Get Mystery Box with random crypto!

#offtop Bugun yilning ideyal oyi ekan. Perfektsionistlarga sa | Mahin's World

#offtop

Bugun yilning ideyal oyi ekan. Perfektsionistlarga salom. 4 hafta to’liq mavjud bo’lgan. Dushanba yo oy boshidan qandaydir yomon odatlarni tashlayman deganlarga ensa bilan qaragan Mahin ismli shaxs ham bugundan qator yomon odatlarini tashladi. Iroda va matonat kuchini sinaymiz, toblaymiz. Ertalab 6da uyg’ondim. 1 soatga yaqin kitob o’qidim. Endi tongni kitob bilan boshlashni niyat qildim.

Endi yordam, maslahat berish yo’q. Vaqtim va enegriyaning asosi shunga sarf bo’libdi. Bilgan bildi, bilmagan esa yo’q. Joningni bergudek yaqin bo’lgandan hech qanday mani yo’q, senga kelganda tushunishmaydi yoki tushunishni shunchaki istashmaydi. Shunday ekan faqat o’zing bilan mashg’ul bo’l. O’zinga g’amxo’rlik qil.

O’zimga atalgan gaplar:
- Kitob o’qi. Anchadan beri diqqatingni atrofga ko’p qaratyapsan;
- O’zingni doim 1-o’ringa qo’y. Bu xudbinligim doim bo’lgan va o’zgarmaydi;
- Ko’p yayov yur. O’zi oxirgi paytlar kuniga kamida 5-6 km yuryapman;
- Ayni bugundan eng sevimligim bo’lgan kola ichishni to’xtataman. Haqiqatda sog’likka yomon ta’sir qilyapti.

Bu oy o’zimga badiiy kitoblar zakaz qilgan Amazonga. 1 oy faqat badiiy o’qimoqchiman. Turli voqealar, hikoyalar, taqdirlar, sevgi, oilaviy dramalarni kuzatmoqchiman. Yoqimli va sirli olamga sho’ng’imoqchiman.

Siz Fevralga qanday rejalar qilgansiz? Yomon odatlaring sizda bormi (menda kola va hammaga yordam berishim edi)?

@mahinsworld