Get Mystery Box with random crypto!

Farg’ona | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzfargona — Farg’ona | Kun.uz F
Telegram kanalining logotibi kunuzfargona — Farg’ona | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzfargona
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.66K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Farg'ona viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 103

2021-12-22 21:12:57
Qo‘qon shahridagi xonadonlardan birida gaz portlashi oqibatida oilaning 4 nafar a’zosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi

Ma’lum bo‘lishicha, 19-dekabr kuni soat 4:50 da Qo‘qon shahar “Vaqf Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini Barhayot ko‘chasi 20-uyda gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan.

https://kun.uz/uz/82474581

Farg'ona xabarlari
2.7K viewsedited  18:12
Ochish/sharhlash
2021-12-22 20:09:59
Viloyat prokuroriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Kun.uz manbasiga ko‘ra, O‘zbekiston tumani prokurori Nazarov Mirzobedil Shuhratovich viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Shu kunga qadar 1-o‘rinbosar lavozimida faoliyat yuritgan Sherzod Alixonovning qaysi lavozimga o‘tgani ma'lum qilinmagan.

Farg‘ona xabarlari
4.1K views17:09
Ochish/sharhlash
2021-12-22 17:30:53
#Kun_fotosi

Spartak stadionidagi futbol, (Farg‘ona, 1960-yil).

Farg‘ona xabarlari
6.0K views14:30
Ochish/sharhlash
2021-12-22 17:26:48 22-dekabr:
Asosiy xabar va yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurdi
https://kun.uz/uz/21482742

23-dekabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti 
https://kun.uz/uz/50331807

Xizmat safarlari va xorijlik mehmonlarni kutib olish xarajatlari haliyam ochiqlanmayapti - Antikorrupsiya
https://kun.uz/uz/81680235

O‘zbekistonliklar 5 kunlik dam vaqtida parvoz qilishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi
https://kun.uz/uz/33458094

Aholining ayrim toifalariga 800 ming so‘mdan pul tarqatiladi
https://kun.uz/uz/06988432

Kun.uz Telegram kanallari:
Асосий | Asosiy
5.8K views14:26
Ochish/sharhlash
2021-12-22 15:59:45
#Оb_havo

23-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 23-dekabr kuni Farg'ona viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi.

Harorat kechasi +0...+5... daraja, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

Farg‘ona xabarlari
6.2K views12:59
Ochish/sharhlash
2021-12-22 14:30:42
Yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimi jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Lacetti” rusumli 40 222VSF davlat raqam belgili maxsus transport vositasining yo‘l harakati qoidalarini buzgani aks etgan holat tarqatilgan.

Farg‘ona viloyati IIB YHXB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga tegishli “Lacetti” rusumli 40 222VSF davlat raqam belgili maxsus transport vositasi Qo‘qon shahar A.Mamayusupov ko‘chasida piyodalar o‘tish joyiga belgilangan masofadan kam masofada to‘xtaganligi aniqlangan.

Yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimiga nisbatan amaldagi yo‘l harakati qoidalarining 91-bandiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Farg‘ona xabarlari
6.8K viewsedited  11:30
Ochish/sharhlash
2021-12-22 13:00:51
#Qiziqarli_fakt

Chukchi dengizidagi Kolyuchin orolida oq ayiqlar yashaydigan tashlandiq meteorologik stansiya.

Farg‘ona xabarlari
6.6K views10:00
Ochish/sharhlash
2021-12-22 11:30:14
O‘qituvchilar uchun mavjud ustamalarga qo‘shimcha viloyat hokimligining maxsus ustamasi joriy etiladi

Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va 2022-yil uchun belgilangan eng ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan Murojaatnomasida o‘qituvchilar uchun viloyat hokimligining maxsus ustamasi joriy etilishini ma’lum qildi:

“Maktab dasturiga kiritilgan har bir fan bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan o‘qituvchilar uchun mavjud ustamalarga qo‘shimcha ravishda viloyat hokimligining maxsus ustamasi joriy etiladi. Bu ustama bir o‘quv yili davomida to‘lab boriladi, uning talablari hamda nizomi ishlab chiqilib, barcha pedagoglarga yetkaziladi”.

Farg‘ona xabarlari
6.9K views08:30
Ochish/sharhlash
2021-12-22 10:01:25
Departament Toshloqda tadbir o‘tkazdi

Departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchilari X.M. va R.A.lar oldindan til biriktirib, o‘zlariga ishonib topshirilgan 153,9 million so‘mlik dori vositalarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona xabarlari
7.0K views07:01
Ochish/sharhlash
2021-12-22 08:30:12
#Murojaat

Quruvchi qochib ketgan. Sektor rahbarlari xabar olmaydi

“Assalomu alaykum. Kun.uz tahririyati. So‘x tumanidagi 1-sonli maktabimiz 2021-yilning aprel oyida kapital ta’mirga tushgan edi. Maktab ta’miriga to‘rt milliard to‘rt yuz million so‘m pul ajratilgan. Ta’mir ishlari boshida yaxshi olib borildi. Lekin ishlar yarmida qolib ketdi.

Maktabning eski partalarini ham olib ketishgan. Avgust oyida topshirilishi kerak bo‘lgan maktabda quruvchi qochib ketdi. Maktab yarim o‘quvchilari xonasiz qolgan. Darslar onlayn bo‘lyapti, o‘quvchilar esa sarson. Holatdan sektor rahbarlari ham xabar olishmayapti”.

Kun.uz holat yuzasidan mutasaddilardan izoh kutib qoladi.

Farg‘ona xabarlari
7.2K views05:30
Ochish/sharhlash