Get Mystery Box with random crypto!

#Kitoblar_haqida_malumot 'Jinoyat va jazo' asari haqida J | Kitoblar haqida

#Kitoblar_haqida_malumot

"Jinoyat va jazo" asari haqida

Jinoyat va jazo----1866-yilda yozilgan Fyodor Mixaylovich Dostoevskining ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-falsafiy romani. Bu asarda universitetning yosh talabasi Rodion Romanovich Raskolnikov og'ir va ayanchi qashshoqlikdan qutulish, zor mavqe va mablag'ga ega bo'lish, so'ng insoniyatning oliyjanob maqsadlari yo'lida xizmat qilishni ko'zlab, fojiaviy hamda dahshatli bir qotillik qiliadi. Ammo u o'zi og'irlagan boyliklarni sarflay olmaydi, ularni toshning tagiga yashirib qoyadi. Keyin tergovchilar shu qotillik boyicha undan ko'p gumon qilishadi, ammo u o'z aqli va omadi hisobiga vaziyatlardan ustamonlik bilan chiqib ketadi. Bundan keyingi voqealar bir-biriga zanjirday bog'lanib ketaveradi. Oxiri u o'zi qilgan jinoyatini ta'n olib, qamalishga rozi bo'ladi va shunday bo'ladi. Siz bu asarda qotillik qilgan va shu mudxish qotilikdan tug'ilgan behad, bepoyon uqubatlarni boshidan o'tkazgan Raskolnikovning sarguzashtlarini bilib olasiz. "Jinoyat va jazo" romani dunyo boyicha juda mashhur asar hisoblanadi. Roman asosida dunyo bo'ylab 25 dan ortiq film suratga olingan.

Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy