Get Mystery Box with random crypto!

Ta'tilni g‘oliblik bilan qarshilang! Ertaga 26-mart kuni soa | KHISO| Rasmiy kanal

Ta'tilni g‘oliblik bilan qarshilang!

Ertaga 26-mart kuni soat 11:00 dan soat 22:00 ga qadar khiso.uz plaftormasida o‘quvchilar uchun navbatdagi integratsion olimpiada o‘tkaziladi.

Savollar: O‘zbek va rus tillarida
Matematika (20 ta savol, 31 balldan)
Ingliz tili (10 ta savol, 17 balldan)
IQ test (5 ta savol, 42 balldan)
Jami: 1000 ball

Barcha o‘quvchilar sertifikat va ustozlari uchun tashakkurnoma yuklab olishadi.

Ishtirokiga mos reyting ballar beriladi.

Yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar medallar bilan taqdirlanadi.

Har bir ishtirokchiga KUNTESTI mobil ilovasi uchun eng kamida 50 ta bonus tanga beriladi.

G‘oliblar "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining finali - yozgi maktabda ishtirok etuvchi nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shiladi.

Izoh: Oflayn olimpiada qatnashchilari g‘oliblikka davogarlik qila olishmaydi.

Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

Qo‘shimcha savollar uchun: @khiso_admin