Get Mystery Box with random crypto!

QDPI rasmiy sahifasi

Telegram kanalining logotibi kspi_rector — QDPI rasmiy sahifasi Q
Telegram kanalining logotibi kspi_rector — QDPI rasmiy sahifasi
Kanal manzili: @kspi_rector
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.64K
Kanalning ta’rifi

Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining rasmiy kanali.
Rektorga murojaat: @kspi_rektor
Institut talaba yoshlari kanali: https://t.me/qdpitalabayoshlari
Axborot xizmati bilan bog‘lanish: @liberalissimus1001

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 5

2022-07-06 12:49:20 #Qabul2022
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni tasdiqlandi.

Unda 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
691 views09:49
Ochish/sharhlash
2022-07-06 09:29:19
#QDPI #imtihon #nomdor_stipendiyalar

Ayni kunlarda 2022-2023 o‘quv yili uchun Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari (Navoiy, Ulug‘bek, Islom Karimov) uchun dastlabki bosqich imtihonlarini topshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar davlat oliy ta’lim muassasasi magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
721 views06:29
Ochish/sharhlash
2022-07-06 07:42:55 #talaba_minbari #munosabat

Qo‘limdan qo‘lingni uzma, qarog‘im
(qardosh o‘zbek va qoraqaploq xalqiga)

Bukilma, egilma, qaddingni ko‘tar,
Ko‘ksingda tog‘larni uyg‘otgan kabi.
Sen o‘zbek ko‘ksida tovlanguchi zar,
Sen qadim Turonim gavhari, la’li.

Do‘mbirang kuyida tariximiz bor,
Do‘mbirang kuyida kelajak bonggi.
Sen-u men bir makon, xalqmiz bunyodkor,
Bugundan buyukroq ertamiz tonggi.

Humo panoh etgan osmonimiz bir,
Sen-u men parvozga yuksalgan qanot.
Uchamiz, yuksakni quchadirmiz gir,
To hayot bor ekan, toki bor hayot!

Qo‘limdan qo‘lingni uzma, qarog‘im,
Tinchlig-u do‘stlikning chalinsin sozi.
Seningla butundir bahorim, bog‘im,
Quchog‘ingni quchsin birlik ovozi.

Sen quyosh maskani ko‘kka ko‘z tikkan,
Qadim kengliklaring orzularga yo‘l.
Qardoshim, ko‘ksingga botmasin tikan,
Jonimdek azizsan, mangu aziz bo‘l.

"Orol"day yiroqlab ketmagin, qo‘zim,
Yetar, boy berganim moviy dengizing.
Ey, qoraqalpog‘im, ey, qora ko‘zim,
Hur diyor bag‘rida tabarruk izing.

Qoraqalpoq-o‘zbek, uzukka ko‘zdek,
Biri quyosh bo‘lsa, biri osmonim.
Farzandlaring porlar yo‘lchi yulduzdek,
Qora ko‘z o‘zbegim, qoraqalpog‘im!..

Shahnoza Rayimova, Qo‘qon DPI talabasi.

Web-sayt
|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
612 views04:42
Ochish/sharhlash
2022-07-06 07:18:34 #QDPI #SMART_SCHOOL

MAKTAB OʻQUVCHILARI VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA!!!

Qoʻqon davlat pedagogika institutining Tabiiy fanlar fakulteti qoshida tashkil etilgan “QDPI SMART SCHOOL” maktabi 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-, 10-, 11- sinf oʻquvchilarini tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga taklif qiladi.

“QDPI SMART SCHOOL” oʻquvchilariga Qoʻqon davlat pedagogika institutining koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilari sifatli taʼlim beradi. Maktabda oʻquvchilarga barcha oʻrta taʼlim fanlari bilan bir qatorda:

Kimyo;
Biologiya;
Matematika;
Geografiya;
Ona tili fanlari chuqurlashtirib oʻqitiladi.

Oʻquvchilar oʻzlari tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha OTM kirish imtihonlariga tayyorgarlik koʻrishadi, ularda faqat yoʻnalish boʻyicha tayyorlov fanlaridan darslar olib boriladi.

“QDPI SMART SCHOOL” bitiruvchilarining quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha:

Tibbiyot (medisina);
Farmasevtika;
Kimyo-biologiya;
Kimyo-texnologiya;
Biologiya;
Geografiya mutaxassisliklari boʻyicha talaba boʻlish imkoniyatlari yuqori.

Shuningdek, maktabda darslardan soʻng QOʻSHIMCHA OʻQUV KURSLARI yoʻlga qoʻyilgan.

Yotoqxonaga ehtiyojmand oʻquvchilar yotoqxona bilan taʼminlanadi.

Hozirda Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori boshchiligida “QDPI SMART SCHOOL” maktabi bitiruvchilarining Qoʻqon DPIning Tabiiy fanlar fakulteti taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma asosida imtihonsiz talaba boʻlishlari uchun tegishli tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Manzil:
— Oʻzbekiston tumani Elash qishlogʻi 1-uy. (Sobiq Oʻzbekiston sanoat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosi).
— Qoʻqon davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti binosi (Moʻljal Qoʻqon yogʻ-moy AJ).

Murojaat uchun telefonlar: (+99897)-557-40-30, (+99890)-232-45-48,(+99891)-683-69-80, (+99890)-305-17-99

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
657 views04:18
Ochish/sharhlash
2022-07-05 09:14:29
#Qabul_2022 #QDPI

2022/2023 o‘quv yilida Qo‘qon davlat pedagogika instituti bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xalq ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun MAQSADLI QABUL parametrlari (olis, chekka va tog‘li hududlarda joylashgan umumta’lim maktablari uchun).

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
756 views06:14
Ochish/sharhlash
2022-07-05 08:02:30
#Qabul2022
#magistratura

Xabaringiz bor 1-iyuldan e'tiboran 2022/2023-o'quv yiliga magistratura mutaxassisliklari uchun hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlangan.

Ushbu videoqo'llanma orqali magistr.edu.uz platformasida onlayn hujjat yuborish tartibini bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating: @eduuz
588 views05:02
Ochish/sharhlash
2022-07-05 07:26:58
#munosabat #talaba_minbari

Yangi O‘zbekiston va Yangi Qoraqalpog‘istonni birgalikda barpo etamiz” – Qo‘qon davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
665 views04:26
Ochish/sharhlash
2022-07-04 05:55:49 #kun_hikmati

Men insoniy axloqning asl mohiyatini anglab yetdim. Bu qimmatbaho ne’mat sukut saqlamoqlikdir.

Al-Maarriy.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
844 views02:55
Ochish/sharhlash
2022-07-03 18:29:33 #munosabat #prorektor_minbari

Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan voqealar mamlakat aholisini xavotirga soldi. Ushbu jarayonlar et bilan tirnoqdek o‘zbek va qoraqalpoq elining azaliy qon-qardoshligiga rahna sololmasligi, biz bir vatan, bir davlat fuqarolari sifatida jonajon O‘zbekistonimiz uchun yanada birlashib, yakdil bo‘lib harakat qilishimiz kerakligi sezildi.

Voqealar tashqi kuchlar aralashuvi bilan o‘zgacha tus olmasligi uchun davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev Nukusga o‘z vaqtida yetib borib, siyosiy irodasini namoyon qildi. Xalq bilan muloqot asnosida qoraqalpoq eli takliflari, fikrlariga ko‘ra, Konstitusiyaning o‘zgartirish kiritish nazarda tutilgan tegishli moddalari o‘zgarishsiz qolishi Prezident tomonidan aytildi. Bu qaror mamlakatda tinchlik va barqarorlik bo‘lishi uchun qabul qilingan muhim qarordir.

Yurtimizda yaratilgan ochiqlik, shaffoflik siyosati, xalq bilan muloqot tufayli bugun har kim o‘z fikrini erkin bildira olmoqda. Biroq bundan g‘arazli maqsadlarda foydalanayotgan, noto‘g‘ri axborot, buzg‘unchilik g‘oyalarini aholi orasida tarqatib, el tinchligini buzuvchilar qonuniy jazolarini olmoqlari shart. Zero, davlat rahbari ham "Qonun ustivor, jazo muqarrar" ekanligini yana bir bor ta’kidladilar.

Biz, ziyolilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oqilona siyosatini qo‘llab-quvvatlaymiz va yurtimiz tinchligi, mamlakatimizning hududiy yaxlitligi, qardosh qoraqalpoq xalqi va o‘zbek xalqining baxtu saodati uchun olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Qoraqalpog‘istonning ravnaqi yurtimizdagi xavfsizlik, barqaror rivojlanishining muhim omilidir. O‘zbek va qoraqalpoq xalqlari umumiy kelajakni barpo etmoqda. Xalqlarimizni barqarorlik, birodarlik, tinchlik, totuvlik va bunyodkorlik istagi birlashtiradi. O‘zaro do‘stlik rishtalari, tarix va madaniyat, til, urf-odat, an’analar mushtarakligi bizning mustahkam ildizlarimizdir.

2018 yilda Qo‘qon davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan "Mo‘ynoqda Qo‘qon bog‘i" yaratilgan edi. Bog‘ xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlikning chin ma’nodagi ramziga aylanganini ta’kidlashni istardik.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti Yangi O‘zbekiston va Yangi Qoraqalpog‘istonni barpo etish borasida Prezidentimiz boshlagan muhim islohotlarni qullab-quvvatlaydi.

Oybek Bozorov, Qo‘qon davlat pedagogika instituti birinchi prorektori.

Web-sayt
|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
739 views15:29
Ochish/sharhlash
2022-07-02 20:04:43 Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“Yangi Oʻzbekiston, Yangi Qoraqalpogʻistonni albatta birgalikda quramiz! Shu sohadagi barcha islohotlarimiz, muhokamalarimiz, hech shubhasiz, demokratiya va huquqiy mezonlar asosida amalga oshirilishi zarur.

Ayni vaqtda tinchlik va osoyishtalik, jamoat xavfsizligini buzishga urinayotgan har qanday shaxslarga nisbatan qonun doirasida qatʼiy choralar koʻriladi.

Oʻzbekistonda “Qonun – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” degan qoidani amalda taʼminlash uchun barcha kuch va imkoniyatlar yetarli.

Hozirgi vaziyatda barcha yurtdoshlarimizni hamjihatlik va birdamlikka, oqilona ish koʻrishga, turli gʻarazli chaqiriq va harakatlarga berilmaslikka daʼvat etaman.

Men oliyjanob va bagʻrikeng qoraqalpoq xalqining aql-idroki va donishmandligiga ishonaman”, — dedi davlatimiz rahbari soʻzining yakunida.

@eduuz
849 views17:04
Ochish/sharhlash