Get Mystery Box with random crypto!

#munosabat #prorektor_minbari Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Res | QDPI rasmiy sahifasi

#munosabat #prorektor_minbari

Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan voqealar mamlakat aholisini xavotirga soldi. Ushbu jarayonlar et bilan tirnoqdek o‘zbek va qoraqalpoq elining azaliy qon-qardoshligiga rahna sololmasligi, biz bir vatan, bir davlat fuqarolari sifatida jonajon O‘zbekistonimiz uchun yanada birlashib, yakdil bo‘lib harakat qilishimiz kerakligi sezildi.

Voqealar tashqi kuchlar aralashuvi bilan o‘zgacha tus olmasligi uchun davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev Nukusga o‘z vaqtida yetib borib, siyosiy irodasini namoyon qildi. Xalq bilan muloqot asnosida qoraqalpoq eli takliflari, fikrlariga ko‘ra, Konstitusiyaning o‘zgartirish kiritish nazarda tutilgan tegishli moddalari o‘zgarishsiz qolishi Prezident tomonidan aytildi. Bu qaror mamlakatda tinchlik va barqarorlik bo‘lishi uchun qabul qilingan muhim qarordir.

Yurtimizda yaratilgan ochiqlik, shaffoflik siyosati, xalq bilan muloqot tufayli bugun har kim o‘z fikrini erkin bildira olmoqda. Biroq bundan g‘arazli maqsadlarda foydalanayotgan, noto‘g‘ri axborot, buzg‘unchilik g‘oyalarini aholi orasida tarqatib, el tinchligini buzuvchilar qonuniy jazolarini olmoqlari shart. Zero, davlat rahbari ham "Qonun ustivor, jazo muqarrar" ekanligini yana bir bor ta’kidladilar.

Biz, ziyolilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oqilona siyosatini qo‘llab-quvvatlaymiz va yurtimiz tinchligi, mamlakatimizning hududiy yaxlitligi, qardosh qoraqalpoq xalqi va o‘zbek xalqining baxtu saodati uchun olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Qoraqalpog‘istonning ravnaqi yurtimizdagi xavfsizlik, barqaror rivojlanishining muhim omilidir. O‘zbek va qoraqalpoq xalqlari umumiy kelajakni barpo etmoqda. Xalqlarimizni barqarorlik, birodarlik, tinchlik, totuvlik va bunyodkorlik istagi birlashtiradi. O‘zaro do‘stlik rishtalari, tarix va madaniyat, til, urf-odat, an’analar mushtarakligi bizning mustahkam ildizlarimizdir.

2018 yilda Qo‘qon davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan "Mo‘ynoqda Qo‘qon bog‘i" yaratilgan edi. Bog‘ xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlikning chin ma’nodagi ramziga aylanganini ta’kidlashni istardik.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti Yangi O‘zbekiston va Yangi Qoraqalpog‘istonni barpo etish borasida Prezidentimiz boshlagan muhim islohotlarni qullab-quvvatlaydi.

Oybek Bozorov, Qo‘qon davlat pedagogika instituti birinchi prorektori.

Web-sayt
|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube