Get Mystery Box with random crypto!

#Kitoblar_haqida_malumot 'Onta negr bolasi' haqida Onta n | Kitoblar haqida

#Kitoblar_haqida_malumot

"Onta negr bolasi" haqida

Onta negr bolasi----bu ingliz yozuvchisi Agata Kristining qalamiga mansub roman bo'lib 1939-yil birinchi marta nashr etilgan. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bo'lmagan 10 odam Zanjilar orolining sohibi taklifiga binoan xilvat joydagi orolga kelishadi. Dunyodan ajrab qolgan bo'm-bo'sh orol, ko'p xonali, zimzimiston yo'lakli katta sirli uy. Bu yerda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom va shinam yotoqxonalar kutib turibdi. Lekin xavas qilgudek mehmondo'stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil qurgan tuzoqqa tushib qolgani malum bo'ladi. Oroldan qochishning iloji yo'q. Ular turishgan uyning mehmonxonasida laganda 10ta chinni negr odam haykalchalari va harbir mehmonning xonasidagi shishaga bolalarning "Onta negr bolasi" sanoq sheri qog'ozga yozib qoyilgandi. Bu sher quyidagicha:

“Oʻnta negr bolasi, bordi tushlik qilgani, Biri tiqilib oʻldi, toʻqqiz qoldilar bari.
Toʻqqiz negr bolasi miriqib qildi tushlik, Biri uygʻona olmay, sakkiz qoldilar shoʻrlik.
Sakkiz negr bolasi yurdilar Devon tomon, Biri ortga qaytmadi, qoldilarku yettovlon.
Yetti negr bolasi oʻtin yordilar birga, Biri oʻzini chopdi, olti qoldi nahorga.
Olti negr bolasi asalari boqishdi, Beshta qolishdi soʻngra, birini ari chaqdi.
Beshta negr bolasi qozilikni boplashdi, Birini sud qilishgach, nochor toʻrtta qolishdi.
Toʻrtta negr bolasi choʻmildilar dengizda, Biri qarmoqqa tushdi, uchovlon qoldi birga.
Uchta negr bolasi bordi hayvonot bogʻi, Birini ayiq tutdi, ikkisi ekan sogʻi.
Ikki negr bolasi yotdi jaziramada, Biri kuyib boʻldi kul, qoldi biri aftoda.
Soʻnggi negr bolasi horgʻin atrof qaradi, Soʻngra oʻzini osdi, keyin hech kim qolmadi.”

Xuddi shu alfozda orolga dam olishga, hordiq chiqarishga kelgan 10 ta mehmon birin-ketin tuzoqqa tushib halok bola boshlashdi. Ammo ularni kim o'ldirgani asarda bayon etilmagan. "Onta negr bolasi" asari dunyo bo'ylab 100 milliondan ortiq nusxada sotilgan barcha davrlarning eng ko'p sotilgan kitoblaridan biri. U eng ko'p sotilgan kitoblar royxatida 6-orinni egallaydi.

Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy