

Joriy yil 7-iyulda yurtimiz bayrog‘idan keng foydalanilishini, Vatanga nisbatan faxr-iftixor va mehr-muhabbat tuyg‘ulari yanada kuchaytirilishini ta’minlash maqsadida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, davlat bayrog‘idan foydalanilishi mumkin bo‘lgan holatlar kengaytirildi. Jumladan, endilikda:

bayroq va uning tasviri tushi­rilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida;

bayroqdan sport musobaqalari, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarni nishonlashda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmat­chilar dafn marosimlarida;

xalqaro sport musobaqalari hamda O‘zbekiston chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlash uchun bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish mumkin.

Shuningdek, bayroqqa nisbatan hurmatsizlik qilish holatlari aniq belgilandi. Xususan, bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi oqargan holda va boshqa nomaqbul tarzda foydalanish; biror-bir narsa uchun ustki yoping‘ich sifatida foydalanish; stollarga, o‘rindiqlarga, stullarga to‘shash yoki tasvirlash, undan qoplama sifatida foydalanish, o‘tiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga to‘shash yoki tasvirlash; kiyim-ke­chak, dastro‘mol yoki ko‘rpa-to‘shak sifatida, buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanish; bayroq tasviri tushirilgan belgilarni poyabzal, dastro‘mol, ko‘rpa-to‘shak, ichki kiyim-kechakka, sochiqlarga, qutilarga (o‘rovlarga), bir marta foydalanish va tashlab yuborish uchun mo‘ljallangan buyumlarga bosib chiqarish yoki uning tasvirini boshqacha tarzda tushirish; bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-axloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda foydalanish mumkin emas.
19.3K viewsedited  14:15
Ochish/sharhlash
2023-11-07 06:00:03
Миржалол Қосимов мана бу гапларни 2-3 йил аввал айтганди ва ҳали ҳам долзарблигини йўқотмабди.

Нимага дейсизми? Унда қуйидаги коптокларни устига босинг

24.2K views03:00
Ochish/sharhlash
2023-11-06 17:57:36 Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlashda internet, xususan, ijtimoiy tarmoq va bloglardan foydalanish aholini bu borada o‘z vaqtida xabardor qilishning keng tarqalgan va eng samarali chora-tadbirlaridan biri hisoblanadi. Bundan samarali foydalanish umume’tirof etilgan afzalliklarga egadir.

Sarvar SOBIROV tayyorladi.


Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2023 йил барча мавзулар /  2023 yil barcha mavzular
23.7K viewsedited  14:57
Ochish/sharhlash
2023-11-06 17:57:36 Ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlarda favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari belgilab berilgan. Ya’ni, davlat boshqaruvi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, ishchi-xizmatchilarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bartaraf etish va fuqaro muhofazasi bo‘yicha bilimlarini izchil oshirib borish nazarda tutilgan. Shuningdek, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmaganlarni, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalarini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalari¬dan foydalanish qoidalari va usullariga o‘rgatish ham shular jumlasiga kiradi.

Eng vayronkor tabiiy ofatlardan biri zilziladir. Yer qimirlashi ro‘y berganida, yerning yuza qismi uncha uzoq bo‘lmagan vaqt davomida tebranib turadi. Yer silkinish davri – silkinish yer qatlamining yuzasida va yaqin masofada bo‘lsa, bir necha soniya, chuqurroq va olisda bo‘lsa, 2–3 daqiqagacha davom etishi mumkin. Bu tebranishlar insonga noqulaylik tug‘dirib, qo‘rquvga tushiradi. Lekin yer silkinishining to‘xtashini kutishdan boshqa chora yo‘q. Bunday paytda sarosimaga tushmaslik, osoyishtalik va xotirjamlikni saqlash juda muhim.

Tabiiy ofatlarning yana bir dahshatlisi suv toshqinlaridir. Daryolarda iqlim omillari ta’siri, xususan, qorlarning erishi va jala bilan bog‘liq mavsumiy suv ko‘payishlari ro‘y berib turadi. Ayrim hollarda bunday toshqinlar tabiiy ofatlarga aylanib ketadi. Bunday suv toshqinlari ko‘plab odamlarning qurbon bo‘lishiga olib keladi, muhim xo‘jalik obyektlarini muhofaza qilish uchun maxsus tadbirlarni o‘tkazish lozim bo‘ladi.
Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak. 2020-yilda Sardobadagi suv ombori to‘g‘onining 6-piket devoridan suv sizib chiqib, suv oqimi tobora kuchayib toshqin yuzaga kelgan.

Tog‘larning tik yonbag‘irlaridan qor massasining pastlik tomon ag‘darilib yoki sirpanib tushishiga tog‘ ko‘chkisi deyiladi. Baland tog‘larning ustiga ko‘p qor yog‘ib, uning qalinligi ortadi va o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida zichlashib, qayta kristallanib, yonbag‘irlikka, pastlikka qarab osilib turadi va natijada uning qalinligi oshgan sari turg‘unligi susayib boradi.

Kuchli shamol va to‘fon insonlar hayotiga va iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazadigan ofatdir. Bu ofat uzoq davom etuvchi va buzish kuchiga ega. Kuchli shamolning paydo bo‘lishi, ya’ni atmosferada muvozanatning buzilishi natijasida havo oqimi juda katta tezlikda harakatlanib, ba’zi joylarda u aylanma harakatga kelib qoladi. Bunday ofat oqibatida odamlarning halok bo‘lishi, inshootlarning buzilishi, ekinzorlarning payhon etilishi kuzatiladi. Shuningdek, kuchli shamol esganda simyog‘ochlar, daraxtlar ag‘anaydi, uylarning tomlari buzilishi natijasida odamlar turli darajada jarohat oladi.

Yer ko‘chkisi ham aholiga jiddiy zarar keltiradi. Xususan, 1991-yilda Toshkent viloyati Angren shahri yaqinidagi Jigariston qishlog‘ida tabiiy-texnogen ofat natijasida aholining bir qismini ko‘chki bosib qoladi. Butun boshli oilalar yer ostida qoladi.

Iqlim ko‘rsatkichlarining tobora yomonlashib borayotganini insoniyat yerdagi resurslardan shafqatsizlarcha foydalanishni davom ettirayotgani bilan bog‘lash mumkin. Ko‘pchilik davlatlar tomonidan bu jarayon xavfsizlikka qarshi eng katta tahdid sifatida ko‘rilmoqda. Dunyo bo‘ylab sodir bo‘lgan ayanchli hodisalar ekologik xavfsizlikni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini ishlab chiqishga yetarli darajada kuchli turtki berishi kerak. Yo‘qsa, keyinchalik juda kech bo‘lishi mumkin.
19.9K views14:57
Ochish/sharhlash