Get Mystery Box with random crypto!

Top menejerlarni jalb qilish bo’yicha top ko’rsatmalar Muta | Legal Jobs

Top menejerlarni jalb qilish bo’yicha top ko’rsatmalar

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, hozirda top menejerlar uchun ish joyidagi maosh va qo'shimcha bonuslar muhim emas. Xo'sh, unda malakali top menejerlarni jalb qilish uchun nimalar kerak?

1. Kompaniyaning obro'si: Kompaniya bozorda qanchalik yaxshi tanilgan bo'lsa, top menejerlarda shunchalik kuchli motivatsiya uyg'onadi va Sizning kompaniyangizda ishlash istagi ortadi;

2. Erkinlik: yaxshi top menejerlar boshqaruv qobiliyatiga ega bo'ladilar. Shuning uchun, ular ko'proq erkin qaror qabul qilish imkoni beriladigan joyni tanlaydilar;

3. O'z ustida ishlash va rivojlanish: hamma kuchli mutaxassislar kabi, top menejerlar ham kasbiy rivojlanishni istashadi. Turli qo'shimcha kurslarga yo'naltirish, yangi va qiziqarli loyihalarni topshirish, ulardagi g'oyalarni qo'llab-quvvatlash top menejerlarning kompaniyaga bo'lgan hurmatlarini oshiradi;

4. Ish olib boriluvchi sohaning muhimligi: top menejerlar uchun o'zlari ishlaydigan sohaning qanchalik dolzarb va foydali ekani ham juda qiziq. Ular iloji boricha ko'proq foydalari tegishini istashadi;

5. Jamoa: menejerlar jamoa bilan ishlovchi xodimlar sanaladi. Jamoaning qanchalik kuchli va intiluvchan ekanligi bevosita ularning natijalariga ham ta'sir qiladi;

6. Maosh va ulushlar: ko'rib turganingizdek, moddiy masala hozirgi zamon top menejerlari uchun eng oxirgi o'rindagi zaruratlardan hisoblanadi.

Sizning kompaniyangizga haqiqatdan ham kuchli top menejerlar kerak bo'lsa, yuqoridagi ko'rsatmalarga amal qiling. Undan tashqari, bizni kuzatib borishni ham unutmang!

Чтение на русском