Get Mystery Box with random crypto!

Kulgili hikoyalar

Telegram kanalining logotibi kulguli_hikoyalar — Kulgili hikoyalar K
Telegram kanalining logotibi kulguli_hikoyalar — Kulgili hikoyalar
Kanal manzili: @kulguli_hikoyalar
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 333
Kanalning ta’rifi

🔰Kanalimizda atmosfera o'zgacha💫
🔰Kun davomida tashlab borilayotgan latifalardan bahramand bo'ling😃
🔰Biz bilan aslo zerikib qolmaysiz👌

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-26 08:00:07 — Siz bilan tanishsak bo‘ladimi?
— Yo‘q, mumkin emas!
— Nimaga?
— Men siz bilan zerikaman, siz esa meni tushunmaysiz!
— Nimaga?
— Aytdim-ku, siz meni tushunmaysiz, men esa zerikib bo‘ldim!
59 views05:00
Ochish/sharhlash
2022-08-26 07:58:38 Eshik qo‘ng‘irog‘i jiringlabdi:
— Yaxshimisiz qo‘shni? Ikki soatdan beri devorga bolg‘a bilan urayotgan sizmi?
— Ha! Uyimda remont boshlaganman.
— Siz bilan suratga tushib olsam maylimi?
— Nimaga?
— "Surbet va ablah odamning rasmi" degan yozuv bilan ijtimoiy tarmoqlarga tarqatish uchun.
59 views04:58
Ochish/sharhlash
2022-08-26 07:57:01 Mahbus xotinidan xat olibdi. O‘qib chiqqach, kameradoshlari:
— Xotining nima deb yozibdi? - desa, mahbus:
— E, o‘g‘lim ikkinchi yil ham beshinchi sinfda qoladigan bo‘pti… Oilamizni sharmanda qilibdi yaramas! - dermish.
57 views04:57
Ochish/sharhlash
2022-08-26 07:56:07 Raqqosaga "qistirish" uchun puli bo‘lmagan odam "Rahmat" deb tursa ham bo‘ladimi?
56 views04:56
Ochish/sharhlash
2022-08-26 07:55:36 Gadoy birovni eshigini taqillatsa, uy egasi chiqib:
— Biroz yirtiq kiyimlarim bor, shuni senga beraman, - debdi.
Gadoy bo‘lsa:
— Men sal turib kelaman, yirtiq joylarini tikib qo‘ysangiz...! - dermish.
56 views04:55
Ochish/sharhlash
2022-08-26 07:54:45 Telefon bilan yuradi. Telefon bilan uxlaydi. Hamma joyga telefon bilan kiradi. Yana qo‘ng‘iroq qilishsa, “Eshitmay qolibman” deyishadi.
52 views04:54
Ochish/sharhlash
2022-08-25 06:58:06 — Do‘stim, nega ko‘rinmay ketding?
— Do‘kon ochgandim.
— Zo‘r-ku!
— Meni 2 yilga qamab qo‘yishdi.
— Nega? Do‘konni yomon yo‘l bilan ochdingmi?
— Yo‘q, lom bilan ochgandim.
84 views03:58
Ochish/sharhlash
2022-08-25 06:55:43 Bir bolakaydan so‘rashibdi:
— Isming nima?
— Y harfidan boshlanadi, toping-chi! - debdi bolakay.
— Yo‘ldoshmi? Yigitalimi? ...
— Yo‘q, topa olmadingiz! Yustam.
— Rustam ekan-ku?! Nega Y dan boshlanadi deysan?!
— Y hayfini ayta olmayman!
80 views03:55
Ochish/sharhlash
2022-08-25 06:54:29 Bir kishi tilla baliq ushlab olibdi.
— Tila tilagingni ey yaxshi inson! - debdi baliq tilga kirib.
— Mashina olishni istayman, - debdi kishi.
— Kreditgami yoki naqdgami? - debdi baliq.
— Paxta yog‘ida qovuraymi seni yoki pista yog‘idami? - debdi haligi kishi.
78 views03:54
Ochish/sharhlash
2022-08-25 06:52:08 Kirish imtihonlari, oxirgi bosqich.
— Bilet torting!
— Savol: Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi...
— Xo‘sh javob bormi?
— Tayyorlanmagan edim...
— Mayli boraqoling, bahoingiz 4!
— Rahmat ada!
76 views03:52
Ochish/sharhlash