Get Mystery Box with random crypto!

Farg’ona | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzfargona — Farg’ona | Kun.uz F
Telegram kanalining logotibi kunuzfargona — Farg’ona | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzfargona
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.66K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Farg'ona viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 109

2021-12-16 11:30:25
Farg‘ona shahrida Departament hamda DXX tadbir o‘tkazdi

Tadbir davomida fuqarolar U.X., J.S. va D.Q. boshqa bir fuqaroga 4 956 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 3 540 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona xabarlari
6.2K views08:30
Ochish/sharhlash
2021-12-16 10:00:51
#Murojaat

“Ogohlantirishsiz o‘chirib yoqish natijasida milliardlab zarar ko‘ryapmiz”

“Assalomu alaykum, Kun.uz tahririyati. O‘zbekiston tumani Sho‘rsuv sanoat zonasida 40 dan ortiq zavod va sexlarda tadbirkorlik qilamiz. Ushbu korxonalarda 5 000 nafardan ortiq aholi ish bilan ta’minlangan va qora qozonini qaynatadi.

Davlat budjetiga yiliga 100 milliard soliq to‘laymiz. Kuniga 1000-1500 tonna qurilish mahsulotlari eksport qilinadi. 10 000 tonnadan ortiq import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Lekin elektrni hech qanday ogohlantirishsiz uzib qo‘yishmoqda. Sababi cheklov. Cheklovni iste’molchini oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirish, o‘chirish-yoqish ishlarini iste’molchi bilan kelishish kerak emasmi qonun bo‘yicha? Ogohlantirishsiz o‘chirib yoqish natijasida milliardlab zarar ko‘ryapmiz”.

O‘zbekiston tumani, Davlatbotir qishlog‘i, Namuna ko‘chasi, 55-uy.

Kun.uz murojaat yuzasidan mas’ullardan izoh kutib qoladi.

Farg‘ona xabarlari
6.8K views07:00
Ochish/sharhlash
2021-12-16 08:31:00
#Qiziqarli_fakt

VAZ-2101 “Jiguli” avtomobilining reklama qilinishi. (1970-yil)

Farg‘ona xabarlari
7.1K views05:31
Ochish/sharhlash
2021-12-16 07:01:27
Kadastr xodimlari "Zakovat" g'olibi bo'ldi

Soliq tizimi xodimlari va kadastr sohasi vakillari “Zakovat" intellektual o‘yini bo'yicha “Davlat soliq qo‘mitasi raisining kubogi” Farg‘ona viloyati bosqichida 175 nafar ishtirokchi 25 ta jamoaga bo‘lingan holda bellashdi.

Bellashuvda jami 36 ta savollar o'ynaldi. Har bir savol uchun bir daqiqadan vaqt ajratildi.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo'lgan turnirda Kadastr agentligi va davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmalarining "Farg‘oniy avlodlari–1" jamoasi birinchi o'rinni egalladi.

Viloyat bosqichi g‘oliblari turnirning respublika bosqichida viloyat sha‘nini himoya qilishadi.

KADASTR AGENTLIGI FARG‘ONA VILOYAT BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI

YouTube | Telegram | Instagram | Facebook | TikTok

Farg‘ona xabarlari Ⓣ
7.7K views04:01
Ochish/sharhlash
2021-12-15 17:35:29
Xonlar uchun saqlangan qovunlar — Andarxon | Manzil

Farg‘onaning Andarxon qishlog‘idagi ko‘plab uylarda qovunxonalar bor. Qishloq ahli yetishtirilgan qovunni uzoq muddat, hatto may oyigacha saqlash texnologiyasini qadimdan qo‘llab keladi. “Manzil” loyihasi bu gal Andarxon qovunlarini sizga ilindi.
5.9K views14:35
Ochish/sharhlash
2021-12-15 17:31:29
#Kun_videodayjesti
15.12.2021

Tiklanishi kutilayotgan Umra safari, tanlov sovrindori bo’lgan so‘kong‘ich hokim, yil insoni deb topilgan Ilon Mask, immun himoyani pisand qilmayotgan Omikron
— kunning eng muhim xabarlari 60 soniyada

@kunuzofficial
@kunuz
5.2K views14:31
Ochish/sharhlash
2021-12-15 15:59:48
#Оb_havo

16-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 16-dekabr kuni Farg'ona viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi -2...-7... daraja sovuq, kunduzi +0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Farg‘ona xabarlari
5.9K views12:59
Ochish/sharhlash
2021-12-15 14:29:48
Farg‘ona tumanida Yangi O‘zbekiston massivi qurilishi boshlandi

Farg‘ona tumanidagi “Yangi asr” MFYda 21 gektardan ziyod maydonda Yangi O‘zbekiston massivini qurish ishlari boshlandi.

Hududda 56 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, mahalla idorasi, Madaniyat uyi, savdo shoxobchalari, tibbiyot maskanlari, sport kompleksi, saylgoh kabi turli ijtimoiy ob’ektlar qad rostlaydi.

Yangi O‘zbekiston massivida 7 gektar maydonda yashil hudud - “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini tashkil etish ham rejalashtirilgan bo‘lib, Xayrullo Bozorov ishlarni tizimli olib borish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berdi.

Farg‘ona xabarlari
6.5K views11:29
Ochish/sharhlash
2021-12-15 13:01:37
Quva, Beshariq, Dang‘ara tumanlari hamda Marg‘ilon shahri xizmatlar sohasidagi o‘sish darajasi past hududlar ekani aytildi.

https://kun.uz/uz/35377225

Farg‘ona xabarlari
7.3K views10:01
Ochish/sharhlash
2021-12-15 11:30:53
Farg‘ona tumanida tayyorlanayotgan qo‘g‘irchoqlar “Amazon” onlayn savdo platformasida sotilmoqda

Sadoqatxon Mirzayeva mahalladagi ishsiz ayollarni jalb qilgan holda qo‘l mehnati bilan kashtachilik, quroqchilik, qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlar to‘qish bilan shug‘ullanadi.

Tadbirkor “Amazon” xalqaro onlayn savdo platformasida kunlik 3-4 ming dona qo‘g‘irchoq sotadi. Qo‘g‘irchoqlar kelajakda qo‘shni respublikalar, BAA, AQSH davlatlariga eksport qilish ham rejalashtirilgan. Buning uchun 2022-yilning birinchi choragida qiymati 1 milliard so‘m bo‘lgan loyiha amalga oshirilib, qishloqda kooperatsiya tashkil etiladi va 250 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Kooperatsiyaning yillik ishlab chiqarish hajmi 3 milliard so‘mga yetishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirkor “Shohimardonsoy” MFYdagi bo‘sh turgan binoda ish boshlab, 30 nafar xotin-qizlar bandligini ta’minladi.

Farg‘ona xabarlari
7.5K views08:30
Ochish/sharhlash