Get Mystery Box with random crypto!

Kulgili hikoyalar

Telegram kanalining logotibi kulguli_hikoyalar — Kulgili hikoyalar K
Telegram kanalining logotibi kulguli_hikoyalar — Kulgili hikoyalar
Kanal manzili: @kulguli_hikoyalar
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 333
Kanalning ta’rifi

🔰Kanalimizda atmosfera o'zgacha💫
🔰Kun davomida tashlab borilayotgan latifalardan bahramand bo'ling😃
🔰Biz bilan aslo zerikib qolmaysiz👌

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-08-08 09:32:47 Bir mehmondorchilikda yosh surishtirib qolishdi. Afandiga kelib birov:
— Afandi, siz nechaga kirdingiz?—deb so‘radi.
— Bu yil qirqqa kirdim,— dedi Afandi.
— Iye,— dedi boyagi kishi,— bundan o‘n yil ilgari ham qirqqa kirdim degan edingiz-ku?
Afandi javob berdi:
— Qiziq odam ekansiz, kishining gapi bitta bo‘ladi-da.
48 views06:32
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:31:58 Bir odam pullarini yo‘qotib qo‘yib Xudoga iltijo qilayotgan ekan: 
— Ey xudojon agar pullarimni topib bersang, butun umr faqat yaxshi savob ish qilaman. U pullarimga boshqa ichmayman! Tinmay ibodat qilaman, - deb qo‘llarini ko‘kka cho‘zib yig‘lab turgan ekan, shunda bir chekkada pullari yotganmish. 
Shunda haligi kishi tezda ko‘z yoshlarini artib:
— Bo‘ldi kerakmas, o‘zim topdim, - dermish.
48 views06:31
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:29:39 Sovchilardan qizni onasi so‘rabdi: 
— O‘g‘lingiz qayerda ishlaydi?
Sovchilar: 
— Uzgazoilda pistoletchi bo‘lib ishlaydi..
Buni eshitib qolgan qizni otasi:
— Qizimiz sizlarniki, dermish.
45 views06:29
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:28:32 Bir shilqim oshnasi bilan ketayotib, otda sayr qilib yurgan bir go‘zalni uchratib qoldi va do‘stiga dedi: 
— Oh, shu go‘zalning oti bo‘lib qolsam ham mayli edi! 
— So‘rab ko‘rchi, balki eshakda sayr qilishga ham rozi bo‘lar, taklif qildi sherigi.
43 views06:28
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:18:42 O'zbek xalq maqollari:

O'zga yurtda shoh bo'lguncha,
O'z yurtingda gado bo'lib o'lib ket.

Yigit kishiga qirq hunar ham oz,
Lekin hozirgilarga bittasi ham ko'p.

Onasiga qarab qizini olma,
Chunki uning shuncha yildan keyin onasiga o'xshashini aniq bilmaysan.

Vatan yostiqdan boshlanadi.

Yomon qizdan qoch,
Yaxshisi bilan gaplashib ko'r.

Erkaklar yaxshilikka yetaklar.

Boshinga qilich kelsa ham rost gapir,chunki shunga majbursan.

Rossiyadan kelsa boylik,
Turmush bo'lar chiroylik.

Mard maydonda bilinar,
Agar boshqalar mard bo'lmasa.
46 views06:18
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:14:41 Sher o'rmonda poyga uyushtiribdi.Poygada bo'ri,tulki,quyon,xo'roz qatnashibdi.Poyga boshlanibdi.Bo'ri hammadan birinchi bo'lib finishga yetib kelibdi.Tulki esa quyon va xo'rozni paqqos tushirib,ikkinchi bo'lib yetib kelibdi.Shunda bo'ri sherga mag'rurlanib,g'olibga nima mukofot debdi.Shunda sher ham mag'rurlanib quyon va xo'roz debdi.
44 views06:14
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:14:41 Telegramda sher bo'lguncha, avvalo odam bo'laylik do'stlar!
-debdi Afandi.
44 views06:14
Ochish/sharhlash
2022-08-06 06:38:41 Afandining to'riga oltin baliq ilinibdi.Oltin baliq Afandiga tila tilagingni debdi.Shunda Afandi keyingi safar to'r tashlaganda kattaroq baliq ilinsin debdi.
47 views03:38
Ochish/sharhlash
2022-08-04 13:26:54 Chol qizga debdi:
-Bilasanmi qizim,bizning paytlarda qizlar bunaqa ochiq-sochiq kiyinmasdi.
Qiz cholga debdi:
-Ha boboy,qizlarga qarashdan boshqa ishingiz yo'qmi!
79 views10:26
Ochish/sharhlash
2022-08-02 13:18:00 Haydovchini YPH xodimi to‘xtatibdi. Spirtli ichimlik hidini sezgan xodim:
— Hurmatli haydovchi, spirtli ichimlik iste’mol qilganmisiz? - debdi.
— Yo‘q, - debdi haydovchi.
Xodim yana:
— Sizni tekshiruvga olib boramiz...! - desa, haydovchi:
— Baliq yegandim, - debdi.
Xodim:
— Baliq yesangiz, spirt hidi keladimi? - deb so‘rabdi.
Haydovchi bo‘lsa:
— Baliq aroq ichgan ekan-da, - degan ekan.
118 views10:18
Ochish/sharhlash