Get Mystery Box with random crypto!

#Kitoblar_haqida_malumot 'Mushuklar shahri xotiralari' asar | Kitoblar haqida

#Kitoblar_haqida_malumot

"Mushuklar shahri xotiralari" asari haqida

Mushuklar shahri xotiralari----bu asar xitoylik yozuvchi Lao Shening asari hisoblanadi. Asar syujetida fazoga uchgan raketa halokatga uchrab, no'malum bir sayyoraga qulaydi. Raketa ekipajidagi bitta odamdan tashqari hamma halok boladi. O'sha tirik qolgan odamning yonida bitta oqlangan topponcha va gugurt bor edi. U tushib qolgan sayyorada odamsimon mushuklar hukmdorlik etar edi. Odam judayam charchab uxlab qoladi va uyg'onsa daraxtning orqasida undan nimadir qorqib yashirinib turganini payqab qoladi. U bu jonzotning nimaligiga juda qiziqadi, u kattaligi odamday keladigan, odamga o'xshab yuradigan mushuksimon jonzot edi. Mushukning yashirinib turishi juda ko'p vaqt davom etadi va bu odamning jahlini chiqarib, qolidagi pistoletdan otishga majbur qiladi. O'q mushukka tegmaydi, ammo topponchaning ovozi uni juda qorqitadi va u qochib ketadi. Lekin, vaqt o'tib odam osha mushuk bilan tanishib oladi. O'zining aytishicha, uning ismi Katta Chayon ekan. Katta Chayon judayam boy, mulkdor yer egasi ekan. U o'z yerida apyum deb nomlanadigan jonni rohatlatiruvchi narkotik o'simlik yetishtirib uni sotar ekan. Mahalliy mushuklar xalqi shu bittagina apyum uchun bor-budini berishga tayyor darajada yaxshi ko'rishadi. Katta Chayon odamni o'z uyiga olib boradi va o'z og'li Kichik Chayon bilan tanishtiradi. Kichik Chayon boshqalarga o'xshamasdi, u judayam aqlli mushuk edi. U odamga ushbu davlat haqida barcha ma'lumotlarni aytib beradi. Uning aytishicha: bu davlatta boylar hohlagan narsalarini qilishi mumkinligi; mushuklar bir-birini o'ldirishi mumkinligi va buning uchun hechqanday jazo berilmasligi; mahalliy mushuk xalqi esa to'liq esi yoq, manqurt ekanligini aytadi. Va shu bilan birga, apyumni ham ko'p yeb yubormaslikni, agar ko'p yesa uham ularga o'xshab manqurt bo'lib qolishini aytadi. Odam mushuklar shahrida ko'p vaqt qoladi va u o'zining pistoletasi yordamida ushbu davlattagi eng qudratli jonzotga aylanadi, chunki bu davlatta bunaqa "bir zumda o'ldiradigan" qurol yoq edi. Hamma undan qo'rqardi. Vaqtlar o'tib bir kuni bu yerlarga qo'shni rivojlangan davlat bostirib kiradi va davlatga qoshin kiritadi. Ular agar qarshilik ko'rsatmay o'z ixtiyorlari bilan taslim bo'lishsa ularni tirik qoldirishini va bir dunyo apyum berishlarini aytadi. Bechora xalq ham bu nayrangga ishonib qarshilik ko'rsatishni toqtatib, taslim bo'lishadi. Ammo, dushman o'z vadasida turmaydi va bu yerga kelishi bilanoq barcha mushuklarni ayamay o'ldirib, so'yib tashlashadi. Lekin, ularham odamdan qorqib unga qarshi hech narsa qila olishmaydi . Asar oxirida, odam bu yerlarda yana 10 yilcha yashaydi va ohir-oqibat yerlik kosmanovtlar kelib, uni yerga olib ketishadi.

Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy