Get Mystery Box with random crypto!

Kulgili hikoyalar

Telegram kanalining logotibi kulguli_hikoyalar — Kulgili hikoyalar K
Telegram kanalining logotibi kulguli_hikoyalar — Kulgili hikoyalar
Kanal manzili: @kulguli_hikoyalar
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 333
Kanalning ta’rifi

🔰Kanalimizda atmosfera o'zgacha💫
🔰Kun davomida tashlab borilayotgan latifalardan bahramand bo'ling😃
🔰Biz bilan aslo zerikib qolmaysiz👌

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2022-08-02 13:11:37 Tolibi ilm piru komilining huzuriga kelib so‘radi: 
— Ustoz, men abadiy yashashni xohlayman, buning uchun nima qilishim kerak? 
— Uylan! 
— Nega? Shunda abadiy yashaymanmi? 
— Yo‘q. Ammo shu xohishing yo‘qoladi.
77 views10:11
Ochish/sharhlash
2022-08-02 13:10:45 — Qizim, idish-tovoqlarni yuvib qo‘ygin!
— Charchadim oyijon...
— Wi-Fi ga pul to‘lashdan men ham charchadim...
— Qaysi idishlarni yuvishim kerak?
75 views10:10
Ochish/sharhlash
2022-08-02 13:10:21 Stomatolog tish olmoqda:
— Qo‘rqma Alisher, bu ishni diplomsiz ham uddalaysan!
Bemor:
— Meni ismim Alisher emas...
Stomatolog:
— Alisher menman!
73 views10:10
Ochish/sharhlash
2022-08-02 13:09:35 Agar yangi bir marttalik niqob sotib olishga erinsangiz, ishonavering, eski niqobingiz uzoq vaqt xizmat qilishga mo‘ljallangan!
72 views10:09
Ochish/sharhlash
2022-08-02 13:08:54 — Dugonajon, nima qilyapsan?
— Mangu olov yonida turibman.
— Nima? Xotira maydonidamisan?
— Oshxonadaman!
83 views10:08
Ochish/sharhlash
2022-08-02 13:08:32 Bir kishi uyini devorlariga gulqog‘oz (oboy) yopishtirmoqchi bo‘libdi. Pastki qavatdagi qo‘shnisini uyiga tushib so‘rabdi:
— Siz yaqinda remont qilgan edingiz. Qancha gulqog‘oz sotib olgansiz?
— Olti o‘ram gulqog‘oz sotib olganman, - debdi qo‘shnisi.
U kishi ham bozordan oltita gulqog‘oz sotib olibdi.
Ta’mirlash ishlarini tugatib bo‘lgach qarasa, 2 ta o‘ram gulqog‘oz ortib qolibdi.
Qo‘shnisini eshigini taqillatibdi.
— Qanaqa odamsiz?! Rostini aytsangiz bo‘lmasmidi!? 2 ta o‘ram gulqog‘oz ortib qoldi-ku, - desa, qo‘shnisi:
— Menda ham 2 ta o‘ram ortib qoldi. Siz mendan qancha gulqog‘oz ishlatdingiz deb emas, qancha sotib olgan edingiz deb so‘radingiz-ku!
73 views10:08
Ochish/sharhlash
2022-08-02 13:07:31 — Do‘stim, men seni 30 fevralga o‘xshataman.
— Nega?
— Kalendarda umuman o‘rning yo‘q-da!
70 views10:07
Ochish/sharhlash
2022-07-24 12:07:46 Aqlli ota o‘g‘li maktabda so‘kinib gapirmayotganini tekshirish uchun bolg‘a bilan o‘g‘lini barmog‘iga urib ko‘radi.
17 views09:07
Ochish/sharhlash
2022-07-24 12:06:17 O‘g‘il onasiga:
— Kechasi ustimga ko‘rpani yopavermang!
Ona:
— Axir shamollab qolishing mumkin.
O‘g‘il:
— Lekin yonimdagi xotinimni usti ochilib qolyapti!
17 views09:06
Ochish/sharhlash
2022-07-24 12:05:39 — Do‘stim, nega xotining qo‘shiq xirgoyi qilayotganda ko‘chaga chiqib o‘tirasan?
— Qo‘shnilar eri xotinini do‘pposlayapti-yu, xotini dod solib yig‘layapti deb o‘ylamasliklari uchun.
18 views09:05
Ochish/sharhlash