Get Mystery Box with random crypto!

Kadastr xodimlari 'Zakovat' g'olibi bo'ldi Soliq tizimi xodi | Farg’ona | Kun.uz

Kadastr xodimlari "Zakovat" g'olibi bo'ldi

Soliq tizimi xodimlari va kadastr sohasi vakillari “Zakovat" intellektual o‘yini bo'yicha “Davlat soliq qo‘mitasi raisining kubogi” Farg‘ona viloyati bosqichida 175 nafar ishtirokchi 25 ta jamoaga bo‘lingan holda bellashdi.

Bellashuvda jami 36 ta savollar o'ynaldi. Har bir savol uchun bir daqiqadan vaqt ajratildi.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo'lgan turnirda Kadastr agentligi va davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmalarining "Farg‘oniy avlodlari–1" jamoasi birinchi o'rinni egalladi.

Viloyat bosqichi g‘oliblari turnirning respublika bosqichida viloyat sha‘nini himoya qilishadi.

KADASTR AGENTLIGI FARG‘ONA VILOYAT BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI

YouTube | Telegram | Instagram | Facebook | TikTok

Farg‘ona xabarlari Ⓣ