Get Mystery Box with random crypto!

Legal Jobs

Telegram kanalining logotibi legaljobsuz — Legal Jobs L
Telegram kanalining logotibi legaljobsuz — Legal Jobs
Kanal manzili: @legaljobsuz
Toifalar: Ish
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 578
Kanalning ta’rifi

🔹 Rekruting va HR bo‘yicha yetakchi kompaniya
🔹 Turli sohalardagi iste'dodli kadrlarni izlash va tanlash
🔹 HR sohasining keng doiradagi muammolari yechimi
Bizning vakansiyalar:
https://t.me/legaljobs_vacancies
📞 998990090309
📞 998990090209

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2021-01-23 07:53:26 Biznes arxitektori – biznes egasining o’zi! (I. Gulyamov)

Biznesning asosiy maqsadi “soqqakashlik” bo’lishi noto'g'ri! Tadbirkorlik moddiy manfaatlar uchun emas, insonlar uchun xizmat qilishi kerak. Biznesdagi muvaffaqiyatining 98% qismi tizimga bog’liq bo’lsa, qolgan 2% qismi mijozlarga bog'liq ekan. Demak, xalq uchun tuzilgan biznes tizimini yaxshilash orqali katta natijalarga erishiladi.

Agar mijoz sizdan norozi bo'lsa, bunga sababchi xodimni qidirmang. Shunchaki, kimni jazolash kerak ekanini tahlil qiling! Chunki, ko'p xollarda norozilikning asosiy sababi xodimda bo'lmaydi!

Kandidat loyihamizning 21-yanvar kuni bo'lib o'tgan sonida keltirilgan fikrlar mana shunday keyslarga boy bo'ldi. Taniqli tadbirkor, biznes konsultant Ibrohim Gulyamov o'z tajribalari bilan o'rtoqlashgan kecha kutilgan va kutilmagan, bir-biridan qiziqarli va bahs-munozarali suhbatlar asosida qurildi.

Xodimlar bilan tushlik qilishning qanday foydalari bor va qachon buni tashkillashtirish kerak? Suhbatimizda bu savolga "hech qachon", deb javob beruvchi tadbirkorlar uchun aniq va hayotiy javoblar bor!

Undan tashqari, bir kompaniyaning “Tillo xodimi”dan kelgan savolga mehmonimiz qanday javob berganlarini ham guvohi bo'lishingiz mumkin!

Buning uchun, doimgidek, bio ostidagi havola ustiga bosing va suhbatni o'z ko'zingiz bilan tomosha qiling! Navbatdagi sonlarni ko'rish uchun esa, bizni kuzatishda davom eting! Barcha maroqli tomosha va foydali insaytlar tilaymiz!





Чтение на русском
449 viewsedited  04:53
Ochish/sharhlash
2021-01-22 15:00:39 Har bir balandlik pastlikdan boshlanadi!

Biznesdagi asosiy muvaffaqiyat xodimlarga bog'liq. Tabiiyki, xodimlar kompaniya rivojini chin dildan xohlashlari lozim. Buni ta'minlash uchun kompaniya va xodimlar manfaatlari bir chiziqda uchrashishi kerak bo'ladi.

Bu natijaga qanday erishiladi? Xodimlarning “kumir”i kim bo’lishi kerak? Kompaniya xodimlari sizning raqobatchingiz bo’lib qolmasligi uchun nima qilish kerak? Shu kabi savollar Legal Jobsning Kandidat loyihasi, 21-yanvar sonida o'z javobini topdi.

Mehmonimiz, PCG va boshqa bir qator biznes loyihalar asoschisi va rahbari — Ibrohim Gulyamov o'z tajribalaridan kelib chiqqan holda, har bir tadbirkor, xodim, hattoki, vaqtincha ishsizlikdagi hamyurtlarimiz uchun ham kerak bo'ladigan keyslar bilan o'rtoqlashdilar.

Yuqorida ushbu suhbatdan olingan qaynoq fotolardan hisobot tayyorlangan. Ushbu suhbatni o'tkazib yubordingizmi? Unda bio ostidagi havola orqali videoni tomosha qiling va keyingi suhbatlarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatib boring!






https://telegra.ph/Kandidat-01-22

Чтение на русском
410 viewsedited  12:00
Ochish/sharhlash
2021-01-21 09:59:16 Biz yana parvozga tayyormiz!

Gap kandidat loyihasining navbatdagi, qizg’in keyslarga boy soni haqida! 21-yanvar kuni mehmonimiz taniqli tadbirkor, biznes trener, PCG kompaniyasi asoschisi — Ibrahim Gulyamov bo’ladilar.

Intervyuda Ibrahim Gulyamov katta tajribalari bilan ulashadilar. Eng asosiysi, suhbat ssenariysini aynan Siz - muxlislarimiz tuzib berasiz! Tomoshabinlar tomonidan berilgan savollar orasida saralanganlari intervyuda javobini topadi.

Uzoq kutilgan, qiziqarli va manfaatli suhbatni o’tkazib yubormaslik uchun, 21-yanvar kuni soat 20:00 da YouTube’dagi MFaktor kanalida Kandidat loyihamizni tomosha qiling. Chiptalar mutlaq bepul!

Bu, albatta, hazil. Hech qanday chipta kerak emas!
___________________

Мы снова готовы к полету!

Поговорим о следующем, горячем числе проектов-кандидатов! 21 января у нас в гостях будет Ибрахим Гулямов, известный бизнесмен, бизнес-тренер, основатель PCG.

В интервью Ибрахим Гулямов делится своим большим опытом. А главное, сценарий беседы напишете вы - наши фанаты! Среди вопросов, которые задает аудитория, избранные найдут ответ в интервью.

Посмотрите наш проект «Кандидат» на канале MFactor на YouTube 21 января в 20:00, чтобы не пропустить долгожданное, интересное и полезное интервью. Билеты абсолютно бесплатные!

Это действительно шутка. Билеты не нужны!
437 viewsedited  06:59
Ochish/sharhlash
2021-01-21 09:58:54
400 views06:58
Ochish/sharhlash
2021-01-20 08:36:15 Amerika va O’zbekistondagi TOP kompaniyalar nimasi bilan farq qiladi?

Amerikada xodimlar IQ darajasi, tajribasi, motivatsiyasi va bilimiga qarab saralanadi. Agar ikkita nomzoddan biri soha bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’lsa, ikkinchisi boshqa yo’nalish bo’yicha kollej diplomini olgan bo’lsa, bu ishga birinchi nomzod olishini kafolatlamaydi!

Chet elga borib tajriba yig’ish, katta kompaniyani boshqarish, malakali mutaxassislarda saboqlar olish kabi mavzularga to’la bo’lgan suhbat Legal Jobs jamoasining Kandidat loyihasi 17-yanvardagi sonida bo’lib o’tdi.

Suhbatda Amerikadagi TOP kompaniyalardan birining boshqaruvchisi, hamyurtimiz Shuhrat Xoltayev mehmon bo’ldilar.

Suhbatni to’liq formatda MFaktorning YouTube’dagi kanalai orqali tomosha qilishingiz mumkin.
__________

Чем отличаются ТОП компании Америки и Узбекистана?

В Америке сотрудники сортируются по уровню IQ, опыту, мотивации и знаниям. Если один из двух кандидатов имеет высшее образование в данной области, а другой получил диплом колледжа в другой области, это не гарантирует, что первый кандидат получит работу!

Интервью, которое было насыщено такими темами, как поездка за границу, накопление опыта, управление крупной компанией, уроки у квалифицированных специалистов, состоялась в 17 января, в выпуске проекта Кандидат от команды Legal Jobs.

Гостем встречи стал наш соотечественник Шухрат Холтаев, управляющий одной из ТОП компаний Америки.

Вы можете посмотреть интервью в полном формате в канале MFaktor на YouTube.
435 viewsedited  05:36
Ochish/sharhlash
2021-01-18 18:52:55 “Dengiz ortida” yuqori marralarni zabt etish sirlari

Kuni kecha Legal Jobs kompaniyasining Kandidat loyihasi navbatdagi soni o’tkazildi. Unda Amerikada TOP kompaniyani boshqaruvchi hamyurtimiz — Shuhrat Xoltayev mehmon bo’ldilar. Yuqorida esa aynan shu sondan foto-hisobot taqdim qilingan.

Suhbat davomida chet elda ta’limdan keyin ishga joylashish shartlari, malaka orttirish va yuqori lavozimlarga erishish, Amerikadagi TOP kompaniyada xodim va mijozlarga qilinadigan muomala, chet elda xodim tanlash bo’yicha qo’yilgan metrikalar kabi mavzularda tajribalar bilan o’rtoqlashildi.

Undan tashqari, mehmonimiz
- “AQShga ketish uchun nimalar qilish kerak?”
- “Amerikada ta’lim tizimi biznikidan qanday farq qiladi?”
- “U yerda chet elliklar nufuzli korxonalarga qanday joylashadilar?”
- “Korxonada xodim fidoiyligi qanday tekshiriladi?”
- “Ishga moslashtirish va o’qitish tizimi qanday?”, kabi savollarga ham aniq va mazmunli javob berdilar.

Loyihaning ushbu sonini o’tkazib yuborganlar, bio ostidagi havola orqali videoyozuvni tomosha qilishlari mumkin!

https://telegra.ph/Kandidat-01-18

Чтение на русском
468 viewsedited  15:52
Ochish/sharhlash
2021-01-16 17:15:47 Top menejerlarni jalb qilish bo’yicha top ko’rsatmalar

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, hozirda top menejerlar uchun ish joyidagi maosh va qo'shimcha bonuslar muhim emas. Xo'sh, unda malakali top menejerlarni jalb qilish uchun nimalar kerak?

1. Kompaniyaning obro'si: Kompaniya bozorda qanchalik yaxshi tanilgan bo'lsa, top menejerlarda shunchalik kuchli motivatsiya uyg'onadi va Sizning kompaniyangizda ishlash istagi ortadi;

2. Erkinlik: yaxshi top menejerlar boshqaruv qobiliyatiga ega bo'ladilar. Shuning uchun, ular ko'proq erkin qaror qabul qilish imkoni beriladigan joyni tanlaydilar;

3. O'z ustida ishlash va rivojlanish: hamma kuchli mutaxassislar kabi, top menejerlar ham kasbiy rivojlanishni istashadi. Turli qo'shimcha kurslarga yo'naltirish, yangi va qiziqarli loyihalarni topshirish, ulardagi g'oyalarni qo'llab-quvvatlash top menejerlarning kompaniyaga bo'lgan hurmatlarini oshiradi;

4. Ish olib boriluvchi sohaning muhimligi: top menejerlar uchun o'zlari ishlaydigan sohaning qanchalik dolzarb va foydali ekani ham juda qiziq. Ular iloji boricha ko'proq foydalari tegishini istashadi;

5. Jamoa: menejerlar jamoa bilan ishlovchi xodimlar sanaladi. Jamoaning qanchalik kuchli va intiluvchan ekanligi bevosita ularning natijalariga ham ta'sir qiladi;

6. Maosh va ulushlar: ko'rib turganingizdek, moddiy masala hozirgi zamon top menejerlari uchun eng oxirgi o'rindagi zaruratlardan hisoblanadi.

Sizning kompaniyangizga haqiqatdan ham kuchli top menejerlar kerak bo'lsa, yuqoridagi ko'rsatmalarga amal qiling. Undan tashqari, bizni kuzatib borishni ham unutmang!

Чтение на русском
555 views14:15
Ochish/sharhlash
2021-01-16 17:15:45
433 views14:15
Ochish/sharhlash