Get Mystery Box with random crypto!

QDPI rasmiy sahifasi

Telegram kanalining logotibi kspi_rector — QDPI rasmiy sahifasi Q
Telegram kanalining logotibi kspi_rector — QDPI rasmiy sahifasi
Kanal manzili: @kspi_rector
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.64K
Kanalning ta’rifi

Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining rasmiy kanali.
Rektorga murojaat: @kspi_rektor
Institut talaba yoshlari kanali: https://t.me/qdpitalabayoshlari
Axborot xizmati bilan bog‘lanish: @liberalissimus1001

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 4

2022-08-25 18:50:13 #Qabul2022
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2022-yil 24-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

24-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2022” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2022” bo‘limidan):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Talabgor ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan (topshiradigan) talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markazi taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

Kanalga obuna bo’ling
https://t.me/UzFarDU
802 views15:50
Ochish/sharhlash
2022-08-25 18:29:11
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan va muhokamalarga sabab boʻlayotgan davlat oliy taʼlim muassasalarida bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlarining oshirilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar notoʻgʻri ekanligini maʼlum qiladi.

Shu bilan bir qatorda, bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlari 2022/2023-oʻquv yili uchun tasdiqlanishi kutilayotganligini inobatga olib, ushbu masala rasmiy eʼlon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan moliyaviy mustaqillik berilgan taʼlim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishini asossiz deb hisoblaydi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
595 views15:29
Ochish/sharhlash
2022-08-25 09:59:16
Объявление!

Уважаемые любители поэзии, бывшие студенты КГПИ!

Теперь у вас есть возможность принять участие в аудио конкурсе чтецов " И поэзия пробуждается во мне.. " факультет русского языка и литературы объявляет конкурс!

Конкурс проходит онлайн, поэтому открыт для каждого желающего вне зависимости от места проживания.

Запишите стихи на аудио и пришлите аудиозапись на Telegram-профиль по номеру 90 853 02 10.

Не забудьте подписаться! Мы ждем Вас и рады слышать Вас!

•┄┄┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄┄┄•
Web-sayt|Telegram|Facebook|Insta|Youtube
860 views06:59
Ochish/sharhlash
2022-08-25 09:44:46
#QDPI #TANLOV

TANLOVNING ILK GʻOLIBLARI ANIQLANDI!

Qoʻqon davlat pedagogika instituti tomonidan talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlab "Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida eʼlon qilingan turli tanlovlarning gʻoliblari aniqlanmoqda.

Maktabgacha taʼlim fakultetida oʻtkazilgan tanlov yakuniga koʻra Gʻulomova Dilgiraxon 1-oʻrinni, Sahobiddinova Nilufarxon 2-oʻrinni, Neʼmatov Ismoiljon fahrli 3-oʻrinni egalladi.

Tanlov gʻoliblar diplom va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin uchun 1 500 000 soʻm;
2-oʻrin uchun 1 000 000 soʻm;
3-oʻrin uchun 500 000 soʻm.

•┄┄┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄┄┄•
Web-sayt|Telegram|Facebook|Insta|Youtube
584 views06:44
Ochish/sharhlash
2022-07-07 12:31:05
#QDPI #sport



29 iyun – 4 iyul kunlari Qozog‘istonning Almati shahridagi J.Ushkempirov nomidagi sport saroyida boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida “Elorda kubogi” 1-xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

10 ta davlatdan 250 nafar sportchi medallar uchun kurash olib borgan turnirda Jismoniy madaniyat fakulteti talabalsi Adham Muhiddinov medallar uchun janglarda munosib ishtirok etdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jahon, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari chempionlari va sovrindorlari ishtirok etgan turnirda qo‘lga kiritilgan natija bilan Adham Muhiddinovni samimiy muborakbod etamiz.

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
472 views09:31
Ochish/sharhlash
2022-07-07 09:43:17
Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot ishga tushirildi

Unda siz uchun eng muhim quyidagi maʼlumotlarni oson topishingiz mumkin.

BAKALAVR:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
Oʻtish ballari—2021 (hududlar, yoʻnalishlar kesimida).

MAGISTRATURA:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul kvotalari va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Bizni kuzating: @eduuz
502 views06:43
Ochish/sharhlash
2022-07-07 07:17:22
#Qabul_2022 #QDPI

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga ko‘ra, Qo‘qon davlat pedagogika institutiga jami 8 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
629 views04:17
Ochish/sharhlash
2022-07-07 07:17:22
#Qabul_2022 #QDPI

Davlat granti asosida Qo‘qon davlat pedagogika institutiga umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib xissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul uchun ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga 26 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlariga ko‘ra Qo‘qon davlat pedagogika institutiga jami 119 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 87 ta (davlat granti asosida - 26 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 61);

sirtqi ta’lim shakli uchun – 32 ta (to‘lov-kontrakt asosida).

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
608 views04:17
Ochish/sharhlash
2022-07-07 07:17:22
#Qabul_2022 #QDPI

Qo‘qon davlat pedagogika institutiga abityriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan “Mehribonlik" uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS - bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (yigirma besh yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining ta’lim shakllari kesimidagi TAQSIMOTI

Qabul ko‘rsatkichi:
Jami: 23

shu jumladan:
Kunduzgi: 17
Sirtqi: 6

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
496 views04:17
Ochish/sharhlash
2022-07-07 06:51:43
#Qabul_2022 #QDPI

Qo‘qon davlat pedagogika institutiga abityriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichining ta’lim shakllari kesimidagi TAQSIMOTI

Qabul ko‘rsatkichi:
Jami: 48

shu jumladan:
Kunduzgi: 35
Sirtqi: 13

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
544 views03:51
Ochish/sharhlash