Get Mystery Box with random crypto!

#Kitoblar_haqida_malumot 'Milliarderga qoyilgan tuzoq' asar | Kitoblar haqida

#Kitoblar_haqida_malumot

"Milliarderga qoyilgan tuzoq" asari haqida (2-qism)

Milliarderga qoyilgan tuzoq----Vadimning rejasi silliqqina ketayotgandek edi uning nazarida, ammo, bir kuni uning rejasini yakson qilib yuboradigan bir voqea bo'ladi, ya'ni: Rustam to'sattan o'zining aslida kimligini, qayerda tug'ilganligini va ota-onasi qayerdaligini bilgisi kelib qoldi.(U bolaligidagi voqealarning hammasini unutgan edi) Vaqt o'tib, Rustam tinimsiz izlanishlari natijasida o'zining O'zbekstonda tug'ilganligini va o'zbek ekaligini bilib oladi. Rustam endi O'zbekstonga borib o'zining oilasini topmoqchi bo'ladi va hamma bilganlarini Angelaga aytib beradi. Angela esa Vadimni boxabar qilganidan keyin Vadim rejasining barbod bo'lganligini tushinib yetadi. (Chunki, agar Rustam oilasini topsa, uni o'ldirganidan keyin boyligi uning eng yaqin qarindoshlariga, ya'ni ota-onasiga o'tib ketar edi, Angela esa hech vaqosiz qolar edi) Kunlar o'tib, Rustam O'zbekstonga yol oladi va Angela ham u bilan birga ketadi. Rustam bilan Angelaning tinimsiz surishtiruvlaridan keyin uning oilasi chekka bir qishloqda yashashi oydinlashadi. Ular osha yerga borib oilasini topadi va ular bilan birga bo'ladi. Lekin, bu vaqtta Vadim Angelaning ham Rustamni sevib qolib, unga xiyonat qilganligini bilib qoladi. U jahl ustida Angelani o'ldirish uchun uning ketidan odam yuboradi. Angela bilan Rustam zarur narsalarini olib ketish uchun Moskavaga poezdda kelayotgan paytta, to'sattan Vadim yuborgan yollanma qotil paydo bo'ladi va ming afsuski Angelani otib o'ldirib qoyadi. Rustam esa qotilni o'ldiradi. Lekin, Vadimning o'ziham do'stlari tomonidan zaharlanib, o'ldiriladi. Asar yakunida, o'z sevgilisidan ayrilib qolgan Rustam yaqinlarining talab va iltimoslariga ko'ra boshqa bir qizga uylanishga majbur bo'ladi. Rustam boshida u qizni yoqtirmaydi va unga qayrilib ham qaramaydi. Lekin, ohiri Rustamning yuragida o'sha qizga nisbatan yoqimli tuyg'ular paydo bo'la boshlaydi va uning hayotiga yana baxt kulib qaray boshlaydi.

Kitobni Pdf shaklda oqish

Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/+kqyZ5LMrgukwYzUy