Get Mystery Box with random crypto!

Kulgili hikoyalar

Telegram kanalining logotibi kulguli_hikoyalar — Kulgili hikoyalar K
Telegram kanalining logotibi kulguli_hikoyalar — Kulgili hikoyalar
Kanal manzili: @kulguli_hikoyalar
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 333
Kanalning ta’rifi

🔰Kanalimizda atmosfera o'zgacha💫
🔰Kun davomida tashlab borilayotgan latifalardan bahramand bo'ling😃
🔰Biz bilan aslo zerikib qolmaysiz👌

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2022-07-24 12:04:04 Yozgi ish jadvali:
Pashshalar uchun - 05:00dan 20:00 gacha.
Chivinlar uchun - 20:00dan 05:00 gacha.
17 views09:04
Ochish/sharhlash
2022-07-24 12:01:45 2-3 yildan keyin umuman kasal bo‘lmasligimiz kerak. Chunki hozir onlayn o‘qigan talaba vrachlar institutni bitirib ish boshlashadi.
19 views09:01
Ochish/sharhlash
2022-07-24 12:00:53 Issiq havoda do‘konga kirib kelgan bolaga sotuvchi debdi:
— Nima olasan?
Bola javob beribdi:
— Dam olaman.
19 views09:00
Ochish/sharhlash
2022-07-24 12:00:12 Radioga qo‘ng‘iroq bo‘libdi:
— Allo, bu radiomi?
— Ha. KImga salom yo‘llamoqchisiz?
— Hech kimga. Shunchaki hovliga tariq yoygan edim. Radioni ovozini balandi qilib qo‘yaman. Har-har zamon "kish-kish" deb tursangiz...
18 views09:00
Ochish/sharhlash
2022-05-03 15:26:59 Bola sichqon ona sichqondan so'rabdi:
-Biz mushuklardan qo'rqamiz,mushuklar itlardan qo'rqadi,itlar odamlardan qo'rqadi,odamlar xotinlaridan qo'rqadi,xotinlar bizdan qo'rqadi.
831 views12:26
Ochish/sharhlash
2022-05-02 10:48:13 Okeanda suzib kelgan shisha idishni ichidan xat topilibdi. Unda quyidagi so‘zlar yozilgan edi:
"Kimsasiz oroldaman. Bu yerda tirikchilik uchun hamma narsa bor. Bu yerda soliq qo‘mitasi yo‘q, prokuratura yo‘q, sud yo‘q , mahalla oqsoqoli-ku umuman yo‘q. MIB yo‘q, virus ham yo‘q. Endi shu yerni qidiringlar. Tezroq topib kelinglar!"
786 views07:48
Ochish/sharhlash
2022-05-02 10:47:41 Yigitlarni xotirasi yaxshi emas!
Bilasizmi nega?
Sevgan qizini birinchi ko‘rgan kuni, telefon raqamini olgan kuni, uchrashuvga chiqgan kuni, kafega borgan kuni, gul bergan kuni, ...
Bularni barchasini eslab qolishga qiynalishadi. Shuning uchun hammasini bir kunda bajarishga harakat qilishadi.
783 views07:47
Ochish/sharhlash
2022-05-02 10:47:11 Doktor qabulida:
— Doktor ayting-chi, shu gap rostmi? Sog‘liqni hech qanday pulga sotib olib bo‘lmas ekan?!
— Kim aytdi sizga bu ahmoqona gapni?
763 views07:47
Ochish/sharhlash
2022-05-02 10:46:22 Bir yigit yaxshi kayfiyatda sevgan qizi bilan uchrashuvga ketayotsa, yo‘l chetida bir apparatga ko‘zi tushibdi.
Apparatga "Kayfiyatngni tushiradi" deb yozilgan ekan. Yigit o‘zicha:
"Hozir hech nima meni kayfiyatimni tushira olmaydi!" - debdida, tugmasini bosibdi.
Apparat yigitni chiroyli kiyimiga suv sepib yuboribdi. Yigit jiqqa xo‘l bo‘lib tursa, atrofiga ko‘p odamlar yig‘ilib ustidan mas'hara qilib kula boshlashibdi.
Yigit atrofga qarasa, boshqa apparat bor ekan U yerga "Kayfiyatingni ko‘taradi" deb yozilgan ekan.
"Nima bo‘lsa bo‘ldi!" debdida, uni ham tugmasini bosibdi. Shu payt yigitni mas'hara qilib kulayotgan odamlarni ustiga suv sepilib ketgan ekan.
737 views07:46
Ochish/sharhlash
2022-05-02 10:45:02 Stalinni xonasidan asabiylashib chiqqan polkovnik o‘ziga-o‘zi pichirlab "Mo‘ylovingga o‘t tushsin!" - debdi.
Buni eshitib qolgan kotiba yugurib kirib Stalinga "Mo‘ylovingga o‘t tushsin deb haqorat qildi" deb aytib beribdi.
Stalin g‘azab bilan darhol polkovnikni to‘xtatishlarini buyuribdi.
— Sen kimni haqorat qilding? Mo‘ylovingga o‘t tushsin deganda kimni nazarda tutding? - debdi Stalin.
— Gitlerni nazarda tutgandim, o‘rtoq general - debdi polkovnik.
Stalin kotibasi tarafga o‘girib qarab:
— Sen kimni nazarda tutding? - degan ekan.
709 views07:45
Ochish/sharhlash