Get Mystery Box with random crypto!

Farg’ona | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzfargona — Farg’ona | Kun.uz F
Telegram kanalining logotibi kunuzfargona — Farg’ona | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzfargona
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.66K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Farg'ona viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 105

2021-12-20 17:25:49
“1 kilo ozgan odamga 500 ming so‘mdan beramiz” – Xayrullo Bozorov

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov har bir tashlangan ortiqcha kilogramm uchun yarim million so‘m mukofoti e’lon qildi.

https://kun.uz/uz/16255589

Farg‘ona xabarlari
6.5K views14:25
Ochish/sharhlash
2021-12-20 15:59:46
#Оb_havo

21-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 21-dekabr kuni Farg'ona viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi.

Harorat kechasi +0...+5... daraja, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Farg‘ona xabarlari
6.0K views12:59
Ochish/sharhlash
2021-12-20 15:16:59
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar uchun ajoyib ilovani taklif qilamiz — B2B

— Oziq-ovqat mahsulotlarini 12 ta viloyatga ulgurji soting.
— Barcha viloyatlardan ulgurji yirik xaridorlar toping va savdongizni 3-5 karra oshiring.
— Qulay narxlardagi mahsulotlarni ulgurji sotib oling.

Oziqovqat.com — zamonaviy formatda savdo-sotiq qilamiz!

Reklama
6.1K views12:16
Ochish/sharhlash
2021-12-20 10:51:46
#Online

Fag'ona viloyatida 50 ta futbol klubi tashkil etiladi. Bu haqda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida ta'kidladi.

Farg‘ona xabarlari
8.0K views07:51
Ochish/sharhlash
2021-12-20 10:38:46
#Online

"Men matbuotda, televideniyeda, ijtimoiy tarmoqlarda o‘rtaga tashlangan, har bir tanqidiy chiqishni shaxsan o‘zim kuzatib boraman. Agar tanqid xolislik, haqqoniylik va betaraflikka asoslangan bo‘lsa, eng qisqa muddatlarda yechimi ta’minlanib kelmoqda. Ishonamanki, bundan keyin ham xolislikka tayangan, xalq manfaatini ko‘zlagan holda samarali jamoatchilik nazoratini davom ettirasizlar." - dedi Xayrullo Bozorov.

Farg‘ona xabarlari
7.4K views07:38
Ochish/sharhlash
2021-12-20 10:30:10
O‘zgarayotgan pullar, o‘zgarmayotgan tizim va 3 054 180 — X-News

Muomaladagi pullarning turlari 6 oyda 2 barobarga oshyapti, qanday qilib? “Valyutchik”larga ruxsat berish: Antimonopoliya VS Markaziy bank? Hokim fermernimas, fermer hokimni so‘kkanida nima bo‘lardi? Xpress haftaligida shu va boshqa mavzularda so‘z boradi.
6.3K views07:30
Ochish/sharhlash
2021-12-20 10:22:54
#Online

Farg‘ona shahar, Yozyovon, Farg‘ona tumanlarida “Yangi O‘zbekiston massivlari” barpo etiladi va jami 143 ta ko‘p qavatli uylar quriladi.

Farg‘ona xabarlari
6.5K views07:22
Ochish/sharhlash
2021-12-20 10:01:45
#Online

Viloyatdagi ishsizlar soni ma'lum qilindi

Farg'ona viloyatida hozirgi kunda 163 ming nafar ishsizlar mavjud. Har yili o‘rtacha mehnat bozoriga 50-60 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. Ishsizlik darajasi So‘x (10,4%), Yozyovon (10,4%), Buvayda (10,3%) tumanlarida yuqori ko'rsatgichga ega.

K kelgusi yilda 152,9 mingta doimiy ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Farg‘ona xabarlari
6.6K views07:01
Ochish/sharhlash
2021-12-20 09:02:17
#Online

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga ko'ra:

Shahar va tumanlarda 751,7 gektar maydonlarda tashkil etilgan 90 ta kichik sanoat va yoshlar tadbirkorlik sanoat zonalariga joylashtirilgan 732 ta loyihalarning 110 tasi o‘z faoliyatini boshlab, joriy yilning 11 oyida 603 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Bo‘sh turgan 1014 ta ob’yektlar faoliyatini tiklash, ularning bino-inshootlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida, ishlab chiqilgan Dastur doirasida viloyat bo‘yicha bo‘sh turgan 809 ta ob’yektlar negizida 590,0 mlrd. so‘mlik loyihalar amalga oshirilib, 4836 ta ish o‘rinlari tashkil etildi.

Farg‘ona xabarlari
6.9K views06:02
Ochish/sharhlash
2021-12-20 08:45:40
#Online

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga ko'ra:

O‘tgan vaqt mobaynida, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan 5 ming 800 ta murojaatlar va muammoli masalalar ko‘rib chiqilib, ularning 3 ming 900 tasi yoki 67% ijobiy hal etildi. Jumladan,1600 dan ziyod tadbirkorning kredit ajratish, 700 ga yaqin tadbirkorning bo‘sh turgan binolar va yer maydonlari ajratish bo‘yicha murojaatlari qabul natijasida ijobiy yechim topdi.

Farg‘ona xabarlari
6.7K views05:45
Ochish/sharhlash