Bir kishi uyini devorlariga gulqog‘oz (oboy) yopishtirmoqchi b | Kulgili hikoyalar
Bir kishi uyini devorlariga gulqog‘oz (oboy) yopishtirmoqchi bo‘libdi. Pastki qavatdagi qo‘shnisini uyiga tushib so‘rabdi: — Siz yaqinda remont qilgan edingiz. Qancha gulqog‘oz sotib olgansiz? — Olti o‘ram gulqog‘oz sotib olganman, - debdi qo‘shnisi. U kishi ham bozordan oltita gulqog‘oz sotib olibdi. Ta’mirlash ishlarini tugatib bo‘lgach qarasa, 2 ta o‘ram gulqog‘oz ortib qolibdi. Qo‘shnisini eshigini taqillatibdi. — Qanaqa odamsiz?! Rostini aytsangiz bo‘lmasmidi!? 2 ta o‘ram gulqog‘oz ortib qoldi-ku, - desa, qo‘shnisi: — Menda ham 2 ta o‘ram ortib qoldi. Siz mendan qancha gulqog‘oz ishlatdingiz deb emas, qancha sotib olgan edingiz deb so‘radingiz-ku!