Get Mystery Box with random crypto!

Legal Jobs

Telegram kanalining logotibi legaljobsuz — Legal Jobs L
Telegram kanalining logotibi legaljobsuz — Legal Jobs
Kanal manzili: @legaljobsuz
Toifalar: Ish
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 578
Kanalning ta’rifi

🔹 Rekruting va HR bo‘yicha yetakchi kompaniya
🔹 Turli sohalardagi iste'dodli kadrlarni izlash va tanlash
🔹 HR sohasining keng doiradagi muammolari yechimi
Bizning vakansiyalar:
https://t.me/legaljobs_vacancies
📞 998990090309
📞 998990090209

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2021-01-30 17:49:13 Insonlarning fikr va tushunchalarini tubdan o'zgartirib yuborgan intervyu!

Ko’pchilik intiladigan missiya, deyarli hamma qidiradigan motivatsiya aslida nima? Inson biror ishni bajarishi uchun unga motivatsiya kerakmi? “Ha, motivatsiya kerak. Masalan men...”, deyishga shoshilmang!

Shunchaki, haqiqiy motivatsiya nima ekanligini, doim mehnatdan rohat olish qanday bo’lishini, o’z sohangizni qanday topishingiz kerakligini bilib oling. Buning uchun YouTube’dagi Kandidat loyihamizning 28-yanvar sonini tomosha qilishingizni maslahat beramiz.

Chunki, mehmonimiz Sanjar Maqsudov yuqoridagi kabi savollarni aniq javoblar bilan birin-ketin “urib tushirdilar”!

Undan tashqari, biznesda sherikchilik qanday tuzilishi kerakligi, undagi shartnoma qanday bo’lishi ma’qulligi, kompaniyadagi kuchli mutaxassisni yanada kuchli qilish yo’llari kabi masalalarga ham sodda misollar orqali to’xtalib o’tildi.

Ming marta eshitgandan, bir marta ko’rgan yaxshi! Ko’rsatuvdagi mehmonning hozirjavobligi va mezbonlarning har bir javobdan olgan zavqlari uni yanada mazmunli qilgan! Ushbu havola orqali videoni to’liq tomosha qilsangiz, barchasiga o’zingiz guvoh bo’lasiz:





Чтение на русском
514 views14:49
Ochish/sharhlash
2021-01-30 17:49:04
418 views14:49
Ochish/sharhlash
2021-01-29 16:28:42 Ishlamasdan tishlash mumkinmi?

Kuni kecha Kandidat loyihamizning navbatdagi juda qiziqarli soni efirga chiqdi. Smart Group Restaurants kompaniyasi asoschisi, Sanjar Maqsudov bilan boʻlgan suhbatda nafaqat tomoshabinlarni, balki loyiha tashkilotchilari ham katta zavq olishdi!

Suhbat davomida dunyoning eng boy insonlari nega juda koʻp boyliklari boʻla turib, hali ham ishlayotganliklari haqida aniq fikr va dalillar keltirildi. Undan tashqari, koʻpchilikni oʻylantiradigan, “Qanday qilib inson oʼz kasbini topadi?”, degan savolga ham aniq va sodda javob berildi.

Yuqorida Kondidat loyihasining shu sonidan foto hisobot taqdim etilgan. Bundan-da qiziqarli, yana-da ajoyib lavhalarni koʻrish uchun YouTubeʼdagi videoni tomosha qiling. Bir oʻtirishda oxirigacha koʻrishga “majburlay oladigan” koʻrsatuv!

Mehmonimiz savollarga shunday dadillik va ishonch bilan javob berganlarki, hatto biz bilan uzoq yillardan beri yashagan fikrlarni oʻzgartirishga toʻgʻri keladi! Barchaga yoqimli tomosha tilaymiz!

https://telegra.ph/Kandidat-Fotolavhalar-01-29

Чтение на русском
533 views13:28
Ochish/sharhlash
2021-01-27 19:09:58 Qiyinchiliksiz yaxshi daromad topish mumkinmi?

Kimdir “Ha, buning uchun tizimlashgan biznes egasi bo’lish kerak”, desa, kimdir “Buning iloji yo’q, yaxshi daromad - qiyinchilik mevasi”, deydi. “Buning uchun millionerning turmush o’rtog’i bo’lish kifoya”, deydiganlar ham yo’q emas

Ushbu savolning aniq javobi juda ko’pchilikni qiziqtirishi aniq. Chunki, turli insonlar nazarida “qiyinchilik” va “yaxshi daromad” tushunchalari turlicha ta’riflanadi.

Legal Jobs masalaga “tajribali biznesmen” rejimida qarash ishtiyoqida. Shuning uchun ham, Kandidat loyihasining navbatdagi sonini aynan shu mavzuga bag’ishlashga qaror qildik!

Mehmonimiz: Smart Group Restaurants asoschisi, bir nechta IT loyihalar egasi — Sanjar Maqsudov. Ular bilan bo’lgan har bir suhbat juda mazmunli va qiziqarli o’tadi. Ishonamizki, Kandidat’dagi suhbatimiz ham barchaga manzur keladi!

Ertaga, 28-yanvar kuni, soat 20:00da MFaktor’ning YouTube kanalida ko’rishguncha!

Чтение на русском
506 views16:09
Ochish/sharhlash
2021-01-27 19:09:49
333 views16:09
Ochish/sharhlash
2021-01-25 20:05:48 2021-yildagi HR trendlari

Hurma System kompaniyasining tahliliga koʻra, 2021-yil mobaynida bizneslardagi HR tizimi yana-da rivoj topadi. Bu yoʻnalish faqat dunyoning rivojlangan davlatlarida emas, balki, bizning yurtimizda ham aktual boʻlishi aniq. Chunki, bizdagi bizneslar tizimlashtirilishi boshqa davlatlardan ortiq boʻlsa ortiq-ki, aslo kam emas!

Keling, Hurma Systemʼning xulosalari bilan tanishib chiqamiz. Ularning fikrlariga koʻra, bu yilda HR tizimining asosiy trendlari quyidagilar boʻladi:

1. Turli avlod vakillarining bir jamoada boʻlishlari.

2. Xodimlarning erkin grafikda ishlashlari

3. Frilanserlar bilan ishlash

4. EVP (Employee Value Proposition) asosida ishlash (xodimga qiymat taklifi)

5. Rekrutingni raqamlashtirish

6. HR jarayonlarini avtomatlashtirish va chat-botlar orqali ishlash

Albatta, keltirilgan fikrlarga qoʻshilmay ilojimiz yoʻq! Chunki, raqamli texnologiyalar har sohaga kirib borayotgan, frilanserlik va erkin grafikda ishlash ommalashayotgan bir vaqtda, HR tizimining ham aynan shu yoʻnalishlar rivojlanishi aniq!

Shunday ekan, yuqoridagilardan kelib chiqib, kompaniyangiz HR boʻlimida kerakli oʻzgarishlarni amalga oshirishingizni maslahat beramiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

Чтение на русском
436 views17:05
Ochish/sharhlash
2021-01-25 20:05:28
384 views17:05
Ochish/sharhlash
2021-01-23 19:00:54 Kandidat loyihasi uchun so’rovnoma

Biz doimiy kuzatuvchilarimiz, biznes va boshqaruv tizimlariga qiziquvchi do’stlarimiz uchun yanada qiziqarli va mazmunli kontent tayyorlash maqsadidamiz.

YouTube’dagi Kandidat loyihasi orqali beriladigan keyslar bilimga bo’lgan chanqog’ingizni qondirishini istaysizmi? Unda spikerlar orasidan lozim topganingizni tanlang. O’z tanlivingizni izohlarda qoldiring. Loyihamizning keyingi sonida eng ko’p so’ralgan spiker mehmon bo’ladi.

Loyiha bilan tanishish uchun MFaktorning YouTube kanalini kuzating.
__________

Опрос по проекту Кандидат

Мы стремимся подготовить более интересные и содержательные контенты для наших постоянных наблюдателей, друзей, интересующихся бизнесом и системами управления.

Вы хотите, чтобы кейсы, предоставляемые в рамках проекта утолили вашу жажду знаний? Тогда выберите одну из спикеров. Оставляйте свой выбор в комментариях. Самый востребованный бизнесмен станет гостем в следующем выпуске нашего проекта.

Следите за каналом MFaktor на YouTube, чтобы ознакомиться с проектом.
454 viewsedited  16:00
Ochish/sharhlash
2021-01-23 19:00:15
407 views16:00
Ochish/sharhlash