Get Mystery Box with random crypto!

QDPI rasmiy sahifasi

Telegram kanalining logotibi kspi_rector — QDPI rasmiy sahifasi Q
Telegram kanalining logotibi kspi_rector — QDPI rasmiy sahifasi
Kanal manzili: @kspi_rector
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.64K
Kanalning ta’rifi

Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining rasmiy kanali.
Rektorga murojaat: @kspi_rektor
Institut talaba yoshlari kanali: https://t.me/qdpitalabayoshlari
Axborot xizmati bilan bog‘lanish: @liberalissimus1001

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-08-31 08:09:54
Bayram Muborak ! 

1991-yil  31-avgust kuni
O‘zbekiston Respublikasining
Mustaqilligi e’lon qilingan kun.

1-sentyabr esa har yili yurtimizda — Mustaqillik kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.

Istiqlolimizning 31 yilligi muborak bo‘lsin!

Qo‘qon davlat pedagogika instituti barcha vatandoshlarimizni mustaqillik bayrami bilan muborakbod etadi.

•┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄•
Web-sayt|Telegram|Facebook|Insta|Youtube
432 views05:09
Ochish/sharhlash
2022-08-31 06:54:20 #QDPI #TANLOV

Maktabgacha ta’lim fakultetida o‘tkazilgan navbatdagi tanlov g‘oliblari ma’lum bo‘ldi.

Maktabgacha ta’lim fakultetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31-yilligiga bag‘ishlab "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida o‘tkazilgan navbatdagi tanlovlar g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi.

Siyosiy-huquqiy va yoshlarga oid davlat siyosatiga doir onlayn viktorina g‘oliblari:

1-o‘rin Yormatov Haydarali.
2-o‘rin Tursunbekov Xurshidbek.
3-o‘rin Sirojiddinova Sevinchxon.

Loyihalar auksioni tanlovi g‘oliblari:

1-o‘rin Abdusamatova Sayyoraxon.
2-o‘rin Musayeva Leyla.
3-o‘rin Anvarjonova Mohinur.

Tanlov g‘oliblar diplom va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin uchun 1 500 000 so‘m;
2-o‘rin uchun 1 000 000 so‘m;
3-o‘rin uchun 500 000 so‘m.

•┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄•
Web-sayt|Telegram|Facebook|Insta|Youtube
484 views03:54
Ochish/sharhlash
2022-08-30 09:03:42 #MatbuotAnjumani
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani

2022-yil 30-avgust kuni soat 14:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: 2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakunlari.

Ishtirokchilar:

M.Karimov – Davlat test markazi direktori;
S.Radjabov – Davlat test markazi direktori o‘rinbosari;
F.Mirzayev – Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i;
Z.Olimbekov – Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Matbuot anjumani «UzReport TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali efirga uzatiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
732 views06:03
Ochish/sharhlash
2022-08-30 07:56:37 #Bilasizmi

To'lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlarini ajratish tartibi

Ta'lim kreditlari ta'lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shaklida to'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o'qishini ko'chirgan O'zbekiston fuqarosi bo'lgan talabalarga beriladi.

Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila a'zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

Ta'lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Ta'lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza;
to'lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo'lganda). Shartnomada o'qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to'lov miqdori ko'rsatilgan bo'lishi lozim;
ta'lim krediti qaytarilishining ta'minoti bo'yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta'lim krediti bo'yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumot.

Hujjatlar 5 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Ta'lim krediti shartnomasi to'lov-kontrakt shartnomasida ko'rsatilgan bir yillik to'lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

Ta'lim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta'lim krediti bo'yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta'lim krediti bo'yicha foiz stavkasi o'zgarishsiz qoladi.

Mazkur tartib:

chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga;
tijorat banklari tomonidan Jamg'arma mablag'laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta'lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to'lovlarni amalga oshirish uchun ta'lim krediti ajratilmaydi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
573 views04:56
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:55:48
#QDPI #TANLOV

Tarix fakultetida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari maʼlum boʻldi

Tarix fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31-yilligiga bagʻishlab "Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida oʻtkazilgan tanlovlar yakunlanib gʻoliblar nomi eʼlon qilindi.

Tanlov gʻoliblar diplom va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin uchun 1 500 000 soʻm;
2-oʻrin uchun 1 000 000 soʻm;
3-oʻrin uchun 500 000 soʻm.

•┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄•
Web-sayt|Telegram|Facebook|Insta|Youtube
643 views10:55
Ochish/sharhlash
2022-08-29 11:15:28 "Мне нравится, что вы больны не мной" – М. Цветаева.

Читает преподаватель КГПИ факультета Русского языка и литературы Шералиева С. Х.

•┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄•
Web-sayt|Telegram|Facebook|Insta|Youtube
312 views08:15
Ochish/sharhlash
2022-08-29 08:22:05
#Adliya_xabari

Mustaqillik bayramida necha kun dam olamiz?

2022-yilda qo'shimcha dam olish kunlari belgilangan Prezident farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami arafasida 4 kun dam olinadi.

Bular:

1-sentyabr (payshanba) – Mustaqillik bayrami kuni;
2-sentyabr (juma) – qo'shimcha dam olish kuni;
3-sentyabr (shanba) – 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni;
4-sentyabr (yakshanba) – umumiy dam olish kuni.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
497 views05:22
Ochish/sharhlash
2022-08-29 07:52:34Toʻlov-shartnomalarni olish toʻliq raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
436 views04:52
Ochish/sharhlash
2022-08-29 05:19:16 #Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
537 views02:19
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:29:13
2022/2023 ўқув йили учун республика олий таълим муассасалари бакалавриат таълим йўналишлари (магистратура мутахассисликлари) бўйича битта талабани тўлов-контракт шаклида бир йиллик ўқитиш қиймати миқдори

ПДФ шаклида юклаш

@eduuz
813 views18:29
Ochish/sharhlash