Get Mystery Box with random crypto!

Legal Jobs

Telegram kanalining logotibi legaljobsuz — Legal Jobs L
Telegram kanalining logotibi legaljobsuz — Legal Jobs
Kanal manzili: @legaljobsuz
Toifalar: Ish
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 578
Kanalning ta’rifi

🔹 Rekruting va HR bo‘yicha yetakchi kompaniya
🔹 Turli sohalardagi iste'dodli kadrlarni izlash va tanlash
🔹 HR sohasining keng doiradagi muammolari yechimi
Bizning vakansiyalar:
https://t.me/legaljobs_vacancies
📞 998990090309
📞 998990090209

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-04-22 20:18:40 ​​Bugun eng yangi va eng sara HR trendlari haqida fikrlashamiz!

Raqamlashgan HRIS (Human Resources Information System) — xodimlarning ma’lumotlari bazasini bir joyga to’plagan, bulutli tizim. CRM tizimi kabi, HRIS’ni ham har bir kompaniya o’zi uchun tuzishi yoki tayyor tizimdan foydalanishi mumkin.

Tizimda xodimlarning ism-familiyasi, manzili kabi ma’lumotlardan tortib, ishga kelish-ketish vaqtlari, oylik, yillik hisobotlari, ish samaradorligi diagrammalari, nomzodlar ro’yxati, CV’lari kabi ma’lumotlarni saqlash va tahrirlash mumkin.

Superjamoa — eng kuchli xodimlardan va eng so’nggi raqamli texnologiyalar birlashishidan tashkil topadi. Jamoa a’zolari onlayn ish olib borish platformalari, sun’iy intellekt, Big Data kabi instrumentlar yordamida ishlaydilar.

Bunday jamoalar kompaniyaga minimal inson resursidan foydalanish, masofaviy ishlay olish, asosiy vazifalarni raqamlashtirish kabi imkoniyatlarni beradi.

Well being dasturlar — kompaniyadagi xodimlarning ham ijtimoiy, ham shaxsiy hayotlari farovonligini nazorat qilish tizimi. Bunday yondashuvlar mutaxassislarning ish samaradorligini oshirishga, ruhiy holatlaridan xabardor bo’lib turish, joiz bo’lganda ularga yordam berish imkoniyatini beradi.

O’z o’rnida kompaniyadan shunday e’tiborni olgan xodimning ish joyiga mehri va sadoqati ham oshadi. CIPD — HR kompaniyasi tadqiqotiga ko’ra, Well being dasturlari biznesdagi jarayonlarni 6 barobarga yaxshilar ekan!

Hurmatli biznes egalari va HR menejerlar: siz ham trendda bo’ling, Legal Jobsni kuzating!
1.3K viewsedited  17:18
Ochish/sharhlash
2021-04-20 20:42:16 ​​Ketgan xodimning o'rnini to'ldirish

PwC — PricewaterhouseCoopers, xalqaro konsalting va audit kompaniyasi. Kompaniyaga 1849-yilda Londonda asos solingan. Bugun shu kompaniya tomonidan taqdim qilingan bitta ma'lumot haqida so'zlashamiz.

Ular kompaniyalarning ketayotgan xodimni almashtirish xarajatlarini hisoblash chiqishgan. Hisoblashda barcha faktorlar: yangi xodimni qidirish, tanlash va ishga olish, uni lavozimiga tayyorlash va o'qitish. Bundan tashqari, kelajakdagi xatolarining narxi, yo'qotilgan foyda va boshqalarni hisobga olingan.

Buni hisoblash uchun qisqa formulani taqdim etamiz: agar oddiy xodim ishdan bo'shasa, uning o'rnini to'ldirish uchun 6 oylik haqi, o'rta darajadagi menejer bo'lsa, 12 oylik ish haqi, agar top menejer bo'lsa, 24 oylik ish haqi yo'qotilar ekan!

O'zi xodimlar nima sababdan ishdan ketishadi? Noto'g'ri boshqaruv, xodimga e'tibor berilmasligi, uning harakatlarini yetarlicha baholanmasligi, "telba-teskari" ichki qoidalar va hokazo.

E'tibor bergan bo'lsangiz, bu yerda maosh kamligi aytilmadi. Sababi, aksariyat hollarda agar muhit yaxshi va mutaxassis to'g'ri tanlangan bo'lsa, maosh bozorga nisbatan biroz pastligi xodimning ketishiga sabab bo'lmaydi.

Shunday ekan, jamoadagi muhitni yaxshilash va ishni tizimlashtirish — bu masalada qilinishi kerak bo'lgan eng muhim ishlar hisoblanadi!
1.2K views17:42
Ochish/sharhlash
2021-04-15 20:56:57 ​​Endi ish topish muammo emas!

Oramizda ma’lum ta’lim dargohini bitirib yoki biror kursda o’qib, o’qigan sohasi bo’yicha ish izlab yurganlar talaygina. Ayrim bo’sh ish o’rinlari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’qib esa, hafsalangiz pir bo’ladi.

Mutaxassisga qo’yiladigan talablar noo’rin ekanligi, ish sharoitining noqulayligi, maoshning bozor normalariga muvofiq emasligi... Bu ro’yxatni yana davom ettirish mumkin. Lekin, biz sizga biroz pozitiv ulashish niyatidamiz!

Jamoamiz rekruting faoliyatini bajarish chog’ida kelib tushgan takliflarni inobatga olib, aktual bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumotlar berib borishni yo’lga qo’ygan. Ushbu ma’lumotlarni @legaljobs_vacancies sahifasidan topasiz.

Bizning asosiy yo’nalishlar:
Marketing
Sotuv bo’limi
Buxgalteriya
HR

Sahifamizga obuna bo’ling va eng yaxshi ish o’rinlaridan birini egallang! Bu ma’lumotni do’stlaringizga ulashishni yodingizdan chiqarmang!
1.2K views17:56
Ochish/sharhlash
2021-04-13 19:32:21 ​​Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

Legal Jobs jamoasi barchangizni eshik qoqib kelgan muborak Ramazon oyi bilan chin yurakdan muborakbod etadi! Sizga va oilangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va ishingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ramazon oyida barchamizning xonadonlarimizga fayz, qut-baraka yomgʻirlari yogʻilsin! Yil boʻyi xuddi Ramazon oyidagidek, barchamizning qalbimizda mehr-muruvvat, doʻstlik va ahillik joʻsh ursin.

Mamlakatimizdagi barcha roʻzadorlarga Allohdan sabr, chidamlilik va ulkan savoblar tilaymiz! Barchamizga ikki olam saodati nasib qilsin!
1.0K viewsedited  16:32
Ochish/sharhlash
2021-04-07 20:48:53 ​​Bu kasblar funksional jihatdan butunlay yo’q bo’lib ketmagan, shunchaki ko’rinishini o’zgartirgan deyish mumkin.

Quyida biz zamonaviy talqiniga o’rganib qolgan ba’zi tarixiy kasblarni sanab o’tamiz:

Qozi — musulmon davlatlarida hukmdor tomonidan tayinlangan, shariat asosida sudyalik vazifasini bajaruvchi shaxs;

Xattot — kitoblarni chiroyli husnixatda yozish bilan shug’ullangan inson. Uni hozirgi kopirayterlarga qiyoslash mumkin. Binolarning peshtaxtalari uchun ham yozuvlar yozib berganini inobatga olsak, dizaynerlik kasbini ham qisman xattotlikning davomi deyish mumkin;

Jarchi — jamiyatdagi turli yangiliklarni odamlar ko’p joyga borib, jar solib (baqirib) aytadigan mutaxassislar. Ularning hozirgi ko’rinishi SMM menejerlari yoki marketologlarga to’g’ri keladi. Chunki, ular ham turli yangiliklarni odamlarga yetkazish bilan shug’ullanadilar;

Mirshab — Orta Osiyo xonliklaridagi lavozim. Ular shaharning tungi paytdagi osoyishtaligiga javobgar bo’lishgan. Militsiya xodimlarining vazifalarini mirshablikning zamonaviy ko’rinishi deyish mumkin.

Bu ro’yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Eng asosiysi, qaysi kasbni tanlashingizdan qat’iy nazar, vazifangizni bajarishga chin dildan yondashing!
1.0K viewsedited  17:48
Ochish/sharhlash
2021-04-05 19:50:09 ​​Hammaga qiziq bo’lgan o’sha savol: HR va kadrlar bo’limi mutaxassislarining farqi nimada?

Ba’zilar HR va an’anaviy kadrlar bo’limi xodimining vazifalari bir xil deb o’ylashsa, ayrimlar HR menejeri kim ekanini ham bilmaydilar. Bugun bu ikki mutaxassislikning farqlarini ko’rib chiqamiz.

Aytib o’tish joizki, har ikkalasi ham tashkilotga yangi xodimlarni olish, borlarining malakasini oshirish kabi umumiy vazifalarni bajarishadi.

An’anaviy kadrlar bilan ishlash bo’limi, odatda, rahbariyatning ko’rsatmalarini amalga oshiradi va mehnat qonunchiligi doirasida faoliyat yuritadi.

HR menejeri esa kadrlar masalasidagi muammolar yechimini qabul qilish va amalga oshirishda qatnashadi. Undan tashqari, kompaniyaning umumiy strategiyasini tuzishda qatnashadi va o’z vakolati doirasida unga ta’sir ko’rsatadi (o’zgartirish va qo’shimchalar kiritadi).

Undan tashqari, HR menejerlari kompaniya xodimlari bilan doimiy aloqada bo’ladilar. Ularning muammolariga yechim topish, ish effektivligini oshirish bo’yicha rejalar tuzadi va ularni amalga oshiradi.

Sizning kompaniyangizga ham ana shunday HR menejerlari kerak bo’lsa, kimga murojaat qilishni bilasiz!

Legal Jobs — eng yaxshi nomzodlar eng yaxshi kompaniyalar uchun!
864 viewsedited  16:50
Ochish/sharhlash
2021-04-01 19:46:47 ​​Yaxshi ish bizdan uchta katta yomonlikni uzoqlashtiradi: zerikish, to’siq va ehtiyoj!

Inson uchun o’ziga munosib ish topish — katta hayotga qo’yiladigan asosiy qadamlardan biri! Shunday ekan, bu ishga alohida e’tibor bilan qarash kerak.

Aynan shu masalada yurtdoshlarimizga ko’mak berish maqsadida, @legaljobs_vacancies sahifasini ishga tushirdik.

Bu sahifada eng qaynoq va eng yangi bo’sh ish o’rinlari haqida xabar berib boriladi. U yerdagi vakansiyalar bilan yaqindan tanishish juda oson: postlar orasidan o’zingizga kerakli ish o’rni haqidagisini toping va shu post ostidagi raqamlarga qo’ng’iroq qiling.

Operatorlarimiz sizga to’liq ma’lumot berishadi va ishga joylashish uchun keyingi qadamlar ketma-ketligini tushuntirishadi.

Faylasuf Konfutsiy aytganidek, “O’zingizga chindan yoqadigan ish toping. Shunda umringizning bir kunida ham ishlamaysiz!”

Legal Jobs — eng yaxshi nomzodlar eng yaxshi kompaniyalar uchun!
1.1K viewsedited  16:46
Ochish/sharhlash
2021-03-26 19:52:20 ​​Bu maqoladan keyin xodimlaringizni o'qishga yuborasiz!

Har qanday kompaniyaning yutug'i xodimlarning professionalligiga bog'liq. Agar kompaniya xodimlarning professionallik darajasi ustida bosh qotirmasa, natijada krizisdan chiqish yo'llarini izlab qolishi hech gap emas...

Quyida xodimlarni o'qitish qanchalik muhim va foydali ekanini ko'rsatadigan ta sababni ko'rib chiqamiz:

Agar qo'l ostingizdagilar hozir shunchaki vazifani bajarayotgan bo'lsalar, malaka oshirishdan so'ng ishni bir necha barobar sifatli va tez bajaradilar;
Xodimlar qanchalik tajribali bo'lsa, kompaniyaning kelajakdagi rivoji uchun shuncha ko'p variantlar bo'ladi;
Xodimlarning malakasini oshirish tashqaridan xodim olishdan ko'ra samaraliroq;
Qiziqarli o'qitish tizimi eng yaxshi nomoddiy motivatsiya bo'la oladi;
Boshliq ta'tilga chiqayotgan vaqtda xavotirlanmaydi, chunki doim unga o'rinbosar topiladi.

Shunday ekan, kompaniyadagi xodimlarning malakasini oshirish tizimini yo'lga qo'ying va uni qattiq nazorat ustida ushlang!

Legal Jobs jamoasi esa sizga yangiliklarni tez o'zlashtiradigan, malakali va tartibli xodimlarni topib berishni davom ettiraveradi!
982 viewsedited  16:52
Ochish/sharhlash
2021-03-24 18:37:08 ​​Xodimlarning turlari: Initsiatorlar #2_qism

Initsiatorlar — doimiy ravishda jamoada do’stlik rishtalarini o’rnatishga harakat qiladilar. Aynan ular tug’ilgan kun bilan tabriklash, tadbirlarni tashkillashtirishda juda faol bo’lishadi.

Ular boshqa birovlar uchun ham rejalar tuzishadi. Tahlil qilishni yoqtirishmaydi va biror narsa haqida to’liq bilmay turib ham ishga kirishib ketaveradilar.

Initsiatorlar yangi g’oyalarni juda tez o’ylab topishadi hamda juda tez birinchi g’oyadan ikkinchisiga o’tishadi. Bunday insonlar loyiha menejerligiga juda mos kelishadi. Agar ularning qo’l ostida kuchli va tartibli ijrochilar bo’lsa, nur ustiga a’lo nur bo’ladi.

Initsiatorlarda ishtiyoq va ilhom doim yuqori darajada bo’ladi. Ammo, doim ularning harakatlarini kuzatib borish tavsiya qilinadi. Initsiatorlarga bajariladigan ishlar ketma-ketligi va deadline haqida eslatib turish kerak.
823 views15:37
Ochish/sharhlash
2021-03-21 16:47:52 ​​Har kuning bo’lsin Navro’z!

Qadrli vatandoshlar! Legal Jobs jamoasi barchangizni bugungi bayram — Navro’zi olam bilan chin ko’ngildan muborakbod etadi!

Barchangizga uzoq umr, baxt-saodat va faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz! Doim yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin!

Hech qaysi kompaniyada dangasa xodimlar bo’lmasin! Barcha jamoalarda do’stlik, ahillik va mehr-oqibat kuchaysin!

Пусть каждый день будет Навруз!

Дорогие соотечественники! Команда Legal Jobs от всей души поздравляет вас с сегодняшним праздником — Навруз!

Желаем всем вам долголетия, счастья и великих побед в вашей деятельности! Пусть всегда будет мир на нашей земле и чистое небо!

Пусть ни в одной компании не были ленивых сотрудников! Пусть во всех коллективах крепнет дружба, гармония и доброта!
836 views13:47
Ochish/sharhlash