Get Mystery Box with random crypto!

226 million so‘mlik pirotexnikalar to‘xtatib qolindi Farg‘ona | Farg’ona | Kun.uz

226 million so‘mlik pirotexnikalar to‘xtatib qolindi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida “Quva-Quvasoy” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Cobalt” kuzatuvga olinib, Quvasoy shahridagi xonadonlarning biriga kirayotgan vaqtida to‘xtatish chorasi ko‘rilganida, xonadon egasi va haydovchi avtomashinani tashlab qochib ketishgan.

Shundan so‘ng, xonadon va “Cobalt” xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 226,8 million so‘mlik 7 turdagi 213,9 ming dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona xabarlari