Get Mystery Box with random crypto!

Kulgili hikoyalar

Telegram kanalining logotibi kulguli_hikoyalar — Kulgili hikoyalar K
Telegram kanalining logotibi kulguli_hikoyalar — Kulgili hikoyalar
Kanal manzili: @kulguli_hikoyalar
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 333
Kanalning ta’rifi

🔰Kanalimizda atmosfera o'zgacha💫
🔰Kun davomida tashlab borilayotgan latifalardan bahramand bo'ling😃
🔰Biz bilan aslo zerikib qolmaysiz👌

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-08-08 09:41:01 Kechasi Afandining uyiga qopda buyum ko‘targan ikki o‘g‘ri kirdi. Buni payqagan xotin Afandini asta turtib:
— Afandi, turing, uyga o‘g‘ri kirdi,— dedi. Afandi asta shivirladi:
— Jim yot, men uyg‘oqman, ovozimizni eshitib, o‘g‘rilar qopini ko‘tarib qochib qolmasin. Men qopdagi buyumni mo‘ljallab turibman.
62 views06:41
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:39:54 Bir ayol dugonalari bilan yangi yilni bayram qilibdi va rosa shampanskiy ichib, uyiga mast holatda kech qaytibdi. Qarasa eri uxlayapti. U xotinini kech kelganini bilmabdi ham.
Xotin darhol noutbukini ochib o‘zini ishlatayotganga solibdi.
Eri shovqinda uyg‘onib xotinga:
— Nima bayramda ichib oldingmi? 
Xotin: 
— Yo‘q, dadasi ertaga juda muhim ishim bor shuni yozayapman!
Eri:
— Yolg‘on gapirma, alkash chemodonni yopib tezda uxla.
60 views06:39
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:38:15 Oyijon man mushukchamni topdim!!! 
— Jinnimisan qizim, 35ga kirding, er top endi.
55 views06:38
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:37:54 Afandi bog‘chasiga o‘tqazgan ko‘chatlarini har kuni kechqurun ko‘chirib, uyiga olib kirib ketar edi. Bu ahvolni qo‘shnilari ko‘rib: 
— Afandi, bu nima qilganingiz? - deyishdi. 
— O‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma, - dedi Afandi.
54 views06:37
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:37:15 Bolacha onasini yoniga yugurib kelib:
— Oyi, oyi, karavotni tagida ajina bor ekan...
— Ha, o‘g‘lim, dadang komandirovkadan kelgunigacha o‘sha ajina biznikida yashab turadi.
54 views06:37
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:36:20 Judayam ziqna boy bo‘lgan ekan. Bir kuni qo‘shni qishloqqa oshnasinikiga mehmonga boribdi. Endi o‘tirgan ekan, uydagi shamni o‘chirib keldimmi yo‘qmi, degan savol qiynay boshlabdi. Borib kelay desa yo‘l uzoq, bormay desa shamni erib qolishini o‘ylab yuragi uvishib ketibdi. Oxiri chidolmay yo‘lga tushibdi. Xalloslab uyiga kelib, eshikni taqillatibdi. Xotini chiqib, eshikni ochmoqchi bo‘lgan ekan...
Boy: 
— Eshikni ochma, hadyeb ochib yopilaversa eshik yemirilib ketadi. Uydagi shamni uchirib qo‘y, shuni aytishga kelgan edim. Men shundoq izimga qaytib ketaman. Tayyor oshdan qolmay.
Xotini:
— Voy dadajonisi-yey, menku shamni allaqachon o‘chirib qo‘yganman, siz shu gapni aytish uchun shuncha yo‘l bosib keldizmi, kovushingizni tagini yemirib?
Boy: 
— Xavotir olma xotin, kovushim qo‘ltig‘imda!
53 views06:36
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:35:16 Bir kishi, boshqa shahardagi oshnasinikiga 2-3 kunga mehmonga kelibdi. Oshni yeb bo‘lishgach, xaligi mehmonni juda qovun yegisi kelibdi. Mezbon ham negadir qovun olib chiqmabdi. Toqati toq bo‘lgan mehmon uy egasiga debdi:
— Oshna, qovun yegandan keyin qayerda yotaman?
48 views06:35
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:34:44 Poyezd. Kupeda go‘zal qiz va bir yigit o‘tiribdi. Yigit qizga judayam gapirgisi kelibdi va:
— Kechirasiz siz ham shu poyezdda ketyapsizmi, dermish.
50 views06:34
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:34:19 Tolibi ilm ustozidan so‘rabdi: 
— Ustoz sevgan bilan sevmaganni nima farqi bor? 
Ustoz javob beribdi: 
— Sevgan sog‘inib sms yozadi, sevmagan esa bezrayib sms o‘qiydi.
50 views06:34
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:33:39 Uchta g‘irt mast bir taksini to‘xtatib chiqishibdi. Taksichi hazillashib mashinani o‘t oldirib joyidan jildirmay besh daqiqacha turib, keyin mashinani uchirib: 
— "Yetib keldik tushinglar" — desa. Birinchi mast rahmat aytib tushib ketibdi. Ikkinchi mast yo‘lkirani to‘lab tushibdi. Uchinchisi taksichini boshiga bir shapatdan beribdi. Taksichi ichida bunisi sezib qoldi deb o‘ylab tursa...
Uchinchi mast 
— "Sen odamlarning hayotiga javobgarsan! Ikkinchi bunaqa tez haydamagin" — dermish.
47 views06:33
Ochish/sharhlash