Get Mystery Box with random crypto!

Biznes arxitektori – biznes egasining o’zi! (I. Gulyamov) B | Legal Jobs

Biznes arxitektori – biznes egasining o’zi! (I. Gulyamov)

Biznesning asosiy maqsadi “soqqakashlik” bo’lishi noto'g'ri! Tadbirkorlik moddiy manfaatlar uchun emas, insonlar uchun xizmat qilishi kerak. Biznesdagi muvaffaqiyatining 98% qismi tizimga bog’liq bo’lsa, qolgan 2% qismi mijozlarga bog'liq ekan. Demak, xalq uchun tuzilgan biznes tizimini yaxshilash orqali katta natijalarga erishiladi.

Agar mijoz sizdan norozi bo'lsa, bunga sababchi xodimni qidirmang. Shunchaki, kimni jazolash kerak ekanini tahlil qiling! Chunki, ko'p xollarda norozilikning asosiy sababi xodimda bo'lmaydi!

Kandidat loyihamizning 21-yanvar kuni bo'lib o'tgan sonida keltirilgan fikrlar mana shunday keyslarga boy bo'ldi. Taniqli tadbirkor, biznes konsultant Ibrohim Gulyamov o'z tajribalari bilan o'rtoqlashgan kecha kutilgan va kutilmagan, bir-biridan qiziqarli va bahs-munozarali suhbatlar asosida qurildi.

Xodimlar bilan tushlik qilishning qanday foydalari bor va qachon buni tashkillashtirish kerak? Suhbatimizda bu savolga "hech qachon", deb javob beruvchi tadbirkorlar uchun aniq va hayotiy javoblar bor!

Undan tashqari, bir kompaniyaning “Tillo xodimi”dan kelgan savolga mehmonimiz qanday javob berganlarini ham guvohi bo'lishingiz mumkin!

Buning uchun, doimgidek, bio ostidagi havola ustiga bosing va suhbatni o'z ko'zingiz bilan tomosha qiling! Navbatdagi sonlarni ko'rish uchun esa, bizni kuzatishda davom eting! Barcha maroqli tomosha va foydali insaytlar tilaymiz!





Чтение на русском