Get Mystery Box with random crypto!

KHISO| Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi khiso — KHISO| Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi khiso — KHISO| Rasmiy kanal
Kanal manzili: @khiso
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.12K
Kanalning ta’rifi

Khwarizmi International School of olympiads (KHISO) - Al Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabining rasmiy telegram kanali!
Admin: @khiso_admin
Hamkorlik va reklama uchun: @khiso_reklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-04-11 08:02:45
YANGILANGAN integratsion olimpiada!

ONLAYN

Yakshanba 16-aprel kuni soat 11:00 dan soat 22:00 ga qadar khiso.uz plaftormasida o‘quvchilar uchun navbatdagi integratsion olimpiada o‘tkaziladi.

Savollar: O‘zbek va rus tillarida

Matematika-1 (10 ta savol, 9 balldan)
Matematika-2 (10 ta savol, 15 balldan)
IQ test (10 ta savol, 26 balldan)
Jami: 500 ball

Barcha o‘quvchilar sertifikat va ustozlari uchun tashakkurnoma yuklab olishadi.

Ishtirokiga mos reyting ballar beriladi.

Yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar medallar bilan taqdirlanadi.

Har bir ishtirokchiga KUNTESTI mobil ilovasi uchun eng kamida 50 ta bonus tanga beriladi.

G‘oliblar "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining finali - yozgi maktabda ishtirok etuvchi nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shiladi.

Izoh: Oflayn olimpiada qatnashchilari g‘oliblikka davogarlik qila olishmaydi.

Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

Qo‘shimcha savollar uchun: @khiso_admin
5.6K views05:02
Ochish/sharhlash
2023-04-10 12:15:44

Markaziy bank “Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week 2023) doirasida “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusidagi eng yaxshi dars ishlanmasi bo‘yicha o‘qituvchilar uchun tanlov e'lon qiladi!

Tanlov o‘qituvchilarning moliyaviy madaniyatini rivojlantirish va maktab o‘quvchilarining moliyaviy va raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.

Tanlov ishi joriy yilning 30-apreliga qadar o‘tkazilgan dars ishlanmasi videoroligi (20 daqiqagacha) va metodik ishlanmasi shaklida qabul qilinadi.

Tanlovning o‘quv fanlari cheklanmagan. Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha darslar 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin.

Tanlov hay'ati tomonidan ta'lim darslarini baholashda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:

o‘quv fanlari negizida moliyaviy savodxonlik komponenti joriy etilganlik darajasi;
darsni o‘tkazishda ijodiy yondashuv (moliyaviy savodxonlikning bir nechta mavzularini birlashtirish – moliyaviy xavfsizlik, jamg‘arma madaniyati, raqamli moliyaviy savodxonlik, moliyaviy rejalashtirish);
darslarni o‘tkazishda interaktiv elementlarni “edutainment” formatida kiritish;
Finlit.uz moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Markaziy bank o‘quv materiallaridan foydalanish.

Ariza va videorolikni konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga (elektron pochta mavzusida “Global Money Week 2023 eng yaxshi dars tanlovi” deb ko‘rsatib o‘tish shart) yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6 pochta manziliga), hududiy Bosh boshqarmalari orqali yuborishi yoki shaxsan elektron xotirada Markaziy bank binosiga taqdim etilishi so‘raladi.

Eng yaxshi ijodiy ishlar Markaziy bankning qimmatbaho sovg‘alarini qo‘lga kiritadilar:
1 o‘rin – monoblok
2 o‘rin – noutbuk
3 o‘rin – smartfon

“Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week 2023) doirasida o‘qituvchilar o‘rtasida “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusidagi eng yaxshi dars tanlovi qoidalari.

Tanlov haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun (71) 212-73-58 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Barcha ustozlarga yetkazing: @khiso
6.1K views09:15
Ochish/sharhlash
2023-03-31 10:35:12
Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabidan yutuqli tanlov!

6-aprel kuni soat 11:00 dan 22:00 gacha khiso.uz platformasida!

Testda qatnashish uchun @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

O‘qituvchilar, talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida eng yaxshi 3 ta natija egasi kitoblar bilan taqdirlanadi!

Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: @khiso
5.8K views07:35
Ochish/sharhlash
2023-03-31 10:02:11
UMFT universitetida 180 nafar talaba uchun grant o‘rinlari.

University of Management and Future Technologies oliy ta'lim muassasasi iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2023-2024-o'quv yili kunduzgi ta'lim shakliga 180 ta grant o'rinlari uchun tanlovni e'lon qiladi.

Talabalar 3 bosqichli tanlov asosida saralab olinadi. Yakuniy natijalarga ko'ra eng yuqori ball to'plagan:
birinchi 30 nafar qatnashchiga 75%;
keyingi 60 nafar qatnashchiga 50%;
navbatdagi 90 nafar qatnashchiga 25% lik grantlardan biri taqdim etiladi.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar quyidagi bakalavriat yo'nalishlaridan birida ta'lim olish uchun 2023-yil 27-martdan 5-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
Dasturiy injiniring
Infokommunikatsiya injiniringi
Raqamli iqtisodiyot
Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Tanlovda ishtirok etish uchun UMFT Grant Bot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet vebsayti orqali tanishishingiz mumkin.
www.umft.uz/grant

Telefon +998555068888
Murojaat uchun : @umft_support
Veb-sayt: www.umft.uz

TA'LIM REKLAMASI
5.2K views07:02
Ochish/sharhlash
2023-03-29 17:33:59
Muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!

26-mart bahorgi ta’tilning oxirgi kunida Olmazor tumanidagi 134-umumta’lim maktabida 1-8 sinf oʻquvchilari uchun matematika fanidan Respublika ochiq olimpiadasi boʻlib oʻtdi!

Andijon, Namangan, Fargʻona, Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy
viloyatlari va poytaxtimizdan jami 308 nafar oʻquvchi ushbu olimpiadada bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi!

Gʻolib boʻlgan oʻquvchilarga medallar, oʻquv markaz uchun vaucherlar hamda "Mantiqiy matematika", "Matematika olimpiada testlari" va Turkiyalik matematiklar bilan hamkorlikda nashr etilgan kitoblarimiz taqdim etildi!

Olimpiadani yuqori saviyada tashkil etishda jonbozlik koʻrsatgan 134-maktab jamoasiga, ayniqsa maktab rahbari Dilnoza Nosirjonovna hamda aziz mehmonimiz Isroil Tillaboyevlarga samimiy minnatdorchiligimizni izhor etamiz!

Umumiy natijalar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin!
1.7K viewsedited  14:33
Ochish/sharhlash
2023-03-29 11:05:41
Haqiqiy imtihonlardan oldin haqiqiy na'munaviy testlarda bilimingizni sinang!

Prezident maktabi imtihoniga tayyorgarlik bo‘yicha 8-repetitsion test!

Yakshanba 2-aprel kuni soat 10:00 dan soat 22:00 ga qadar khiso.uz saytida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Tanqidiy fikrlash (16 ta savol);
Muammoni hal qilish (24 ta savol);

Testlar Cambridge Assessment Admissions Testing tashkiloti standartlari asosida tuzilgan.

Oʻquvchi va uning ustozi mos ravishda QR kodli sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

Testlarning tahlili bilan faqat ishtirokchilar o‘z sertifikatlari yordamida tanisha oladi.

Har bir ishtirokchiga KUNTESTI mobil ilovasi uchun 100 ta bepul tanga beriladi. (100% lik CASHBACK)

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

Qo‘shimcha savollar uchun: @khiso_admin
5.0K views08:05
Ochish/sharhlash
2023-03-27 20:59:14 Onlayn sovrinli olimpiada g‘oliblari!

5 ta o‘quvchi
12 ta o‘quvchi
9 ta o‘quvchi

medallar bilan taqdirlandi.

G‘oliblardan tashqari barcha ishtirokchilarga KUNTESTI mobil ilovasida foydalanish uchun 50 ta bepul tangalar va kitoblarimiz uchun 10% chegirmalar beriladi.

Tangalar va chegirmalar uchun @kuntesti_admin ga murojaat qilishingiz kerak.

Umumiy natijalar va testlarning yechimlari bilan oldingi postda tanishishingiz mumkin.

Qo‘shimcha savollar uchun:
@khiso_admin
3.6K viewsedited  17:59
Ochish/sharhlash
2023-03-26 19:58:30 Onlayn sovrinli olimpiada yakunlandi

Natijalar va olimpiada testlarining yechimlarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin.

1-sinf natijalari
Yechimi:



2-sinf natijalari
Yechimi:



3-sinf natijalari
Yechimi:



4-sinf natijalari
Yechimi:



5-6 sinf natijalari
Yechimi:



7-8 sinf natijalari
Yechimi:



9-11 sinf natijalari
Yechimi:



Sertifikat yuklab olish boʻyicha video yoʻriqnoma:



G‘oliblar natijalar umumiy tahlil qilingandan keyin (ertaga) e'lon qilinadi.

Qo‘shimcha savollar uchun:
@khiso_admin
4.6K views16:58
Ochish/sharhlash
2023-03-25 12:58:30
Bizning chempionlarimiz!

platformasida Respublika miqyosida davlat va xususiy maktab o‘quvchilari o‘rtasida matematika, ingliz tili va IQ test bo‘yicha o‘tkazilgan reytingli olimpiadada gʻolib bo‘lganligi uchun quyidagi o‘quvchilar taqdirlanishdi:

Nazarov Najmiddin - (Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 2-maktab, 4-sinf) - medal;

Azizova Charos Yashin qizi
- (Samarqand shahar Damir Salimov nomidagi maktab, 2-sinf) - medal;

Ergashev Rustam
- (Farg‘ona shahar 24-maktab, 2-sinf) - medal;

Tulqinova Asal Utkirjonovna
- (Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 2-maktab, 1-sinf) - medal;

Odilkhujaev Imomkhuja
- (Qo‘qon shahar, 40-IDUM, 1-sinf) - medal;

Ertangi olimpiadada sen gʻolib bo‘lishing mumkin, o‘tkazib yuborma!
4.2K views09:58
Ochish/sharhlash
2023-03-25 07:23:45
Ta'tilni g‘oliblik bilan qarshilang!

Ertaga 26-mart kuni soat 11:00 dan soat 22:00 ga qadar khiso.uz plaftormasida o‘quvchilar uchun navbatdagi integratsion olimpiada o‘tkaziladi.

Savollar: O‘zbek va rus tillarida
Matematika (20 ta savol, 31 balldan)
Ingliz tili (10 ta savol, 17 balldan)
IQ test (5 ta savol, 42 balldan)
Jami: 1000 ball

Barcha o‘quvchilar sertifikat va ustozlari uchun tashakkurnoma yuklab olishadi.

Ishtirokiga mos reyting ballar beriladi.

Yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar medallar bilan taqdirlanadi.

Har bir ishtirokchiga KUNTESTI mobil ilovasi uchun eng kamida 50 ta bonus tanga beriladi.

G‘oliblar "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining finali - yozgi maktabda ishtirok etuvchi nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shiladi.

Izoh: Oflayn olimpiada qatnashchilari g‘oliblikka davogarlik qila olishmaydi.

Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

Qo‘shimcha savollar uchun: @khiso_admin
4.9K views04:23
Ochish/sharhlash