Get Mystery Box with random crypto!

#TATU #Klagenfurt Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axb | Magistrlar Official

#TATU
#Klagenfurt

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti va Avstriya davlatining Klagenfurt universiteti bilan “Axborot va kommunikatsiyalar injiniringi” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistratura (Double degree) kelishuvi imzolandi.

Ushbu kelishuvga ko‘ra universitetning “Televidenie, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari va tizimlari”, “Intellektual axborot – kommunikatsiya tizimlari”, “Telekommunikatsiya injiniringi”, “Mobil aloqa tizimlari”, “Kompyuter injiniringi” mutaxassisliklarida taxsil oluvchi magistr talabalardan 10 nafarigacha o‘qishini 1 semestrini yoki 2 semestrini Klagenfurt universitetida davom ettirishi, muvaffaqiyatli yakunlaganidan so‘ng ikki tomonning diplomlariga ega bo‘lishlari mumkin.

Ma’lumot tariqasida Klagenfurt universiteti dunyoning nufuzli ichida 400 (THE), 510 (QS) universitetlari qatoriga kiradi.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020