Get Mystery Box with random crypto!

#talaba_minbari #munosabat Qo‘limdan qo‘lingni uzma, qarog‘im | QDPI rasmiy sahifasi

#talaba_minbari #munosabat

Qo‘limdan qo‘lingni uzma, qarog‘im
(qardosh o‘zbek va qoraqaploq xalqiga)

Bukilma, egilma, qaddingni ko‘tar,
Ko‘ksingda tog‘larni uyg‘otgan kabi.
Sen o‘zbek ko‘ksida tovlanguchi zar,
Sen qadim Turonim gavhari, la’li.

Do‘mbirang kuyida tariximiz bor,
Do‘mbirang kuyida kelajak bonggi.
Sen-u men bir makon, xalqmiz bunyodkor,
Bugundan buyukroq ertamiz tonggi.

Humo panoh etgan osmonimiz bir,
Sen-u men parvozga yuksalgan qanot.
Uchamiz, yuksakni quchadirmiz gir,
To hayot bor ekan, toki bor hayot!

Qo‘limdan qo‘lingni uzma, qarog‘im,
Tinchlig-u do‘stlikning chalinsin sozi.
Seningla butundir bahorim, bog‘im,
Quchog‘ingni quchsin birlik ovozi.

Sen quyosh maskani ko‘kka ko‘z tikkan,
Qadim kengliklaring orzularga yo‘l.
Qardoshim, ko‘ksingga botmasin tikan,
Jonimdek azizsan, mangu aziz bo‘l.

"Orol"day yiroqlab ketmagin, qo‘zim,
Yetar, boy berganim moviy dengizing.
Ey, qoraqalpog‘im, ey, qora ko‘zim,
Hur diyor bag‘rida tabarruk izing.

Qoraqalpoq-o‘zbek, uzukka ko‘zdek,
Biri quyosh bo‘lsa, biri osmonim.
Farzandlaring porlar yo‘lchi yulduzdek,
Qora ko‘z o‘zbegim, qoraqalpog‘im!..

Shahnoza Rayimova, Qo‘qon DPI talabasi.

Web-sayt
|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube