Get Mystery Box with random crypto!

#Kitoblar_haqida_malumot 'Milliarderga qoyilgan tuzoq' asar | Kitoblar haqida

#Kitoblar_haqida_malumot

"Milliarderga qoyilgan tuzoq" asari haqida (1-qism)

Milliarderga qoyilgan tuzoq----o'zbek yozuvchisi Nuriddin Ismoilovga tegishli asar. Asar syujetida qishloqda yashayotgan Rustam ismli bo'lakayni og'rilar no'malum joyga og'irlab ketadi. Ammo, Rustam ularning qo'lidan qochib qutiladi. Lekin, bu jajji bo'lakay qayerdaligini, qayerga kelib qolganligini umuman bilmaydi. U adashib katta shaharda yolg'iz bir o'zi yurganida uni bitta keksa otaxon topib oladi va uni o'z tarbiyasiga olib, unga mehr bera boshlaydi. Otaxon Rustamni Rossiya poytaxti Moskvaga olib ketadi va ikkalasi osha yerda yashay boshlashadi. Oradan ko'p yillar otadi, Rustamni o'z tarbiyasiga olgan otaxon vafot etadi, Rustam esa judayam tarbiyali, oliyjanob, mehnatkash va halol inson bo'lib boyaga yetadi. Yana vaqtlar o'tadi, Rustam mehnatkashligi va aqlliligi evaziga tez fursatda Moskvaning eng boy odamlaridan biriga aylanadi. Ammo, Rustamning Vadim ismli ichi qora va boylikka och do'sti bor edi. Vadim ham anchagina boy odam hisoblanadi, ammo, u o'z boyligiga shukronalik qilmay Rustamning boyliklariga ega bo'lishni ko'zlay boshlaydi. U shu maqsad ila bir reja tuzadi. U quyidagicha: Vadimning chiroyda va aqlda tengsiz Angela ismli xotini bor edi. U Angelaga o'z rejasini tushintiradi: eng avvalambor Vadim bilan Angela ajrashishi kerak, undan keyin Vadim Angelani Rustamga tanishtiradi va Rustam Angelani sevib qolishi kerak. Keyin bu ikkisi turmush qurishgach Angela Rustamga zahar berib uni o'ldirishi kerak. Rustamning hech qanday yaqini, qarindoshi bo'lmaganligi uchun uning hamma boyligi qonuniy Angelaga o'tar edi va Angela katta boylikning egasi bo'lganidan keyin, yana qaytadan Vadim bilan turmush quradi va ikkalasi qolgan umrini jannatmakon tarzda o'tkazadi. Angela noiloj uning bu takifiga rozi bolishga majbur bo'ladi. (Aslida Angela boylikka unchalik o'ch emas, u yaxshi tarbiya ko'rgan yaxshi qiz) Bir kuni Vadim rejasini amalga oshirish uchun Rustamga uylanishi kerakligini, unga farzand kerakligini aytadi va uning bitta Angela ismli tanishi borligini va ikkisi bir-biriga judayam mosligini aytadi. Shu sababli, Vadim Angela bilan Rustamning uchrashuvini uyishtiradi. Uchrashuv kuni keladi va ikki yosh bir-biri bilan tanishib olishadi, keyin esa bunaqa uchrashuvlarning soni ko'payib, huddi rejadagidek Rustam Angelaning go'zalligiga va aqliga telbalarcha oshiq bo'ladi, ammo shu bilan bir qatorda Angelaham Rustamning mehribonligi va aqlliligi uchun sevib qoladi.(Asarning qo'lgan qismi keyinroq kanalga joylanadi)

Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy