Get Mystery Box with random crypto!

​​O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim | Magistrlar Official

​​O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab akademik va tashkiliy-boshqaruv sohalari bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar taqdim etiladi.

Shuningdek, qaror bilan:

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning bir qator vakolatlari ta’lim muassasalariga;

Vazirlar Mahkamasining oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi tegishli vakolatlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga o‘tkazildi.

2022-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida Kuzatuv kengashlari tashkil etiladi.

2022-yil yakuniga qadar yagona “Elektron kutubxona” platformasi ishga tushiriladi.

Oliy ta’lim muassasalarida Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (HEMIS)ning:

2022-yil 1-martga qadar “O‘quv jarayonini boshqarish”, “Ilmiy jarayonni boshqarish”, “Ma’muriy jarayonni boshqarish” va “Moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish” qismlari;

2022-yil 1-mayga qadar “Ta’lim sifatini nazorat qilish” qismi joriy qilinadi.

Batafsil https://edu.uz/uz/news/view/3351