Get Mystery Box with random crypto!

Kitoblar haqida

Telegram kanalining logotibi kitoblar_haqida_malumot — Kitoblar haqida K
Telegram kanalining logotibi kitoblar_haqida_malumot — Kitoblar haqida
Kanal manzili: @kitoblar_haqida_malumot
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37
Kanalning ta’rifi

Siz bu kanalda hikmatli so'zlar va aforizmlarni topishingiz mumkin.
Kanalimiz ssilkasi:
https://t.me/ kqyZ5LMrgukwYzUy

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-02-19 20:28:29 #Foydali_maslahatlar

Uxlashdan oldin kitob oqishning 8 foydasi.

1) Stress va xavotirni kamaytiradi.

Psixologlarning fikriga ko'ra, 6 daqiqa kitob mutolaa qilish stress darajasini 68% foizga kamaytiradi.

2) Uyqu kasalliklaridan himoya qiladi.

Yotishdan oldin smartfon, noutbuk yoki televizor qarshisida bo'lish miyadagi melatonin garmonini ajralish qobiliyatiga salbiy ta'sir qiladi va natijada uyqusizlik paydo bo'ladi. Kitob esa bizni uyqu kasalliklaridan himoya qiladi.

3) Tanani tinchlandirib, uyquga tayyorlaydi.

O'qish nafaqat ongimizni, balki tanamizni ham tinchlandiradi. Mutolaa sabab kunlik mashg'ulotlardan charchagan tana tinchlanishi va dam olishga yordam beradi.

4) Uyqu sifatini yaxshilaydi.

Kechga kelib turli fikrlar miyada aylangani sabab o'zingizni juda charchagan va horg'in his qilishingiz mumkin. Kitob esa sizni keraksiz fikrlardan tozalaydi va sifatli uxlashingizda ko'makchi bo'ladi.

5) Tushlarimizga ta'sir qiladi.

Ko'pincha tushlarimizga yotishdan oldin ongizmizdagi fikrlar ta'sir qiladi. Agar kuningiz stressda o'tgan bo'lsa yoqimsiz tushlar ko'rishingiz mumkin, ammo uxlashdan avval sizni ajoyib va yoqimli tushlaringizga sababchi bo'ladi.

6) Ruhan xotirjam uyg'onasiz.

Ertalab qayta quvvatlangan tana va xotirjam ong bilan uyg'onish uchun sog'lom uyqu juda muhimdir. Mutolaa sabab uyqu sifati yaxshilanganligi sababli biz kunimizni energiyaga to'lgan holda boshlashimiz mumkin.

7) Diqqatni bir joyga jamlashga yordam beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar miyaning diqqatni bir joylashga jamlash qobiliyatini kamaytiradi. Kitob oqish esa axborotni miyada qayta ishlashga yordam beradi. Xech qanday rasmlarsiz matn voqealarni ongingizda tasavvur qilib, jonli suratlar yaratasiz. Bu usul bilan miyangizga etiborni bir joyga jamlashida ko'maklashasiz.

8) Odamlar bilan munosabatlaringizni yaxshilashga yordam beradi.

Uyqudan oldingi mutolaa odamlar bilan aloqangizni yaxshilaydi. Ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko'ra, badiiy adabiyotni ko'proq oqish sizni sezgir insonga aylantiradi. Kitobni tushunib, diqqat bilan oqiganingizda siz asar qahramoniga aylanasiz va u his qilgan narsalarni his qilishni boshlaysiz. Bu empatiyani rivojlantiradi va olamni boshqa insonning dunyo qarashi yordamida ko'rishga undaydi. Badiiy adabiyotni oqish, boshqa insonlar nimani his qilayotganini anglashning eng ajoyib usulidir.

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy
66 views17:28
Ochish/sharhlash
2023-02-18 20:24:29 #Kitoblar_haqida_malumot

"Milliarderga qoyilgan tuzoq" asari haqida (2-qism)

Milliarderga qoyilgan tuzoq----Vadimning rejasi silliqqina ketayotgandek edi uning nazarida, ammo, bir kuni uning rejasini yakson qilib yuboradigan bir voqea bo'ladi, ya'ni: Rustam to'sattan o'zining aslida kimligini, qayerda tug'ilganligini va ota-onasi qayerdaligini bilgisi kelib qoldi.(U bolaligidagi voqealarning hammasini unutgan edi) Vaqt o'tib, Rustam tinimsiz izlanishlari natijasida o'zining O'zbekstonda tug'ilganligini va o'zbek ekaligini bilib oladi. Rustam endi O'zbekstonga borib o'zining oilasini topmoqchi bo'ladi va hamma bilganlarini Angelaga aytib beradi. Angela esa Vadimni boxabar qilganidan keyin Vadim rejasining barbod bo'lganligini tushinib yetadi. (Chunki, agar Rustam oilasini topsa, uni o'ldirganidan keyin boyligi uning eng yaqin qarindoshlariga, ya'ni ota-onasiga o'tib ketar edi, Angela esa hech vaqosiz qolar edi) Kunlar o'tib, Rustam O'zbekstonga yol oladi va Angela ham u bilan birga ketadi. Rustam bilan Angelaning tinimsiz surishtiruvlaridan keyin uning oilasi chekka bir qishloqda yashashi oydinlashadi. Ular osha yerga borib oilasini topadi va ular bilan birga bo'ladi. Lekin, bu vaqtta Vadim Angelaning ham Rustamni sevib qolib, unga xiyonat qilganligini bilib qoladi. U jahl ustida Angelani o'ldirish uchun uning ketidan odam yuboradi. Angela bilan Rustam zarur narsalarini olib ketish uchun Moskavaga poezdda kelayotgan paytta, to'sattan Vadim yuborgan yollanma qotil paydo bo'ladi va ming afsuski Angelani otib o'ldirib qoyadi. Rustam esa qotilni o'ldiradi. Lekin, Vadimning o'ziham do'stlari tomonidan zaharlanib, o'ldiriladi. Asar yakunida, o'z sevgilisidan ayrilib qolgan Rustam yaqinlarining talab va iltimoslariga ko'ra boshqa bir qizga uylanishga majbur bo'ladi. Rustam boshida u qizni yoqtirmaydi va unga qayrilib ham qaramaydi. Lekin, ohiri Rustamning yuragida o'sha qizga nisbatan yoqimli tuyg'ular paydo bo'la boshlaydi va uning hayotiga yana baxt kulib qaray boshlaydi.

Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy
59 views17:24
Ochish/sharhlash
2023-02-16 17:39:33 #Kitoblar_haqida_malumot

"Milliarderga qoyilgan tuzoq" asari haqida (1-qism)

Milliarderga qoyilgan tuzoq----o'zbek yozuvchisi Nuriddin Ismoilovga tegishli asar. Asar syujetida qishloqda yashayotgan Rustam ismli bo'lakayni og'rilar no'malum joyga og'irlab ketadi. Ammo, Rustam ularning qo'lidan qochib qutiladi. Lekin, bu jajji bo'lakay qayerdaligini, qayerga kelib qolganligini umuman bilmaydi. U adashib katta shaharda yolg'iz bir o'zi yurganida uni bitta keksa otaxon topib oladi va uni o'z tarbiyasiga olib, unga mehr bera boshlaydi. Otaxon Rustamni Rossiya poytaxti Moskvaga olib ketadi va ikkalasi osha yerda yashay boshlashadi. Oradan ko'p yillar otadi, Rustamni o'z tarbiyasiga olgan otaxon vafot etadi, Rustam esa judayam tarbiyali, oliyjanob, mehnatkash va halol inson bo'lib boyaga yetadi. Yana vaqtlar o'tadi, Rustam mehnatkashligi va aqlliligi evaziga tez fursatda Moskvaning eng boy odamlaridan biriga aylanadi. Ammo, Rustamning Vadim ismli ichi qora va boylikka och do'sti bor edi. Vadim ham anchagina boy odam hisoblanadi, ammo, u o'z boyligiga shukronalik qilmay Rustamning boyliklariga ega bo'lishni ko'zlay boshlaydi. U shu maqsad ila bir reja tuzadi. U quyidagicha: Vadimning chiroyda va aqlda tengsiz Angela ismli xotini bor edi. U Angelaga o'z rejasini tushintiradi: eng avvalambor Vadim bilan Angela ajrashishi kerak, undan keyin Vadim Angelani Rustamga tanishtiradi va Rustam Angelani sevib qolishi kerak. Keyin bu ikkisi turmush qurishgach Angela Rustamga zahar berib uni o'ldirishi kerak. Rustamning hech qanday yaqini, qarindoshi bo'lmaganligi uchun uning hamma boyligi qonuniy Angelaga o'tar edi va Angela katta boylikning egasi bo'lganidan keyin, yana qaytadan Vadim bilan turmush quradi va ikkalasi qolgan umrini jannatmakon tarzda o'tkazadi. Angela noiloj uning bu takifiga rozi bolishga majbur bo'ladi. (Aslida Angela boylikka unchalik o'ch emas, u yaxshi tarbiya ko'rgan yaxshi qiz) Bir kuni Vadim rejasini amalga oshirish uchun Rustamga uylanishi kerakligini, unga farzand kerakligini aytadi va uning bitta Angela ismli tanishi borligini va ikkisi bir-biriga judayam mosligini aytadi. Shu sababli, Vadim Angela bilan Rustamning uchrashuvini uyishtiradi. Uchrashuv kuni keladi va ikki yosh bir-biri bilan tanishib olishadi, keyin esa bunaqa uchrashuvlarning soni ko'payib, huddi rejadagidek Rustam Angelaning go'zalligiga va aqliga telbalarcha oshiq bo'ladi, ammo shu bilan bir qatorda Angelaham Rustamning mehribonligi va aqlliligi uchun sevib qoladi.(Asarning qo'lgan qismi keyinroq kanalga joylanadi)

Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy
60 viewsedited  14:39
Ochish/sharhlash
2023-02-15 17:13:43 #Kitoblar_haqida_malumot

"Mushuklar shahri xotiralari" asari haqida

Mushuklar shahri xotiralari----bu asar xitoylik yozuvchi Lao Shening asari hisoblanadi. Asar syujetida fazoga uchgan raketa halokatga uchrab, no'malum bir sayyoraga qulaydi. Raketa ekipajidagi bitta odamdan tashqari hamma halok boladi. O'sha tirik qolgan odamning yonida bitta oqlangan topponcha va gugurt bor edi. U tushib qolgan sayyorada odamsimon mushuklar hukmdorlik etar edi. Odam judayam charchab uxlab qoladi va uyg'onsa daraxtning orqasida undan nimadir qorqib yashirinib turganini payqab qoladi. U bu jonzotning nimaligiga juda qiziqadi, u kattaligi odamday keladigan, odamga o'xshab yuradigan mushuksimon jonzot edi. Mushukning yashirinib turishi juda ko'p vaqt davom etadi va bu odamning jahlini chiqarib, qolidagi pistoletdan otishga majbur qiladi. O'q mushukka tegmaydi, ammo topponchaning ovozi uni juda qorqitadi va u qochib ketadi. Lekin, vaqt o'tib odam osha mushuk bilan tanishib oladi. O'zining aytishicha, uning ismi Katta Chayon ekan. Katta Chayon judayam boy, mulkdor yer egasi ekan. U o'z yerida apyum deb nomlanadigan jonni rohatlatiruvchi narkotik o'simlik yetishtirib uni sotar ekan. Mahalliy mushuklar xalqi shu bittagina apyum uchun bor-budini berishga tayyor darajada yaxshi ko'rishadi. Katta Chayon odamni o'z uyiga olib boradi va o'z og'li Kichik Chayon bilan tanishtiradi. Kichik Chayon boshqalarga o'xshamasdi, u judayam aqlli mushuk edi. U odamga ushbu davlat haqida barcha ma'lumotlarni aytib beradi. Uning aytishicha: bu davlatta boylar hohlagan narsalarini qilishi mumkinligi; mushuklar bir-birini o'ldirishi mumkinligi va buning uchun hechqanday jazo berilmasligi; mahalliy mushuk xalqi esa to'liq esi yoq, manqurt ekanligini aytadi. Va shu bilan birga, apyumni ham ko'p yeb yubormaslikni, agar ko'p yesa uham ularga o'xshab manqurt bo'lib qolishini aytadi. Odam mushuklar shahrida ko'p vaqt qoladi va u o'zining pistoletasi yordamida ushbu davlattagi eng qudratli jonzotga aylanadi, chunki bu davlatta bunaqa "bir zumda o'ldiradigan" qurol yoq edi. Hamma undan qo'rqardi. Vaqtlar o'tib bir kuni bu yerlarga qo'shni rivojlangan davlat bostirib kiradi va davlatga qoshin kiritadi. Ular agar qarshilik ko'rsatmay o'z ixtiyorlari bilan taslim bo'lishsa ularni tirik qoldirishini va bir dunyo apyum berishlarini aytadi. Bechora xalq ham bu nayrangga ishonib qarshilik ko'rsatishni toqtatib, taslim bo'lishadi. Ammo, dushman o'z vadasida turmaydi va bu yerga kelishi bilanoq barcha mushuklarni ayamay o'ldirib, so'yib tashlashadi. Lekin, ularham odamdan qorqib unga qarshi hech narsa qila olishmaydi . Asar oxirida, odam bu yerlarda yana 10 yilcha yashaydi va ohir-oqibat yerlik kosmanovtlar kelib, uni yerga olib ketishadi.

Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy
60 views14:13
Ochish/sharhlash
2023-02-13 13:17:55 #Kitoblar_haqida_malumot

"Alkimyogar" asari haqida

Alkimyogar----ushbu asar Paolo Kaeloning eng mashhur asari hisoblanadi. U 1988-yil chop etilgan. Eng birinchi chop etilgan vaqtta bu asar unchalik mashhurlikka erishmaydi. Ammo, hozirda bu asar eng bestseller asarlardan hisoblanadi va dunyo bo'ylab 10 miliondan ortiq marta sotilgan. Asar bosh qahramoni Santiago ismli chopon yigit bo'lib hisoblanadi. U kichkinaligida ota-onasiga u dunyo kezishni yoqtirishini aytadi. Ota-onasi esa noiloj og'lining bu qaroriga rozi bo'ladi va unga bir nechta qoy sotib olishga yetadigan pul beradi. Santiago bu pulga qoy sotib olgan va hozirda uning judayam ko'p qoyi bor. Bir kuni u bir tush ko'radi va bu tushning ta'birini bilish uchun folbinga boradi. Folbin unga sen misrdagi qadimgo piramidalarning yoniga borishing kerak u yerda seni bitmas-tuganmas xazina kutib turipti deb unga tushining ta'birini aytadi, ammo, Santiago folbinga ishonmaydi. Bir kuni u qoy boqib yurganida uning yoniga qari sehrgar keladi va unga haqiqattanam misr piramidalari yonida uni xazina kutib turganiga ishontiradi. Santiago sehrgarning gapiga ishonadi va Misrga yol oladi. Misrda u ko'pgina sarguzashtlarni boshdan o'tkazadi, ulardan bir u Fotima ismli muslima qizni sevib qoladi. (Fotimaham uni sevib qolgandi) Asar ohirida Santiago xazinani topadi va Fotimaning yoniga boradi.

Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy
66 viewsedited  10:17
Ochish/sharhlash
2023-02-12 20:38:12
#Videolar

Buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoydan hikmatli so'zlar va aforizmlar

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy
56 views17:38
Ochish/sharhlash
2023-02-12 11:40:03 #Kitoblar_haqida_malumot

"O'tkan kunlar" asari haqida

Otkan kunlar----o'zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub o'zbek adabiyotidagi birinchi roman. Roman 19-asr voqealarini o'z ichiga oladi. Asarda Otabek va Kumushning sevgi qissasi tasvirlanadi. Roman syujetida toshkandlik Otabek ismli kelishgan, aqlli va oliynasab yigit shom nomozini oqish uchun tahorat olayotgan paytta no'malum bir qizni (Kumush) ko'rib, uni bir ko'rishda sevib qoladi. O'z navbatida, Marg'ilonning eng go'zal qizlaridan hisoblanmish, aqlda tengsiz Kumushham Otabekga bir ko'rishda oshiq boladi. Undan keyin, ular tasodif, omad va eng asosiysi, Allohning qudrati ila turmush qurishadi. Ammo, Otabekning onasi O'zbek oyim Kumushni jodugar deb hisoblab Otabekka uni uyga olib kelishni taqiqlaydi va uni Zaynab ismli qizga uylantirib qoyadi. Va undan keyinham ko'p voqealar bo'lib o'tadi: Toshkand hokimi Azizbekning Qoqon xonligidan mustaqillikga intilishi, Otabekning dushmani Homid ismli odamning ham Kumushni sevib qolib, unga uylanmoqchi bo'lgani va Otabekning Homidni o'ldirib qahramonga aylanishi, Xudoyorxonning qipchoqlarni qirg'in qilishi, po'raxor amaldorlar sabab davlatning ja'r yoqasiga kelib qolishi va hokazo. Asar oxirida Kumushning oilasi (Kumushning o'zi ham) qudalari bilan ko'rishish uchun Toshkandga boradi. O'zbek oyim ularni quvonch va dabdaba bilan kutib olgan bolsaham u baribirham Kumushni yoqtirmay turgandi, o'z navbatida Kumushham o'z qaynonasi O'zbek oyim va kundoshi Zaynabni birinchi marta ko'rib turishi edi. Vaqt o'tib, Kumush Otabekdan homilador bo'lib, qiz farzand dunyoga keltiradi. Zaynabning esa bunga hasadi qo'zib, Kumushning ovqatiga zahar qoshib uni o'ldiradi. Afsuski, shu bilan Otabek va Kumushning sevgi qissasi o'z poyoniga yetadi.

Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy
58 viewsedited  08:40
Ochish/sharhlash
2023-02-11 12:14:06 #Kitoblar_haqida_malumot

"Choliqushi" asari haqida

Choliqushi---turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekin qalamiga mansub roman. Ilk bor 1922-yili chop etilgan. Asarda yosh oqituvchi Farida va uning Kamronga bo'lgan muhabbati haqida so'z yuritiladi. Romandagi voqealar Birinchi jahon urushi arafasida yuz beradi. Asarning bosh qahramoni Farida (Choliqushi) yoshligida ota-onasidan ajrab, hayotda turli qiyinchiliklarga duch keladi. U odamlarning ko'zini oynatadigan judayam chiroyli qiz bo'lib boyaga yetadi. Farida oʻz xolasining oʻgʻli Komronni sevib qoladi. Kamron ham uni sevadi, ammo oilaviy shartlarga koʻra ular birga boʻla olmaydilar. Farida o'z uyidan qochib, oʻqituvchi boʻlib ishlash uchun chekka qishloqqa ketadi, biroq u yerda ko'p turmay boshqa bir qishloqqa ketadi. U ko'p joylarda sarson bolib yuraberadi. Ammo, u borgan joylardagi erkaklar uni chiroyiga oshiq bo'lib qola berishadi, ayrimlari sevgi isxori ham qilishadi. Ammo, u bitta qari doktorga turmushga chiqib ketadi. U vafot etgach esa Farida o'z uyiga qaytib Kamron bilan ko'rishadi.
Asar soʻnggida ikki yosh nihoyat bir-biriga yetishadi.


Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy
60 views09:14
Ochish/sharhlash
2023-02-10 11:21:56 #Kitoblar_haqida_malumot

"Jinoyat va jazo" asari haqida

Jinoyat va jazo----1866-yilda yozilgan Fyodor Mixaylovich Dostoevskining ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-falsafiy romani. Bu asarda universitetning yosh talabasi Rodion Romanovich Raskolnikov og'ir va ayanchi qashshoqlikdan qutulish, zor mavqe va mablag'ga ega bo'lish, so'ng insoniyatning oliyjanob maqsadlari yo'lida xizmat qilishni ko'zlab, fojiaviy hamda dahshatli bir qotillik qiliadi. Ammo u o'zi og'irlagan boyliklarni sarflay olmaydi, ularni toshning tagiga yashirib qoyadi. Keyin tergovchilar shu qotillik boyicha undan ko'p gumon qilishadi, ammo u o'z aqli va omadi hisobiga vaziyatlardan ustamonlik bilan chiqib ketadi. Bundan keyingi voqealar bir-biriga zanjirday bog'lanib ketaveradi. Oxiri u o'zi qilgan jinoyatini ta'n olib, qamalishga rozi bo'ladi va shunday bo'ladi. Siz bu asarda qotillik qilgan va shu mudxish qotilikdan tug'ilgan behad, bepoyon uqubatlarni boshidan o'tkazgan Raskolnikovning sarguzashtlarini bilib olasiz. "Jinoyat va jazo" romani dunyo boyicha juda mashhur asar hisoblanadi. Roman asosida dunyo bo'ylab 25 dan ortiq film suratga olingan.

Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy
58 viewsedited  08:21
Ochish/sharhlash
2023-02-09 11:29:21 #Kitoblar_haqida_malumot

"Onta negr bolasi" haqida

Onta negr bolasi----bu ingliz yozuvchisi Agata Kristining qalamiga mansub roman bo'lib 1939-yil birinchi marta nashr etilgan. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bo'lmagan 10 odam Zanjilar orolining sohibi taklifiga binoan xilvat joydagi orolga kelishadi. Dunyodan ajrab qolgan bo'm-bo'sh orol, ko'p xonali, zimzimiston yo'lakli katta sirli uy. Bu yerda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom va shinam yotoqxonalar kutib turibdi. Lekin xavas qilgudek mehmondo'stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil qurgan tuzoqqa tushib qolgani malum bo'ladi. Oroldan qochishning iloji yo'q. Ular turishgan uyning mehmonxonasida laganda 10ta chinni negr odam haykalchalari va harbir mehmonning xonasidagi shishaga bolalarning "Onta negr bolasi" sanoq sheri qog'ozga yozib qoyilgandi. Bu sher quyidagicha:

“Oʻnta negr bolasi, bordi tushlik qilgani, Biri tiqilib oʻldi, toʻqqiz qoldilar bari.
Toʻqqiz negr bolasi miriqib qildi tushlik, Biri uygʻona olmay, sakkiz qoldilar shoʻrlik.
Sakkiz negr bolasi yurdilar Devon tomon, Biri ortga qaytmadi, qoldilarku yettovlon.
Yetti negr bolasi oʻtin yordilar birga, Biri oʻzini chopdi, olti qoldi nahorga.
Olti negr bolasi asalari boqishdi, Beshta qolishdi soʻngra, birini ari chaqdi.
Beshta negr bolasi qozilikni boplashdi, Birini sud qilishgach, nochor toʻrtta qolishdi.
Toʻrtta negr bolasi choʻmildilar dengizda, Biri qarmoqqa tushdi, uchovlon qoldi birga.
Uchta negr bolasi bordi hayvonot bogʻi, Birini ayiq tutdi, ikkisi ekan sogʻi.
Ikki negr bolasi yotdi jaziramada, Biri kuyib boʻldi kul, qoldi biri aftoda.
Soʻnggi negr bolasi horgʻin atrof qaradi, Soʻngra oʻzini osdi, keyin hech kim qolmadi.”

Xuddi shu alfozda orolga dam olishga, hordiq chiqarishga kelgan 10 ta mehmon birin-ketin tuzoqqa tushib halok bola boshlashdi. Ammo ularni kim o'ldirgani asarda bayon etilmagan. "Onta negr bolasi" asari dunyo bo'ylab 100 milliondan ortiq nusxada sotilgan barcha davrlarning eng ko'p sotilgan kitoblaridan biri. U eng ko'p sotilgan kitoblar royxatida 6-orinni egallaydi.

Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy
74 viewsedited  08:29
Ochish/sharhlash