Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official M
Kanaldagi mavzular:
Obunachilarimizdan
Tahrirsiz
Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanaldagi mavzular:
Obunachilarimizdan
Tahrirsiz
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.29K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 206

2021-12-27 17:43:11 #O‘qishni_ko‘chirish

MUHIM: 2021/2022-O‘QUV YILIDA UZRLI SABABLARGA KO‘RA O‘QISHINI KO‘CHIRISH ISTAGIDA BO‘LGAN FUQAROLAR DIQQATIGA!!!

Bahorgi semestrda uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ISHCHI GURUHLARI faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Hududiy ishchi guruhlari 2022-yilning 20-yanvar kuniga qadar (shu kuni ham) soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba va bayram munosabati bilan belgilangan sanalar – dam olish kuni; shanba - soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.

Qayd etilgan nizomga muvofiq fuqarolar bahorgi semestrda quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin.

2021/2022-oʻquv yili mobaynida:

respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tganda;

turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;

ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’i nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020
7.8K views14:43
Ochish/sharhlash
2021-12-26 21:25:32 #ДИҚҚАТ

Ўзбекистонда талабаларга мажбурий ўқиш формаси бекор қилиниши кутилмоқда

2022-2023 йилларда молиявий эркин олий ўқув юртларида формани ихтиёрий танлаш хуқуқи бўлади, галстук, форма шарт бўлмаслиги мумкин

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020
5.2K views18:25
Ochish/sharhlash
2021-12-26 21:23:09
#INFOGRAFIKA

Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalari RO‘YXATI

Prezident qaroriga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yuqoridagi 35 ta yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berildi.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020
4.6K viewsedited  18:23
Ochish/sharhlash
2021-12-25 16:58:11 ​​O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab akademik va tashkiliy-boshqaruv sohalari bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar taqdim etiladi.

Shuningdek, qaror bilan:

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning bir qator vakolatlari ta’lim muassasalariga;

Vazirlar Mahkamasining oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi tegishli vakolatlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga o‘tkazildi.

2022-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida Kuzatuv kengashlari tashkil etiladi.

2022-yil yakuniga qadar yagona “Elektron kutubxona” platformasi ishga tushiriladi.

Oliy ta’lim muassasalarida Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (HEMIS)ning:

2022-yil 1-martga qadar “O‘quv jarayonini boshqarish”, “Ilmiy jarayonni boshqarish”, “Ma’muriy jarayonni boshqarish” va “Moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish” qismlari;

2022-yil 1-mayga qadar “Ta’lim sifatini nazorat qilish” qismi joriy qilinadi.

Batafsil https://edu.uz/uz/news/view/3351
11.0K views13:58
Ochish/sharhlash
2021-12-24 10:39:42 «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash» kanali o‘zining an’anaviy «Yilning eng yaxshi rektori» tanloviga start beribdi. O‘zingiz o‘qiydigan oliy ta’lim muassasasi rektorini quyidagi havola orqali kirib qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.

https://t.me/YQQUZB_KANAL/9117
8.0K views07:39
Ochish/sharhlash
2021-12-23 16:14:08
YILNING ENG YAXSHI REKTORI 2021 IV AN'ANAVIY KO'RIK TANLOVI

Teshabayev To'lqin Zakirovich, Toshkent moliya instituti rektoriga baho bering.

Eslatma: Ushbu so'rovnomada xolis fikr bildirishingizni iltimos qilib qolamiz. Nufuziga qarab emas mehnatiga qarab baho bering. Natijalari rasmiy sahifalarda e'lon qilinadi.

G'oliblar taqdirlanadi.


O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
6.0K views13:14
Ochish/sharhlash
2021-12-21 09:15:46
#TATU
#Klagenfurt

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti va Avstriya davlatining Klagenfurt universiteti bilan “Axborot va kommunikatsiyalar injiniringi” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistratura (Double degree) kelishuvi imzolandi.

Ushbu kelishuvga ko‘ra universitetning “Televidenie, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari va tizimlari”, “Intellektual axborot – kommunikatsiya tizimlari”, “Telekommunikatsiya injiniringi”, “Mobil aloqa tizimlari”, “Kompyuter injiniringi” mutaxassisliklarida taxsil oluvchi magistr talabalardan 10 nafarigacha o‘qishini 1 semestrini yoki 2 semestrini Klagenfurt universitetida davom ettirishi, muvaffaqiyatli yakunlaganidan so‘ng ikki tomonning diplomlariga ega bo‘lishlari mumkin.

Ma’lumot tariqasida Klagenfurt universiteti dunyoning nufuzli ichida 400 (THE), 510 (QS) universitetlari qatoriga kiradi.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020
9.8K views06:15
Ochish/sharhlash
2021-12-20 12:46:34
#Tezkor

Uzbekistan Airways talabalar uchun maxsus chegirma e'lon qildi

O'z shahridan uzoqda joylashgan oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar joriy yilning 28 dekabridan 2022 yilning 10 yanvarigacha Uzbekistan Airways ichki aviaqatnovlariga chiptalarni 50% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020
10.3K views09:46
Ochish/sharhlash
2021-12-19 14:46:29 #eslatma
Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yilning 1-Sentabridan buyon O‘zbekiston Respublikasi hududida:

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 822 000 so‘m;

bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 270 000 so‘m;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 289 000 so‘m;

yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 565 000 so‘m;

bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 622 000 so‘m;

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 440 000 so‘m etib belgan.

Do'stlaringizga ulashing
@magistrlarofficial
9.4K viewsedited  11:46
Ochish/sharhlash
2021-12-19 13:20:14
Endi o‘z uyingizda professional ustozlar jamoasiga ega ishonchli maktab bor!

Siz uchun fanlarni o‘zlashtirishda cheksiz yechimlar taqdim etamiz. Shu bilan birga repetitorlik kurslariga aslo ehtiyoj sezmaysiz. Bitta fanning to‘liq videokursi atigi 500 000 so‘m. Tanishing va buyurtma bering:

Biologiya | Ona tili va adabiyot |
Rus tili va adabiyot | Ingliz tili |
Tarix | Matematika | Fizika | Kimyo

Videodarslarni yetkazib berish bepul.

Tel: +998903368883
+998903178883

Eslatma: Videodarslarni faqat kompyuterga o‘rnatib ko‘rishingiz mumkin!

Sayt: oliymaktabakademiyasi.uz

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
6.0K views10:20
Ochish/sharhlash