Get Mystery Box with random crypto!

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasi | Farg’ona | Kun.uz

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari hamda viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda post orqali bojxona nazoratining “yashil” yo‘lagidan harakatlanayotgan fuqaro M.O. bojxona xodimlari tomonidan shubha ostiga olinib, unga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv natijasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi bilan deklaratsiyalanmagan hamda bojxona organining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 2 turdagi 206 dona kassetada jami 2 060 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona xabarlari