Get Mystery Box with random crypto!

#mulohaza Dunyoqarash Ikki aka — uka bor edi. Akasi sahi | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

#mulohaza

Dunyoqarash

Ikki aka — uka bor edi. Akasi sahiy, omadli va boy, ukasi esa qotil, yomon inson bo’lgan ekan. Sud oldidan jurnalistlar qotil ukaga savol berishdi:
— Qanday qilib jinoyat yo’liga kirib qoldingiz?
Meni bolaligim og’ir o’tgan. Otam ichardi, onamni va meni kaltaklardi. Yana kim bo’lishim mumkin edi?!

Keyin jurnalistlar akani savolga tutishdi:
— Siz shuncha yutuqlarga qanday qilib erishdingiz?
Mening bolaligim og’ir o’tgan. Otam ichardi, onamni va meni kaltaklardi. Yana kim bo’lishim mumkin edi…?!

Xulosa, o'zingizdan!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!