Get Mystery Box with random crypto!

QDPI rasmiy sahifasi

Telegram kanalining logotibi kspi_rector — QDPI rasmiy sahifasi Q
Telegram kanalining logotibi kspi_rector — QDPI rasmiy sahifasi
Kanal manzili: @kspi_rector
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.64K
Kanalning ta’rifi

Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining rasmiy kanali.
Rektorga murojaat: @kspi_rektor
Institut talaba yoshlari kanali: https://t.me/qdpitalabayoshlari
Axborot xizmati bilan bog‘lanish: @liberalissimus1001

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2022-08-27 21:29:13 Барча давлат олий таълим муассасаларининг барча босқич талабалари учун тўлов-контракт миқдорлари оширилмайди!

Давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевнинг мамлакатимиз таълим тизимига берган алоҳида эътибори, жумладан талабаларга олий таълим олишлари учун кўрсатган ғамхўрлиги, халқчил сиёсати натижасида 2022/2023 ўқув йили учун барча йўналишлар бўйича тўлов-контракт миқдорлари оширилмайдиган бўлди.

Талабалар ва уларнинг ота-оналарига қулай шароитлар яратиш, глобал иқтисодий инқироз шароитида аҳолининг тўлов қобилиятини инобатга олган ҳолда, истисно тариқасида, 2022/2023 ўқув йили учун барча босқичдаги талабаларнинг тўлов-контракт асосида ўқитиш қиймати миқдорлари давлат олий таълим муассасалари, жумладан, молиявий мустақиллик берилган олий таълим муассасаларида ҳам, базавий тўлов-контракт қиймати 2021/2022 ўқув йили учун белгиланган миқдорларда сақлаб қолинади.

Шу билан бир қаторда, 2022/2023 ўқув йили табақалаштирилган тўлов-контракт миқдорлари ўтган ўқув йили учун белгиланган миқдорларда ўзгаришсиз қолади.

Талабаларни таълим шакллари (кундузги, сиртқи, кечки ва масофавий) бакалавриат таълим йўналишлари ҳамда магистратура мутахассисликлари бўйича бир йиллик ўқитиш қийматлари миқдорлари қуйидагича:

Юклаб олиш

@eduuz
722 views18:29
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:05:00 ​​#Qabul2022 #Natija
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
656 views18:05
Ochish/sharhlash
2022-08-27 14:04:19
#Nodavlat_tashkilotlar

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari boʻyicha onlayn muloqot oʻtkaziladi

Bugun 27-avgust kuni soat 16:00 dan 17:00 ga qadar nodavlat ta’lim tashkilotlari boʻyicha Ta'lim inspeksiyasining masʼul xodimlari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirokida onlayn muloqot oʻtkaziladi.

Muloqot telegramning ovozli chat xizmatidan foydalangan holda tashkil etiladi.

Muloqot davomida nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridagi qabul jarayonlari hamda bu borada e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar boʻyicha savollarga javob beriladi.

Taʼlim inspeksiyasi masʼullariga bevosita mavzu bo‘yicha savol yoki taklif laringizni @uztdibot orqali #savol xeshtegi bilan yuborishingiz yoki inspeksiya matbuot kotibi kanalida ushbu e’longa izoh sifatida yozib qoldirishingiz mumkin.

Savollarga ovozli chat davomida javob qaytariladi.

Onlayn muloqotda ishtirok etish uchun Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga obuna boʻling: https://t.me/uztdi
735 views11:04
Ochish/sharhlash
2022-08-27 09:37:27
#QDPI #TANLOV

Tabiiy fanlar fakultetida tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Tabiiy fanlar fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31-yilligiga bagʻishlab "Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida oʻtkazilgan turli tanlovlar yakunlanib gʻoliblar nomi eʼlon qilindi.

Tanlov gʻoliblar diplom va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin uchun 1 500 000 soʻm;
2-oʻrin uchun 1 000 000 soʻm;
3-oʻrin uchun 500 000 soʻm.

•┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄•
Web-sayt|Telegram|Facebook|Insta|Youtube
635 views06:37
Ochish/sharhlash
2022-08-26 16:51:34
#QDPI #TANLOV

Fizika-matematika fakultetida tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Xabaringiz bor Qoʻqon davlat pedagogika instituti tomonidan talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31-yilligiga bagʻishlab "Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida oʻtkazilayotgan turli tanlovlar yakunlanib gʻoliblar nomi maʼlum boʻlmoqda.

Fizika-matematika fakultetida oʻtkazilgan tanlov yakuniga koʻra "ENG YAXSHI VIDEOROLIK" tanlovi gʻoliblari:

Hamziddinov Nurulloxon Nasrulloxonzoda.

Arabova Aziza Abduzaffar qizi.

Joʻrayeva Maxliyo Yoʻldoshxon qizi.

"ENG YAXSHI IJTIMOIY REKLAMA" tanlovining gʻoliblari:

Shovozbekova Gulshoda Oyatillo qizi.

Neʼmatov Zubayr Yoʻlchiboy ogʻli.

Sotvoldiyev Adbulatif Mashhurzoda.

Tanlov gʻoliblar diplom va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin uchun 1 500 000 soʻm;
2-oʻrin uchun 1 000 000 soʻm;
3-oʻrin uchun 500 000 soʻm.

•┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄•
Web-sayt|Telegram|Facebook|Insta|Youtube
645 views13:51
Ochish/sharhlash
2022-08-26 16:16:21
#seminar_trening

Bugun Qo’qon davlat pedagogika instituti Raqamli ta’lim texnalogiyalari markazi xodimlari uchun Polsha axborot texnologiyalari va menejmenti universiteti 2-bosqich magistranti Abdujabborov Humoyun ishtirokida kiberxafsizlik bo’yicha 3 kunlik seminar-treninglar boshlandi.

Seminar-treningdan koʻzlangan maqsad kibersohadagi xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur boʻlgan strategiya, amaliyot, xalqaro ilgʻor tajribalar va umumjamiyatga taalluqli yondashuvlarni tushunishni yanada chuqurlashtirishdan iborat. Ishtirokchilar seminar-trening davomida mavzuga oid taqdimotlar oʻtkazib, kun tartibidagi mavzularni guruh va yakka tartibda muhokama qildi.

•┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄┄┄┄┄┄•
Web-sayt|Telegram|Facebook|Insta|Youtube
699 views13:16
Ochish/sharhlash
2022-08-26 14:45:28
#Bilasizmi

Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo'lmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to'lanadigan oylik ijara to'lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Bunda:

ijara to'lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (300 ming so'm), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (150 ming so'mdan) oshmasligi lozim;

ijara to'lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o'rnak ko'rsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;

OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to'lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
580 views11:45
Ochish/sharhlash
2022-08-26 11:53:38
Barcha OTMda qoraqalpogʻistonliklar uchun alohida 6,5 mingta qabul kvotalari qabul kvotalari joriy etiladi

Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Qoraqalpogʻistonda taʼlimni rivojlantirish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

- faqat Qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etish;

- Qoraqalpogʻistondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qoʻshimcha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishga topshiriq berdi.

@eduuz
699 views08:53
Ochish/sharhlash
2022-08-26 09:46:51 #Akademik_litsey
#Sharh

Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi

Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida:

u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;

u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
676 views06:46
Ochish/sharhlash
2022-08-26 09:46:51
#Akademik_litsey

Akademik litseylarga kirish test natijalari e'lon qilinmoqda

2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti orqali bilishingiz mumkin.

Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Ustuvorlik bo‘yicha sharh

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
647 views06:46
Ochish/sharhlash