Get Mystery Box with random crypto!

Farg’ona | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzfargona — Farg’ona | Kun.uz F
Telegram kanalining logotibi kunuzfargona — Farg’ona | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzfargona
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.66K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Farg'ona viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 108

2021-12-17 13:00:25
#Murojaat

“Qishning sovuq kunlarida ayollar suv tashishga juda qiynalishyapti”

“Assalomu alaykum, Kun.uz tahririyati. Ichimlik suvini tashib ichishga qiynalyapmiz. Mahallaga suv chiqarib berishlarini so‘rab mutasaddi idoralarga ko‘p bora murojaat qilganmiz. Bu masalani viloyatga ham yozganmiz, lekin foydasi bo‘lmadi. Qishning sovuq kunlarida ayollar suv tashishga juda qiynalishyapti. Suv chiqarishning oz-moz “rasxodlari” bo‘lsa, aholi pul to‘plashga ham rozi.”

Beshariq tumani “Kapayangi” MFY, Ustozlar ko‘chasi.

Kun.uz masalaga daxldor mas’ullardan murojaat yuzasidan izoh kutib qoladi.

Farg‘ona xabarlari
7.1K views10:00
Ochish/sharhlash
2021-12-17 11:30:23
#Kun_raqami

DXA tomonidan Farg‘ona viloyatida 2021-yilning 1-dekabr holatiga aholiga 963 ming 446 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan.

Hududlardagi 19 tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarning jami 963 ming 446 ta murojaatiga yechim topildi. Shundan 42 ming 259 tasi sayyor tartibda amalga oshirilgan.

Farg‘ona xabarlari
7.0K views08:30
Ochish/sharhlash
2021-12-17 10:01:25
#Murojaatga_munosabat

Murojaat ortidan «stolba»lar o‘rnatildi

Kanalimiz orqali So‘x tumani «Saribozorcha» MFY Sebzor ko‘chasidan yo‘llangan murojaat e‘lon qilingan bo‘lib, unda mahalla ahli ko‘chib bormoqchi bo‘lgan yangi xo‘jaliklarga elektr tarmog‘i tortish uchun TETK rahbariga chiqqanlari, rahbar o‘zlaring “stolba” sotib olinglar, o'rnatish va kabel tortish ishini korxonamiz qilib beradi, deb va’da bergani bayon qilingan edi.

Murojaatchining qo‘shimcha qilishicha, va’da ortidan to‘rt qo‘shni 6 million so‘mga “stolba” sotib olishgan. Lekin oradan bir qancha vaqt o‘tsa ham, na “stolba” o'rnatilgan, na tarmoq tortilgan.

Kun.uz'ga kelgan xabarga ko‘ra, tahririyatda e’lon qilingan murojaat ortidan TETK tomonidan «stolba»lar o‘rnatib berilgan.

Farg‘ona xabarlari
7.2K views07:01
Ochish/sharhlash
2021-12-17 08:31:05
#Qiziqarli_fakt

Filippinda mamlakatga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan mashinalarga qanday chora ko‘riladi?

Farg‘ona xabarlari
7.5K views05:31
Ochish/sharhlash
2021-12-17 07:02:36
Departament hamda IIB Oltiariqda tadbir o‘tkazdi

Tadbir davomida fuqaro R.X. va boshqalar yashash xonadonida hech qanday hujjatlarsiz umumiy bahosi 40 million so‘m bo‘lgan 40 turdagi 1 754 quti pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona xabarlari
7.6K views04:02
Ochish/sharhlash
2021-12-16 18:03:18
#Kun_videodayjesti
16.12.2021

Prezidentning Koreyaga tashrifi, qotilga umrbod qamoq jazosi, to‘lov muddati bayramgacha cho‘zilgan kontrakt, Pokistonga muntazam aviaqatnovlar
— kunning eng muhim xabarlari 60 soniyada

@kunuzofficial
@kunuz
4.5K views15:03
Ochish/sharhlash
2021-12-16 15:59:46
#Оb_havo

17-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 17-dekabr kuni Farg'ona viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi -2...-7... daraja sovuq, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.

Farg‘ona xabarlari
5.9K views12:59
Ochish/sharhlash
2021-12-16 14:30:29
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari hamda viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda post orqali bojxona nazoratining “yashil” yo‘lagidan harakatlanayotgan fuqaro M.O. bojxona xodimlari tomonidan shubha ostiga olinib, unga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv natijasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi bilan deklaratsiyalanmagan hamda bojxona organining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 2 turdagi 206 dona kassetada jami 2 060 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona xabarlari
6.0K views11:30
Ochish/sharhlash
2021-12-16 14:00:31
Pitak24 — yo‘lovchilarni Toshkent shahridan viloyatlarga yoki viloyatlardan Toshkent shahriga tez va oson yetkazish xizmati

Endilikda yo‘lovchilar mashina qidirib pitakka borishiga, haydovchilar esa mijoz qidirib pitakda 10-15 soatlab turishiga hojat yo‘q.

Pitakka borib vaqtingizni va naqdingizni yo‘qotmang, @Pitak24'dan foydalaning!

GOLD PYRAMIDS MCHJ xizmat ko‘rsatadi.

Reklama
5.9K views11:00
Ochish/sharhlash
2021-12-16 13:01:25
Viloyat vakillari O‘zbekiston chempionatida 7 ta medalni qo‘lga kiritdi

Toshkentdagi «Universal» sport saroyida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi.

O‘zbekiston chempionati-2021 g‘olib va sovrindorlari qatoridan 7 nafar viloyat bokschilari o‘rin oldi. 92 kg vazn toifasidagi finalda farg‘onalik Jamshid Abdullayev tajribali raqibi Javohir Tog‘aymurodovni mag‘lub etdi va ketma ket uchinchi yil mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

48 kg vazn toifasidagi finalga qadar yetib borgan Shodiyorjon Meliqo‘ziyev hal qiluvchi bellashuvda Asilbek Jalilovga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibiga aylandi.

Omadyor Qodirov (48 kg), Sodirbek Kamolmirzayev (54 kg), Mirzabek Mirzahalilov (57 kg), Bilolbek Mirzarahimov (67 kg) va Nodirbek Pirimberdiyevlar (86 kg) chempionatning bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Farg‘ona xabarlari
6.0K views10:01
Ochish/sharhlash