Get Mystery Box with random crypto!

Farg’ona | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzfargona — Farg’ona | Kun.uz F
Telegram kanalining logotibi kunuzfargona — Farg’ona | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzfargona
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.66K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Farg'ona viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 111

2021-12-14 08:29:48
Quvasoyda 336 million so‘mlik pirotexnikalar saqlanayotgan xonadon fosh etildi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Quvasoy shahri chegara oldi hududida yashovchi fuqaro M.H. yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv natijasida xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 336 million so‘mlik 12 turdagi 215 ming dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona xabarlari
8.3K views05:29
Ochish/sharhlash
2021-12-14 07:03:34
#Tayinlov

Mahmudov Ulug‘bek Umarjonovich Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U. Mahmudov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Farg‘ona xabarlari
8.8K views04:03
Ochish/sharhlash
2021-12-13 17:50:35
Farg‘onada 23 ming xonadonning 1 oylik iste'moliga teng elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tadbirlar chog‘ida salkam 7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.

https://kun.uz/uz/33125742

Farg‘ona xabarlari
5.5K views14:50
Ochish/sharhlash
2021-12-13 16:57:56
#Kun_videodayjesti

Qalin qor tufayli yopilgan dovon, oshayotgan dollar va yo‘lkira, yangi yilga 5 kunlik dam olish
— kunning eng muhim xabarlari 60 soniyada

@kunuzofficial
@kunuz
6.0K views13:57
Ochish/sharhlash
2021-12-13 15:59:49
#Оb_havo

14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 14-dekabr kuni Farg'ona viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi +0...+5... daraja, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.

Farg‘ona xabarlari
6.4K views12:59
Ochish/sharhlash
2021-12-13 14:29:48
Yangi yilda barcha xodimlarga 5 kun dam olish berilishi mumkin

Prezident farmoni loyihasida ish haftasining turidan qat'i nazar, barcha xodimlarga 2022-yil 3- va 4-yanvar kunlarini dam olish kuni sifatida belgilash nazarda tutilmoqda.

https://kun.uz/uz/70354213

Farg‘ona xabarlari
6.8K views11:29
Ochish/sharhlash
2021-12-13 12:59:48
Hududlarda 29ta «Yangi O‘zbekiston» massivi quriladi

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

https://kun.uz/uz/73764871

Farg‘ona xabarlari
6.9K views09:59
Ochish/sharhlash
2021-12-13 11:31:05
226 million so‘mlik pirotexnikalar to‘xtatib qolindi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida “Quva-Quvasoy” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Cobalt” kuzatuvga olinib, Quvasoy shahridagi xonadonlarning biriga kirayotgan vaqtida to‘xtatish chorasi ko‘rilganida, xonadon egasi va haydovchi avtomashinani tashlab qochib ketishgan.

Shundan so‘ng, xonadon va “Cobalt” xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 226,8 million so‘mlik 7 turdagi 213,9 ming dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona xabarlari
7.1K views08:31
Ochish/sharhlash
2021-12-13 10:02:09
#Qiziqarli_fakt

AQShda daraxt kesganlar mukofotlanadi

Shimoliy Karolina rasmiylariga ko‘ra, Bredford nok daraxti o‘zidan dahshatli hid chiqaradi. Ushbu daraxt 20-asrning boshlarida Osiyo mamlakatlaridan AQShga olib kelingan.

Gullaganda go‘zal manzarani hisobga olmaganda 1960-yillarga kelib, nok gulidan keladigan hiddan ko‘pchilik o‘zini yomon his qila boshladi.

Shunday qilib, Shimoliy Karolina o‘rmon xo‘jaligi komissiyasi daraxtni 2024-yilgacha yo‘q qilmoqchi.

Bredford nokini kesgan shaxsga beshta ko‘chat sovg‘a sifatida taqdim etiladi.

Farg‘ona xabarlari
7.0K views07:02
Ochish/sharhlash
2021-12-13 08:30:23
#Kun_fotosi

Paxta tozalash zavodi (Qo‘qon, XX asr boshlari).

Farg‘ona xabarlari
7.2K views05:30
Ochish/sharhlash